http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2017/11/10/feature-01
| Terrorizm

So‘nggi chop etilgan bin Lodinga oid hujjatlar al-Qoida - Eron munosabatlariga oydinlik kiritdi.

AFP

Yangi oshkor etilgan dalillar Eron va al-Qoida o‘rtasida yashirin aloqalar mavjud ekaniga ishora qiladi. Usoma bin-Lodinning o‘g‘li Hamza anchadan beri Eron himoyasi ostida yashayotgani taxmin qilinmoqda, al-Qoidaning so‘nggi rahbari esa hatto Eronning oliy rahbari Oyatullo Ali Hamanayiga xat yozgani ham ma’lum. Ushbu rasmda Livanning Hizbulloh Shiya harakatining yosh tarafdorlari Eron Islom Respublikasining asoschisi Oyatullo Ruhullo Homayniy (chapda) va Eronning oliy rahbari Oyatullo Ali Homayniyning (chapdan ikkinchi) portretlarini Livanning Kfar Hatta shaharchasida 2017 yil 18 mart kuni bo‘lib o‘tgan Suriyadagi jangda halok bo‘lgan Hizbulloh harakati jangchisining dafn marosimida qatnashgan vaqtlarida ko‘tarib o‘tmoqdalar. [Mahmud Zayyat / AFP]

VASHINGTON – AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi (MRB) chorshanba (1 noyabr) kuni al-Qoidaga oid, jumladan, Usoma bin Lodinning, uning Pokistondagi qarorgohiga 2011 yilda qilingan hujum vaqtida qo‘lga tushirilgan, o‘z qo‘li bilan yozilgan kundaligini ham o‘z ichiga olgan o‘ta shaxsiy ma’lumotlarning yirik arxivini chop etdi.

Avvalroq, MRB, AQSh Dengiz Flotining maxsus kuchlari tomonidan al-Qoidaning butunjahon ekstremistik tarmog‘i yetakchisining otib o‘ldirilishi bilan yakunlangan Abbottoboddagi qarorgohga hujum vaqtida qo‘lga tushirilgan fayllarni ommaga oshkor etgan edi.

So‘nggi chop etilgan 470 mingdan ortiq qo‘shimcha fayllar bin Lodinning o‘g‘li Hamzaning balog‘atga yetgan vaqtidagi ommaga oshkor etilgan ilk suratlarini o‘z ichiga olgan.

MRB tomonidan 1 noyabr kuni chop etilgan video lavhadan olingan rasmda Al-Qoidaning marhum yetakchisi Usoma bin Lodinning o‘g‘li Hamza bin Lodin (chapda) o‘zining to‘yini nishonlayotgani aks ettirilgan.

1 noyabr kuni MRB tomonidan tarqatilgan videoda al-Qoida rahbari Usoma bin Lodinning o‘g‘li Hamzaning balog‘at yoshidagi ilk suratlari namoyish etilgan.

1 noyabr kuni MRB tomonidan tarqatilgan videoda al-Qoida rahbari Usoma bin Lodinning o‘g‘li Hamzaning balog‘at yoshidagi ilk suratlari namoyish etilgan.

Hujjatlar al-Qoidaning Eron bilan bo‘lgan yashirin aloqalarga yangicha oydinlik kiritdi, deydi ushbu maxfiyligi olib tashlangan hujjatlarni ko‘rgan mutaxassislar.

Erondagi to‘y

Hamza bin Lodinning to‘yi videosining ham oshkor etilishi butun dunyoga bin Lodinning sevimli o‘g‘lining balog‘atga yetgandagi va taxminlarga ko‘ra Eronda olingan ilk suratini ko‘rish imkonini berdi.

Ilgari chop etilgan ma’lumotlar, jumladan AFP tomonidan 2015 yilning may oyida oshkor etilgan xatlarga ko‘ra bin Lodin Hamzani al-Qoidaning butunjahon jihod harakatiga rahbar qilib qoldirish uchun tayyorlayotgan edi.

