http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2017/11/21/feature-01
| Xavfsizlik

AQSH harbiy o‘quv yurtlari yosh qozog‘istonliklarga ta’lim bermoqda

Ksenia Bondal


Daniyar Uteulin 2004-yil may oyida AQSHning Vest Point shahridagi Qo‘shma Shtatlar Harbiy akademiyasi diplomini olgan. “Amerika harbiy ta’lim tizimi juda yaxshi o‘ylangan va tashkil etilgan”, deydi u. [Uteulinning shaxsiy arxivi]

Daniyar Uteulin 2004-yil may oyida AQSHning Vest Point shahridagi Qo‘shma Shtatlar Harbiy akademiyasi diplomini olgan. “Amerika harbiy ta’lim tizimi juda yaxshi o‘ylangan va tashkil etilgan”, deydi u. [Uteulinning shaxsiy arxivi]

ALMATI -- Qozog‘iston va AQSH o‘rtasida harbiy hamkorlikning rivojlanishi bilan juda ko‘p qozog‘istonliklar AQSH harbiy o‘quv yurtlarida ta’lim olishga harakat qilmoqdalar.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida harbiy xodimlarni tayyorlash tizimi dunyodagi eng yaxshilardandir va u insonni har tomonlama rivojlanishi uchun yordam beradi, deydi Vest Pointdagi Qo‘shma Shtatlar Harbiy akademiyasi (USMA) bitiruvchisi, asli almatilik Daniyar Uteulin.

Uteulin bu nufuzli o‘quv yurtiga 2000-yili qabul qilinib, 2004-yili bitirgan. U Fort Benningdagi piyoda ofitserlarni tayyorlovchi boshlang‘ich kursni tugatib, havo hujumi, havodan o‘qqa tutish, quruqlikda iz topish kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashgan.

“Amerika harbiy ta’lim tizimi juda yaxshi o‘ylangan va tashkil etilgan”, dedi u Karvonsaroy bilan suhbatda.

Akademiyada kuchli tartib-intizom, tashabbus va sharafga erishish uchun qat’iy rejalar tuzish haqida o‘rgatiladi. Shuningdek, harbiy bilimlar bilan birga jismoniy tayyorgarlikka katta e’tibor beriladi, 36 yo‘nalishda fuqarolik fanlari ham o‘tiladi, dedi u.

“Amerikalik harbiylar xizmat davomida fuqarolik ta’limini ham davom ettirishlari, AQSH va butun dunyodagi o‘zlari tanlagan eng yaxshi oliy o‘quv yurtlarida mutaxassliklari bo‘yicha magistr yoki PhD darajasini olishlari mumkin”, dedi u. “Bu ularning salohiyatini oshirib, Amerika jamiyati bilan yanada ko‘proq jipslashishlariga yordam beradi”.

Xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassisligim fuqarolik hayotimda ham asqotdi, dedi Uteulin. U hozir Siemens Healthineers xalqaro tibbiy texnologiyalar kompaniyasining Almatidagi ofisida savdo bo‘limini boshqarmoqda.

“Vest Point bitiruvchilari assotsiatsiyasi yordamida kursantlar davlat idoralari va Amerika kompaniyalarida amaliyot o‘taydilar, butun dunyodagi tillarni o‘rganish va maxsus konferensiyalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, dedi u.

Hamkorlikdagi ta’lim imkoniyatlari

Uteulin kabi qozog‘istonliklar orasida AQSH harbiy tizimiga qiziqishning ortishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning, jumladan, harbiy ta’lim bo‘yicha hamkorlik rivojlanayotganidan darak beradi.

Astanadagi Milliy mudofaa universiteti rektori, general-mayor Asxat Rispayev boshchiligidagi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi harbiy delegatsiyasi AQSH poytaxtiga 20-oktyabr - 2-noyabr kunlari harbiy ta’lim turiuchun tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida qozog‘istonlik ofitserlar Milliy harbiy kollej, Duayt Eyzenxauer nomidagi Milliy xavfsizlik va strategik resurslar maktabi, Milliy strategik tadqiqotlar instituti hamda Axborot va kibermakon kollejida seminarlarda ishtirok etdilar.

Bundan avval 8-iyun kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp 2018-yilda AQSHning xalqaro yordamlari byudjetini Kongressga taqdim qilgan, unda Qozog‘iston ham zikr etilgan edi, deya xabar qilgandi EurAsia Daily 21-iyun kuni.

Ushbu hujjatga ko‘ra, AQSH 2018-yili Qozog‘istonga jami 1,7 million $ (566 million qozoq tengesi - KZT) harbiy yordam ajratgan. Bundan 700 000 $ (233 million KZT) harbiy ta’limga, 1 million $ (333 million KZT) yadro qurollarini tarqatmaslik, terrorizmga qarshi kurash, minalardan tozalash va boshqa xizmatlar uchun sarflanadi.

“AQSHdan ko‘p narsani o‘rgansa bo‘ladi”

AQSH va Qozog‘iston harbiylari o‘rtasida umumiy hamkorlik ham rivojlanmoqda.

5-iyulda Qozog‘iston va AQSH 2018-2022-yillarga mo‘ljallagan harbiy hamkorlik rejalarini imzoladilar. Ushbu hamkorlik jarayoni 5-yillik muddatga mo‘ljallangan, deya xabar berdi Stratetik Madaniyatlar fondi 8-iyul kuni.

Rasmiylar hujjatni Vashingtonda imzoladilar. Ikki davlat harbiy idora vakillari “Qozog‘iston va AQSH o‘rtasidagi hozirgi va kelajakdagi harbiy hamkorlik” masalalarini hal qildilar, deyilgan o‘sha vaqtdagi Qozog‘iston hukumati bayonotida.

Amerika Qo‘shma Shtatlari eng zamonaviy harbiy qurollar va taktikaga hamda turli harbiy konfliktlarda tinchliksevar kuchlar sifatida ishtirok etishda boy tajribaga ega, dedi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) polkovnigi Arat Narmanbetov.

“Islom davlati”ga (ID) qarshi kurash borasida ham AQSHning hissasi katta, dedi u.

“Qozog‘iston AQSHdan tinchliksevarlik potesialini oshirishda ko‘p narsani o‘rganishi kerak”, dedi Narmanbetov. “Dunyo juda shiddatli, va biz o‘z chegaralarimizda har qanday “kinetik” holatga tayyor turishimiz kerak”.

Sizga maqola yoqdimi?
33
Yo‘q
Fikrlar 5
Siyosat
Captcha
Kuanysh | 2017-12-03

Buning uchun AQSH fuqarosi bo‘lish shartmi? Yoshim 27 da va o‘zim Qozog‘iston fuqarosi bo‘lsam, hujjat topshirsam bo‘ladimi?

Javob berish
Makhmetbek | 2017-11-29

Menga yoqdi

Javob berish
Дмитрий | 2017-11-23

Ular millatlarni o‘zaro janjallashishga o‘rgatadilar, bu haromilarga quloq solmanglar

Javob berish
| 2019-02-26

Toʻppa-toʻgʻri, josuslarni tayyorlashyapti

Javob berish
Жанарбек | 2017-11-22

Ha, Amerika

Javob berish