Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Qishloq xoʻjalik mahsulotlari eksportini kengaytirgan holda Oʻzbekiston AQSHga qovun eksport qilishni boshladi

Muallif: Maksim Yeniseyev

Oʻzbekiston qovunlari Toshkentda sentabr oyida boʻlib oʻtgan qovoq yetishiruvchilar mahsulotlari koʻrgazmasida namoyish qilinmoqda. [Maksim Yeniseyev]

Oʻzbekiston qovunlari Toshkentda sentabr oyida boʻlib oʻtgan qovoq yetishiruvchilar mahsulotlari koʻrgazmasida namoyish qilinmoqda. [Maksim Yeniseyev]

TOSHKENT -- Iqtisodiy oʻsishga intilgan holda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini ustuvor vazifa qilib qoʻydi.

Mamlakat uchun birinchi boʻlib Uztrade eksport kompaniyasi oktabr oyida bir tonna yangi uzilgan qovunlarni Amerika bozoriga yetkazib berdi.

Nyu-Yorkda joylashgan Oʻzbekiston-Amerika savdo korporatsiyasi qovunlarni Amerika tomonida sotishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Gazeta.uz.

Oʻzbekiston Tashqi savdo vazirligiga koʻra, oʻsha bir tonna yuk faqat birinchi qadamdir.

Oʻzbekiston mevalari va qovunlari 2016-yilda oʻtkazilgan xalqaro qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻrgazmasida namoyish qilinmoqda. [Qishloq xoʻjaligi va suv resurslari vazirligi]

Oʻzbekiston mevalari va qovunlari 2016-yilda oʻtkazilgan xalqaro qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻrgazmasida namoyish qilinmoqda. [Qishloq xoʻjaligi va suv resurslari vazirligi]

Bir necha oy avval boshlangan Oʻzbekiston va Amerika ishbilarmonlarini yaqinlashtirish jarayoni Oʻzbekistonlik fermerlar uchun yangi imkoniyatlarni ochmoqda.

20-sentabrda Nyu-York shahrida AQSH-Oʻzbekiston biznes forumida qatnashchilar 2,6 milliard AQSH dollari qiymatidagi (20,6 trillion Oʻzbek soʻmi) shartnomalarni imzoladilar.

Vazirlik tomonidan boshqariluvchi eksportchi boʻlgan Uztrade 5,1 million AQSH dollari (41,1 milliard Oʻzbek soʻmi) qiymatidagi toʻqimachilik mahsulotlari, quritilgan mevalar va sabzavotlar hamda boshqa mahsulotlarni Amerika Qoʻshma Shtatlariga eksport qilish boʻyicha shartnomalarni imzoladi, deya xabar beradi Gazeta.uz veb-sayti.

Mahalliy aksiyadorlar savdo bitimlarini ado qilishlariga ishonchlari komil.

"Biz mamlakatimizning oʻzida qovunning 100 dan ortiq noyob turlarini yetishtiramiz", dedi Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi agrosanoat firmasining xodimi Bahrom Mirhamidov Karvonsaroy muxbiriga. "Ularni tashish qiyinligi va masofaning uzoqligiga qaramasdan Oʻzbekiston qovunlari ekzotik va sifatli oziq-ovqat mahsuloti sifatida AQSHda oʻz oʻrnini topadi, deb oʻylayman".

Eksportni ragʻbatlantirib, bozorlarni izlab

Mevalar, sabzavotlar va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari eksportlarini oshirish Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun muhimdir. Hozirgi vaqtda oʻsha mahsulotlar eksporti qiymati boʻyicha Oʻzbekiston eksportining 6,2% ini tashkil qiladi, bu esa Oʻzbekistonning uzoq vaqtlardan beri asosiy eksport mahsuloti boʻlgan paxta eksportiga qaraganda 1,5 marta koʻproq valyuta keltiradi.

Qishloq xoʻjaligi va suv resurslari vazirligiga koʻra 1991-yildan 2016-yilgacha mamlakatdagi qovun va qovoq yetishtirish hajmi ikki marta oʻsdi va yiliga 2 million tonnadan ortiqroqni tashkil qildi.

Biroq qovoq hosilini eksport qilish nisbatan arzimas darajadaligicha qoldi. 2016-yili ular faqat 68 000 tonna boʻlib, Oʻzbekiston tomonidan eksport qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmining 0,8% ini tashkil qildi.

Hukumat fermerlarni eksportyor boʻlishiga ragʻbatlantirish uchun choralar koʻrmoqda.

"Prezident [Shavkat Mirziyoyev]ning 1-iyuldan kuchga kirgan qaroriga koʻra, ishbilarmonlar oʻzlarining qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri chet ellik hamkorlariga bemalol eksport qilishlari mumkin", dedi Toshkentlik yurist Oʻtkir Usmanov Karvonsaroy muxbiriga. "Avvallari davlat monopoliyasi boʻlgan Uzagroeksport orqali oʻtishingiz talab qilinardi".

Avgust oyidan boshlab hukumat rasmiylari " [eksportyorlarning] oʻz valyuta tushumlarining bir qismini Oʻzbek valyutasiga almashish evaziga davlatga sotish" talabini bekor qildilar, qoʻshib qoʻydi Usmanov.

Mirziyoyev 1-iyuldan boshlab ilgari surgan boshqa islohot yuklarni yuborish hujjatlarini tayyorlash uchun ketadigan vaqtni qisqartiradi.

Bunday islohotlar oʻzlarining kutilgan natijalarini beryapti.

"Qovun yetishtirish bu yili anchagina foydali boʻldi", – dedi Toshkent viloyati Oʻzgarish qishlogʻilik fermer Akrom Tolipov Karvonsaroy muxbiriga.

"2015-yilda hukumat [jismoniy shaxslar tomonidan] eksport qilinishining oldini olish uchun qovun va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yuk mashinalari bilan eksport qilishni taqiqladi", – dedi u. "Endi barcha taqiqlar olib tashlandi va yangi istiqbollar ochiq."

Savdo munosabatlarini mustahkamlab

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi va suv resurslari vazirligi delegatsiyasi savdoni oshirish uchun yangi imkoniyatlarni oʻrganib chiqish maqsadida yaqinda Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrif buyurdi.

23-oktabrdan 1-noyabrgacha bir qancha qishloq xoʻjaligi universitetlarining rektorlari va ayrim hukumat rasmiylari eng zamonaviy Amerika texnologiyalarini oʻrgandilar va kuchliroq savdo munosabatlarini qurish yoʻllarini izladilar.

"AQSH savdo vazirligidagi suhbatlarda Oʻzbekiston delegatsiyasi Amerika investitsiyalarini qishloq xo‘jaligi sektoriga jalb qilish, sanoat mutaxassislarini oʻzaro almashishni oʻrnatish va Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Amerika Qoʻshma Shtatlariga yetkazib berishni oʻz ichiga oluvchi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar", deyiladi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

O‘zbekiston qovunlarini sog‘indim, ular AQSHdagidan, umuman, har qanday mamlakatnikidan shirinroq.

Javob berish