Karvonsaroy
Fan va texnologiya

USAID yordami bilan qirg‘iz xotin-qizlarini sabzavotchilik sohasida yetakchi o‘rin egallamoqda

Muallif: Asker Sultanov

Gulnura Soltobaeva, Norin viloyatidagi issiqxonada 2017-yilning sentabridan bodring yetishtirayotgan fermer. [Asker Sultanov]

Gulnura Soltobaeva, Norin viloyatidagi issiqxonada 2017-yilning sentabridan bodring yetishtirayotgan fermer. [Asker Sultanov]

O‘SH VA NORIN VILOYATLARI -- Xalqaro rivojlantirish bo‘yicha AQSH agentligining (USAID) «Agro Horizon» loyihasi Qirg‘izistonning chekka tumanlaridagi ayollarga o‘z dasturxonlarini to‘ldirish, ozuqaviyligi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va oila daromadini oshirishni ko‘zlab, ularga sabzavot yetishtirishda yordam bermoqda.

Yangi va qayta ishlov berilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning sotuv hajmini oshirish uchun to‘rt yillik loyiha 2014-yilning oktyabr oyidan boshlab 22,4 million AQSH dollari (1,5 milliard som) mablag‘ni xususiy sektorning sarmoya kapitaliga investitsiya qildi.

Ushbu loyiha O‘sh, Jalolobod, Batkent, Norin viloyatlarida amalga oshirilmoqda.

“Loyiha makkajo‘xori, kartoshka, o‘rik, piyoz va rezavorlar yetishtiruvchi kichik fermerlarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadiini qo‘yib, faoliyatini boshlaganidan buyon 44 000 ga yaqin uy xo‘jaliklari o‘qitish va texnik yordamdan bevosita foyda ko‘rdi ”, - deb aytiladi USAIDning mart oyidagi hisobotida.

Shuningdek, USAID ma’lumotiga ko‘ra bunday hamkorlik munosabatidan 42 000 dan ortiq uy xo‘jaliklari bundan foyda ko‘radi va 792 ta to‘liq ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Issiqxona bo‘yicha hamkorlik

USAIDning Qirg‘iziston bo‘yicha iqtisodiy o‘sish masalalari bo‘yicha direktori Luis Ernandes (Luis Hernandez) Karvonsaroy bilan suhbatda “Norin va O‘sh viloyatlarida dastur ushbu dastur xotin-qizlarga issiqxonalar tashkil etishlarida yordam berishga mo‘ljallangan, – deya ta’kidladi.

Uning so‘zlariga kora, Norin va O‘sh viloyatlaridan o‘n olti fermer, har bir viloyatdan sakkiz nafar xotin-qizlar mart oyida issiqxonalarni birga qurish ayollar tadvirkorligini qo‘llab-quvvatlashning bir qismi ekanligini ko'zda tutib, loyiha bilan o‘zaro anglashuv haqida memorandumga imzo chekdilar.

Ernandesning so‘zlariga ko‘ra har bir issiqxonaning qiymati 7 000 AQSH dollarni (487 195 somni) tashkil qiladi.

Uning aytishicha, USAID issiqxonalar qurilishi, jumladan qurilish materillari, texnik yordam va marketing qo‘llab quvvatlashni o‘z ichiga oladigan xarajatlarning 78% xarajatlarini qoplash uchun fermer ayollarga grant ajratdi. Fermerlar xarajatlarning qolgan qismini tayyor issiqxonalarda sabzavot ishlab chiqarishni moliyalashtirishga sarf qildilar.

Hosil yetishtirish (vegetatsiya) mavsumini uzaytirish

Ernandesning so‘zlariga ko‘ra, loyiha doirasida issiqxonalar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda, chunki ochiq dalalarda va Qir‘gizistonning tog‘li hududlarida sabzavotlarni yetishtirish mavsumni qisqa bo‘lib, qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish imkoniyatini cheklaydi.

“Issiqxonalarda mahsulot yetishtirish – vegetatsiya davrini uzaytirish va yangi sabzavotlardan foydalanishni oshirish va fermerlar daromadini oshirish uchun eng yaxshi yechimdir,” – deydi Ernandes.