Ammo AQSh tomonidan amalga oshirilgan hujumdan so‘ng uning bin Lodinning Abbottoboddagi yashirin qarorgohiga kelish rejalari barbod bo‘lgan va ushbu 27 yoki 28 yoshlar atrofidagi yosh yigit Eronda yashayotgani taxmin qilinmoqda.

Ushbu arxiv ommaga oshkor qilinishidan oldin uni ko‘zdan kechirishga muvaffaq bo‘lgan Demokratiyalar himoyasi fondi (DHF) mutaxassislari Tomas Joslin va Bill Rojjiolarning DHF’ning Long War Journal blogida yozishicha, yangi chop etilgan hujjatlardan biri bin Lodinning o‘rinbosari qalamiga mansub, al-Qoidaning Eron bilan aloqalarini o‘rganishga bag‘ishlangan 19 betdan iborat hujjatdir.

“Munosabatlar bo‘lgan, aloqalar mavjud. Shunday vaqtlar ham bo‘lganki, eronliklar al-Qoida bilan birga yelkama-yelka ishlashgan”, dedi MRB rahbari Mayk Pompeo o‘tgan oyda DHF tomonidan tashkil etilgan seminarda.

“Shunday aloqalar ham bo‘lganki, ular yo‘q deganda bir-birlariga qarshi harakat qilmaslikarini kelishib olishgan”, deya qo‘shimcha qildi MRB rahbari.

Ishchi munosabatlar

Ushbu munosabatlarning butun qamrovi va tabiati haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas va bu masala mutaxassislar va siyosatchilar tomonidan muhokama qilinmoqda.

Bir tomondan, Tehron va uning shialardan iborat kuchlari ko‘pincha Yaqin Sharqda al-Qoidaning chuqur aqidaparast mafkurasi bilan yo‘g‘rilgan sunniylardan tarkib topgan guruhlarga qarshi kurashadi. Masalan, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Hizbulloh harakati al-Qoida bilan aloqasi bo‘lgan Suriyadagi jangarilarga qarshi jang qiladi.

Ammo Hamza va al-Qoidaning boshqa yuqori martabali rahbarlarining Eron himoyasi ostida oshkora faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘lishi Tehron va Hamzaning otasi o‘rtasida ishchi munosabatlar mavjud bo‘lgan degan da’volarni asossiz emasligini ko‘rsatadi.

Bir hujjatda, deb yozadi Joslin va Rojjio, Eron qanday qilib al-Qoidaning ayrim “Saudiyalik birodarlari”ga Fors ko‘rfazidagi AQSh manfaatlariga hujum qilish sharti bilan jangovar tayyorgarlik, pul va qurol taklif qilgani batafsil keltirilgan.

Ammo, ayrim fayllar Tehron va al-Qoida o‘rtasida keskin kelishmovchiliklar bo‘lganidan darak beradi. Bin Lodin bir safar o‘sha vaqtdagi Eron rahbari Oyatullo Ali Homayniyga yozib, o‘zining qarindoshlarini ozod qilishni talab qilgan.

“Boshqa hujjatlar al-Qoida ayriboshlash uchun Eronlik diplomatni olib qochganini ko‘rsatadi”, deb yozadi Joslin.

“Usoma bin Lodinning xatlari shuni ko‘rsatadiki, u va uning yordamchilari Hamza va oilaning boshqa a’zolari qo‘yib yuborilgandan so‘ng ham eronliklar tomonidan ta’qib qilinishidan havotirda bo‘lishgan”.

Undan tashqari, Rojjio va Joselinning so‘zlariga qaraganda “Bin Lodinning o‘zi butun Yaqin Sharq bo‘ylab Eronning o‘ta xavfli deb hisoblagan ta’siriga qarshi kurashish rejalarini ko‘rib chiqqan”.

Ammo shu bilan birga, ularning fikriga ko‘ra, razvedka ma’lumotlarining tahlili al-Qoida Eron tuprog‘ida “faoliyati negizini hozirlovchi jarayonlar”ni boshqarish imkoniga ega bo‘lgan.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha