Karvonsaroy
Terrorizm

Ekstremizmda ayblanib qamalganlar uchun maxsus reabilitatsion dasturlar zarur: ekspert fikri

Asker Sultanov tayyorlagan

Bishkek, 2012 yil. Mahkumlar o‘z kameralari eshigining panjarasi ortidan qaramoqdalar. Qirg‘izistonning mahkum ekstremistlar va terroristlar bilan ishlash orqali to‘plagan tajribalari Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari uchun ham foyda keltiradi deb hisoblaydi mutaxassislar. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

Bishkek, 2012 yil. Mahkumlar o‘z kameralari eshigining panjarasi ortidan qaramoqdalar. Qirg‘izistonning mahkum ekstremistlar va terroristlar bilan ishlash orqali to‘plagan tajribalari Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari uchun ham foyda keltiradi deb hisoblaydi mutaxassislar. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

BISHKEK – Barchasiga bitta qolip kifoya degan yondashuv hozirda reabilitatsion dasturlarda qatnashayotgan mahkum ekstremistlarga to‘g‘ri kelmaydi, deydi butun dunyodagi shu kabi 25 ta dasturlarni o‘rganishdan kelib chiqqan tajribasini o‘rtoqlashgan bir tahlilchi.

“Barchasi o‘ta individuallashgan”, deydi Qozog‘istonning Ostona shahrida joylashgan Diniy tadqiqot markazlari uyushmasi rahbari va Qozog‘iston hukumati qoshidagi Diniy uyushmalar bilan aloqalar bo‘yicha kengash a’zosi Yuliya Denisenko.

“Joylardagi mutaxassislar har bir mahkumning shaxsiyati xususiyatlaridan kelib chiqib o‘zgartirishlar kiritishi lozim”, dedi Denisenko Caravanserai bilan suhbatda.

BMTning Narkotik moddalar va jinoyatchilik boshqarmasi (UNODC) uni Qirg‘iziston jazoni o‘tash tizimining mahkum ekstremistlar bilan ishlarini yaxshilashga yordam berish uchun yolladi.

Ekstremistlar ko‘p hollarda oddiy jinoyatchilarga qaraganda ko‘proq o‘zgargan shaxsiyatga ega bo‘ladilar, dedi u.

“Ular radikal guruhlar tomonidan singdirilgan e’tiqod bilan yashaydilar”, deya davom etdi u. “Ko‘pincha ular mantiqiy fikrlashga ojiz bo‘ladilar… Ularda axloqiy fikrlash funksiyalari deyarli o‘chirilgan”.

Psixologik portretni chizish

Londonda joylashgan Xalqaro jazolash tizimini isloh qilish (Penal Reform International) nodavlat tashkiloti joriy yilda Qozog‘istonda qamalgan ekstremistlarning psixologik fe’l-atvorlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot loyihasini amalga oshirdi.

Tadqiqot, huddi dunyoning boshqa o‘lkalarida o‘tkazilgan 25 ta dasturlarda bo‘lgani kabi, ularning fikrlashlari va o‘zlarini tutishlaridagi salbiy jihatlarni aniqladi, dedi u.

“Salkam barcha holatlarda ularga zararli harakatlar xosdir”, dedi u va shuni qo‘shimcha qildi, “Ular boshqalarni, hayotni, taqdirni ayblashadi. Ular yashashni istamaydilar, chunki barcha narsa ular uchun yomon, befoyda va zerikarli”.

Bu orada, UNODC tomonidan joriy yilda Markaziy Osiyoda ekstremizmda ayblanib qamalganlarni o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot erkak va ayollar orasida o‘z jinslariga xos intilishlarni aniqladi, dedi u.

Erkaklar “adolat izlashga” va “yetakchilik qobiliyatlarini amalga oshirishga, ijtimoiy va moddiy foyda olishga, shuningdek, jinoyatlarini oqlashga” intiladilar, dedi u.

Ayollar esa “er topishga, moddiy foydaga ega bo‘lish va erga tegib oiladagi nizolardan qutulishga, shuningdek, qarindoshlari bilan rishtalarni uzishga” intiladilar, dedi Denisenko.

So‘rovnomada qatnashgan ko‘pgina qirg‘iz mahkumlar 21 va 25 yosh orasida bo‘lib 18 yoshga to‘lmasdan radikallashgan va Suriyada urushda qatnashgan insonlardir, dedi u va qiziqqon yoshlar orasida “jamiyatda o‘zini tutish modellarini rad qilish” tendensiyasi kuzatilayotganini qo‘shib qo‘ydi.

Mahkumlar bilan ishlashdan olingan saboqlar

UNODC’ning Qirg‘izistonlik ruhshunoslar, ijtimoiy soha vakillari va qamoqxona xodimlarini mahkum ekstremistlarni reabilitatsiya qilishga o‘rgatish bo‘yicha harakatlari – bu haqda Caravanserai seshanba (7 noyabr kuni) kuni xabar bergandi -- o‘z foydasini beradi, deb taxmin qildi Denisenko.

Malaka oshirish o‘z mevasini beradi va Qirg‘iziston jazoni o‘tash tizimining imkoniyatlarini yuksak darajaga olib chiqadi, dedi u.

Undan tashqari, olingan bilimlar nafaqat davlat darajasida, balki butun mintaqa uchun ham foydali bo‘ladi.

“Aminmanki, Qirg‘izistonda to‘plangan tajriba… Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari uchun ham qiziqarli va foydali bo‘ladi”, dey so‘zini yakunladi Denisenko.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500