“Shuning uchun ham fermerlar ularga juda qiziqadilar”, – deydi u. “Mana shu ayollar o‘z tajribasi bilan ko‘rsatganlaridek, bu loyiha fermerlar uchun ilg‘or texnologiyalarni namoyish qildi va issiqxona xo‘jaligi foydadorlikka erishishini ko‘rsatib berdi”.

Ernandesning aytishicha, issiqxona loyihasida ishtirok etish uchun tanlangan ayollar 2016-yilda alohida loyihada yaxshi natijalarga erishganini ta`kidlashdi va bunda chekka tog‘li hududlardagi 1 600 ta uy xo‘jaligi qishloq xo‘jaligini yuritishning texnik ko‘nikmalarini mustahkamlab olishdi.

“Biz fermerlarni o‘z tadbirkorlik qobiliyatlari asosida, ya’ni jiddiy qiziqish ko‘rsatgan, kerakli tajribaga ega bo‘lgan dehqonlarni tanlab oldik va [issiqxonalar] qurilish ishlariga va sabzavot ishlab chiqarishga o‘z yordamimizni qo‘shishga harakat qidik”, – dedi u.

Fermerlar barcha qurilish ishlarini iyul oyi oxirigacha muvaffaqiyatli yakunladilar va avgust oyida sabzavot yetishtirishni boshladilar. Ernandesning aytishicha, endi USAID texnik yordam ko‘rsatishda yordam bermoqda va fermerlarga muqobil bozorlarni topishga ko‘maklashmoqda.

Oilaviy daromadlarni oshirish

Oloy tumanidagi Pervomayskoye qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Aychurok Risqulova loyihada qatnashishdan oldin issiqxonada hech narsa yetishtirmaganini aytdi.

“Issiqxona tufayli hosilim va hosildorlikdan olingan daromadlar mo‘ljaldagidan oshib ketdi va biz 1500 tonnadan ortiq pomidor yetishtirdik”, deya ta’kidladi u Karvonsaroy’ga. “Farzandlarim ham issiqxonada ishlaydilar, o‘g‘lim va qizim bu ishda faol ishtirok etmoqda".

Risqulovaning so‘zlariga ko‘ra, uning oilasi daromadlari sezilarli darajada oshgan, chunki avval ular pomidorni faqat bog‘da yetishtirishgan va qisqa vegetatsiya davri davomida ular faqat bir necha ming som pul ishlay olishgan xolos.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda oila har oyda issiqxona xo‘jaliklaridan oyiga 42 000 som (605 AQSH dollari) ishlab topadi.

Sentabr oyidan boshlab Norin viloyatidagi fermer ayollar 7 000 kilogrammdan ortiq bodring yig‘ishtirib oldilar va ularni mahalliy bozorda sotdilar, bu esa sotishdan tushgan umumiy tushumning hajmi 5 800 dollar (397,3 ming som) bo‘lishiga olib keldi, deydi Ernandes.

“Ushbu loyiha tufayli biz hozir bodring yetishtiriladigan issiqxonaga ega bo‘ldik,” – deydi Norin viloyati Kulanak qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Gulnura Soltobaeva Karvonsaroy bilan bo‘lgan suhbatda.

“Endi bizda ancha qo‘shimcha daromad manbai bor,” – deydi u. “Umid qilamanki, issiqxona yaxshi ta’minlanadi, hosil ham, daromad ham mo‘l boladi. Men esa buni amalga oshirish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishlarga tayyorman”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Tojikistonda shunday dasturlar bormi?

Javob berish

Tog‘li hududlarda yashovchi ayollarga issiqxona biznesini boshlashda yordam berilayotganidan xursandman, ularga omad tilayman. O‘simlikshunos fermer bo‘lganim sabab, tomorqamda bir sotix yerga issiqxonani qo‘l ostidagi vositalardan yasaganman. O‘zimni sinab ko‘rish uchun bodring ekib ko‘rdim, natijasidan mamnunman. Sizning tashkilotingiz berayotgan yordam haqida so‘rasam, siz bilan uchrashish va tijorat issiqxonalarini qurishda yordam dasturi haqida maslahatlashish imkoni bormi. Oldindan rahmat.

Javob berish