Karvonsaroy
Diplomatiya

Markaziy Osiyo davlatlari YI bilan yillik uchrashuvda hamkorlik hujjatiga imzo chekdilar

Caravanserai

YI ning tashqi ishlar masalalari bo‘yicha rahbari Federika Mogerini Lyuksemburgdagi matbuot anjumani davomida. 16 oktabr, 2017 yil. YI ning xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspertlari Markaziy Osiyo davlatlariga terrorizmga qarshi kurashda yordam beradi, dedi Mogerini 10 noyabr kuni Samarqanddagi 13-chi yillik YI-Markaziy Osiyo vazirlar darajasidagi uchrashuv chog‘ida. [Jon Tis/AFP]

YI ning tashqi ishlar masalalari bo‘yicha rahbari Federika Mogerini Lyuksemburgdagi matbuot anjumani davomida. 16 oktabr, 2017 yil. YI ning xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspertlari Markaziy Osiyo davlatlariga terrorizmga qarshi kurashda yordam beradi, dedi Mogerini 10 noyabr kuni Samarqanddagi 13-chi yillik YI-Markaziy Osiyo vazirlar darajasidagi uchrashuv chog‘ida. [Jon Tis/AFP]

SAMARQAND, O‘zbekiston – Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro va Yevropa Ittifoqi (YI) bilan mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish maqsadida birga ishlamoqdalar, deya xabar beradi Ozodlik Radiosi (RFE/RL).

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari juma kuni (10 noyabr) 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik dasturiga imzo chekdilar.

Har yili bo‘lib o‘tadigan YI-Markaziy Osiyo vazirlar darajasidagi uchrashuvning O‘zbekistonning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi 13-chi to‘planishida imzolangan kelishuv mamlakatlarning mintaqaga ko‘proq sarmoya jalb qilish va transportatsiya, energetika, turizm va madaniyat sohalari bo‘yicha takliflarini belgilab beradi.

YI ning mintaqada tutgan o‘rni va Markaziy Osiyoning xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarini qamrab oluvchi ushbu YI-Markaziy Osiyo uchrashuvida shuningdek YI ning tashqi ishlar va xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini va YI ning xalqaro hamkorlik va rivojlanish masalalari bo‘yicha komissari Neven Mimika ham qatnashdilar.

O‘zining mintaqaga safaridan oldin, Mogerini xonim Markaziy Osiyoning YI uchun muhimligini urg‘uladi.

"Xavfsizlikdan tortib to radikallashuv va ekstremizmga qarshi kurash, savdo-sotiqdan tortib to fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash masalalarida YI va mintaqa mamlakatlari ishonchli hamkorlardir”, dedi u.

"Bizning yillik anjumanimiz fuqarolarimizning manfaatlarini ta’minlash doirasida o‘tgan yil davomida nimalarga erishilganini sarhisob qilish va kelajakka boqib mintaqalarimizda rivojlanish, xavfsizlik va barqarorlikni oshirish bo‘yicha qilinadigan ishlarni baholash imkonini beradi".

Qirg‘izistonga tashrif

Mogerini va Mimika 9 noyabr kuni Qirg‘izistonning yangi saylangan Prezidenti Sooronbay Jeyenbekov, vakolat muddati tugayotgan Prezident Almazbek Atambayev va Bosh vazir Sapar Isakovlar bilan uchrashuvlarni o‘z ichiga olgan Bishkekka qilgan safarlaridan so‘ng Samarqandga keldilar.

Qirg‘izistonlik rasmiylar bilan uchrashuv davomida Mogerini qayta qayta “Yevropa Ittifoqi Qirg‘iziston Respublikasidagi saylov masalalaridagi islohotlar jarayonini, shuningdek qonun ustuvorligini ta’minlashdagi va huquqiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini” aytdi, deya xabar berdi uning boshqaruvidagi tashkilot.

U, YI Qirg‘iziston bilan ikki tomonlama muzokaralarni boshlashga tayyor dedi, deya 9 noyabr kuni xabar berdi RFE/RL.

Samarqanddagi uchrashuv davomida Mogerini YI ning xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspertlari mahalliy hukumatlarning terrorizmga qarshi kurashlarini qo‘llab-quvvatlash uchun YI delegatsiyalari tarkibidan joy oladi dedi.

Eng asosiy tashvishga soluvchi masalalarga yoshlarning radikallashuvi, Eron yadroviy dasturi va Afg‘onistonda barqarorlikka erishish kiradi, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500