Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Qirg‘izistonning qamoqxona xodimlari hukm qilingan ekstremistlarni reabilitatsiya qilish uchun BMT o‘quvi kursidan o‘tadilar

Muallif: Asker Sultanov

Qo‘riqchilar Bishkekdagi tergov izolyatorining vestibyulida, 2012 yilning yanvar oyi. BMT jazoni o‘tash muassasalari xodimlarini ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qamalgan mahbuslar bilan ishlashning yangi usullariga o‘rgatib kelmoqda. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

Qo‘riqchilar Bishkekdagi tergov izolyatorining vestibyulida, 2012 yilning yanvar oyi. BMT jazoni o‘tash muassasalari xodimlarini ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qamalgan mahbuslar bilan ishlashning yangi usullariga o‘rgatib kelmoqda. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

BISHKEK -- BMT ning narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash tashkiloti (UNODC) radikallashgan mahkumlarni reabilitatsiya qilish harakatining bir qismi sifatida psixologlar, ijtimoiy ishchilar va Qirg‘iziston qamoqxonalari xodimlarini o‘qitishni davom ettirmoqda.

Eng oxirgi besh kunlik o‘quv sessiyasi sentabr oyining oxirida Bishkek shahrida o‘tkazildi, dedi Qirg‘izistondagi UNODC ofisi vakili Vasilina Brajko Caravanserai muxbiriga.

"Mahalliy va xorijiy ekspertlar Qirg‘iziston hukumatining jazoni ijro etish xizmati [GSIN] xodimlarini hukm qilingan ekstremistlarni jamiyat bilan biriktirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish uchun [o‘z ishlari uchun] huquqiy asoslarni ishlab chiqishdan tortib keng ko‘lamdagi sohalar bo‘yicha o‘qitadilar", dedi Qirg‘izistondagi UNODC ofisi boshlig‘i Aleksandr Fedulov Caravanserai muxbiriga.

UNODC Qirg‘iziston qamoqxonalaridagi xodimlarga boshqa mamlakatlarda to‘plangan tajribalarni o‘rganishga yordam beruvchi "Tajovuzkor ekstremist mahbuslarni boshqarish va qamoqxonalarda radikallashish va zo‘ravonliklarning oldini olish bo‘yicha qo‘llanma" nomli kitobni ham chop qildi, dedi u.

"Ko‘rilgan asosiy choralar odamlarni "esktremizm" aybi bilan hukm qilinishiga olib kelgan sabablar va motivlarni oydinlashtirishga olib keladi", dedi Fedulov.

Bu "nima ularning hayotga qarashini o‘zgartirishga olib kelganligini ko‘rib chiqishni va keyin ayniqsa ularning qarashlarini o‘zgartirish orqali asta-sekin ular tushib qolgan holatdan [tortib] chiqarishni" o‘z ichiga oladi", dedi Fedulov.

Yangicha fikrlash

Qozog‘istondagi Ostona shahrida joylashgan Dinlarni o‘rganish markazlari uyushmasining direktori va Qozog‘iston hukumatining diniy uyushmalar bilan munosabatlar kengashining a’zosi Yuliya Denisenko yangicha fikrlashni tushintiradi.

Qirg‘izistonda hokimiyat organlari "qisqa muddatli va uzoq muddatli maqsadlarni belgilab olganlar...[ular] ularga erishish uchun mutaxassislarning uchta guruhini yollaganlar va o‘qitganlar -- bular psixologlar, diniy yetakchilar va qamoqxona xodimlari", dedi u Caravanserai muxbiriga. "Hozirgacha tizim muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda".

Psixologlar ularning ahloqlarini to‘g‘rilash va ularga oilalari bilan aloqalarni o‘rnatish va jamiyatga qo‘shilishlariga yordam berish uchun mahbuslarning psixologik muammolari ustida ishlaydilar, dedi Denisenko.

Bu vaqtda diniy ulamolar shariat qonunlaridan foydalanib va Quron darslari va boshqa diniy ta’limotlar bo‘yicha darslar o‘tish orqali mahbuslarning e’tiqodlarini to‘g‘rilashga yordam beradilar, dedi u.

Qamoqxona xodimlari ma’lumotlar to‘playdilar va vaziyatni o‘rganadilar, dedi u, ular mahbuslar va sobiq mahbuslarni reabilitatsiya qilish orqali qamoqxona ichida hamda qamoqxona tashqarisida jinoyatlarning oldini olishga mas’uldirlar. Ular boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik ham qiladilar.

Rasmiylar birgalikda harakat qilishga chaqiradilar

Qirg‘iziston jazoni ijro etish tizimi GSIN rahbari Taalaibek Japarovga ko‘ra Qirg’iziston qamoqxonalarida 185 ta terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganligi uchun qamalgan mahbus saqlanmoqda.

"Dindorlar va qamoqxona xodimlari bunday toifadagilar [mahbuslar] bilan ogohlikni ko‘tarish ishlarini muntazam ravishda olib bormoqdalar", dedi u. "Ishlar o‘z mevasini bermoqda. Ayrim hollarda ekstremistlar o‘z qarashlaridan qaytdilar."

Fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlarning bu kurashda huquqni himoya qilish organlarini qo‘llab-quvvatlashlari juda muhimdir, dedi Qirg’izistonning Diniy ishlar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (GKDR) raisining o‘rinbosari Zokir Chotayev.

Aholi va qamoqxona mahbuslari orasida diniy bag‘rikenglikni targ‘ib qilish ham juda muhimdir, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500