Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Sayyohlar O‘rta Osiyoning qadimiy shaharlariga tashriflari vaqtida hayratlarini ifodalamoqdalar

Muallif Negmatullo Mirsaidov

Amerika Qo‘shma shtatlaridan kelgan sayyohlar 12 oktabr kuni Ho‘janddagi hududiy tarix muzeyida eksponatlarni tomosha qiladilar. Ular Ho‘jandga o‘zlarining O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohatlarining bir qismi sifatida qo‘shni O‘zbekistondan keldilar. [Negmatullo Mirsaidov]

Amerika Qo‘shma shtatlaridan kelgan sayyohlar 12 oktabr kuni Ho‘janddagi hududiy tarix muzeyida eksponatlarni tomosha qiladilar. Ular Ho‘jandga o‘zlarining O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohatlarining bir qismi sifatida qo‘shni O‘zbekistondan keldilar. [Negmatullo Mirsaidov]

HO‘JAND -- Sayyohlik agentliklari O‘rta Osiyo uchun o‘z marshrutlarini kengaytirmoqdalar, chunki mintaqadagi qadimiy shaharlar chet ellik sayyohlarni o‘ziga jalb qilishda davom etmoqda.

Oktabr oyida 100 nafar amerikalik sayyohdan iborat guruh avvallari asosiy e’tiborini O‘zbekistonga qaratib kelgan Germaniyada joylashgan Amerika sayyohligi agentligi bo‘lgan Orient Silk Road Express tomonidan tashkillashtirilgan O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohatning bir qismi sifatida Tojikistonning Ho‘jand shahriga tashrif buyurdi.

"Fun for Less Tours [sayyohlik agentligi] bilan hamkorlik qilib kelayotgan Orient Silk Road Express birinchi bo‘lib Tojikiston va Qirg‘iziston orqali o‘tuvchi sayohat marshrutlarini qo‘shdi va u to‘g‘ri tanlov qilganga o‘xshaydi", dedi Fun for Less Tours agentligining egasi Yutalik Jeyms Tindall. "Asosiysi turistlar xursandlar."

O‘rta Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lgan Ho‘jand o‘zining 2500 yilligini 1986 yili nishonlagan. U O‘rta Osiyoning katta shaharlari yaqinida joylashgan.

O‘zlarining uch kunlik sayohatlari davomida sayyohlar ishchilar 2000 yillarda qayta tiklagan, eramizdan avvalgi 600-500 yillarda qurilgan Hisor qal’asiga tashrif buyurdilar. Qal’a 12 oktabrda suratga olingan. [Negmatullo Mirsaidov]

O‘zlarining uch kunlik sayohatlari davomida sayyohlar ishchilar 2000 yillarda qayta tiklagan, eramizdan avvalgi 600-500 yillarda qurilgan Hisor qal’asiga tashrif buyurdilar. Qal’a 12 oktabrda suratga olingan. [Negmatullo Mirsaidov]

"Ushbu yoqimli kichkina shahar -- chiroyli, toza va qulay," dedi sayyohlar uchun o‘zbek tili tarjimoni Caravanserai muxbiriga. "Men yaqingacha ham shunday shaharlarimiz borligini bilmagandim. Va u yerdagi odamlar ... do‘stona va mehmondo‘st."

Amerikalik sayyohlarning turli guruhlariga hamrohlik qilgan o‘zbek gidi Nozim Bagdalovga ko‘ra sayyohlar avvalroq Buxoro, Samarqand va Toshkent kabi O‘zbekistonning bir qator qadimiy shaharlariga tashrif buyurganlar.

Uning Caravanserai muxbiriga aytishicha, sayyohlik agentligi Ho‘jand shahrini u sayyohlar guruhining O‘zbekistondagi Farg‘ona, Andijon va Namangan shaharlari tomon yo‘lida bo‘lganligi uchun o‘z marshrutiga qo‘shgan.

'Hayratlanarli'

O‘zlarining uch kunlik sayohati davomida amerikalik tashrif buyuruvchilar Bahoriston sog‘lomlashtirish spasida turdilar, bu to‘g‘risida mehmonxona rahbariyati Caravanserai muxbiriga xabar qildi.

"Bu yerda tabiat ajoyib", dedi Kaliforniyalik Stiv Edison Caravanserai muxbiriga. "Oktabr oyidagi quyosh Kaliforniyadagi kabi iliq".

"Biz O‘zbekistondan Tojikistonga poyezdda bordik", dedi u. "Taassurotlar ajoyib. To‘g‘ri, avval bizlar xavotirlandik, biroq odamlarning qanchalik xushahloqliklarini ko‘rgandan va holatni bilgandan keyin hotirjam bo‘ldik".

O‘zlarining Ho‘jandga sayohatlari vaqtida amerikalik sayyohlar hududiy tarix muzeyiga, Kamolil Ho‘jandiy parkiga va markaziy Panjshanbe bozirga tashrif buyurdilar. Ular yana 13-asrda barpo qilingan arxitektura yodgorligi bo‘lgan Ho‘ja Masahiddin masjidi va eramizdan avvalgi 600-500 yilarda qurilgan Hisor qal’asini ham borib ko‘rdilar. Boshqa joylar orasida Qayroqqum suv ombori va Arbob madaniyat saroyi (Sankt-Peterburgdagi Petrodvoretsning kichikroq nusxasi) kabilar bor.

"Odamlaringiz ajoyib", dedi sayyohlar guruhiga Ho‘jand shahrida qo‘shilgan Caravanserai muxbiriga boshqa amerikalik sayyoh Jeyms Uilson.

"Bizlar uchrashgan, bizlar suhbatlashgan har bir odam jilmaygan holda biz bilan qo‘l olib ko‘rishdi va biz bilan rasmga tushishni xohladi", dedi u. "Bizga sizning Panjshanbe bozoringiz ayniqsa yoqdi. U bizga O‘rta Osiyo tarixiga g‘arq bo‘lgan kabi hissiyotni taqdim qildi."

"Bu go‘zal mamlakat, ob-havosi ajoyib; tabiati hayratlanarli darajada rang-barang", dedi Tindall Caravanserai muxbiriga. "Men shu kabi ochiq va mehmondo‘st bo‘lgan odamlarni yaxshi ko‘raman. Ularning har biri bizlarni uyiga taklif qiladi va bizga: biz bilan turaver, deb aytadi".

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500