Karvonsaroy
Biznes

USAID koʻmagi ostida faoliyat yuritayotgan zavodlar Qirgʻiz fermerlariga mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishda yordam bermoqda

Erkin Kamalov

Ishchilar oktyabr oyida Oʻzgan shahrida mevalarni qayta ishlaydilar. Oʻsh viloyatidan boʻlgan fermerlar hozir oʻz mahsulotlarini AQSHning Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) yordamida barpo etilgan ikkita qayta ishlash zavodi va meva-sabzavotlarni saqlash muzxonasiga sotadilar. [USAID Qirgʻiziston Respublikasi]

Ishchilar oktyabr oyida Oʻzgan shahrida mevalarni qayta ishlaydilar. Oʻsh viloyatidan boʻlgan fermerlar hozir oʻz mahsulotlarini AQSHning Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) yordamida barpo etilgan ikkita qayta ishlash zavodi va meva-sabzavotlarni saqlash muzxonasiga sotadilar. [USAID Qirgʻiziston Respublikasi]

OʻSH, Qirgʻiziston -- Oʻsh viloyatidagi yangi tashkil etilgan mevalarni qayta ishlash zavodlari va muzxona ombori fermerlarga oʻz mahsulotlarini oldingiga qaraganda afzalroq shartlarda sotish va chetga eksport qilinishi mumkin boʻlgan qayta ishlangan meva-sabzavotlarni yaratish imkonini beradi, deb aytishmoqda hissadorlar.

Ikkita meva quritish zavodi yiliga 1000 tonnadan ziyod mahsulotni qayta ishlash imkonini beradi, yangi omborxonada esa 40 tonnagacha olma saqlash mumkin boʻladi, deyiladi 13-noyabr kuni Qirgʻizistondagi AQSH elchixonasi tomonidan tarqatilgan bayonotda.

Bayonotda aytilishicha, qayta ishlash zavodlarini qurish uchun AQSHning Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) bir nechta fermerlar bilan hamkorlikda harakat qilgan.

“Qayta ishlash korxonalarining faoliyati 2000dan ortiq mahalliy oilalarga foyda keltiradi, zero ular oʻz hosillarini saqlash yoki qayta ishlash uchun sotilshlari mumkin boʻladi”, deydi Oʻshlik tadbirkor ayol Aysalqin Maksutova.

Qayta ishlangan mevalarni oktyabr oyida Oʻzgan shahridagi yangi zavodda koʻrish mumkin boʻladi. Yangi qayta ishlash zavodlari quritilgan mevalar, sharbatlar, murabbolar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradi. [USAID Qirgʻiziston Respublikasi]

Qayta ishlangan mevalarni oktyabr oyida Oʻzgan shahridagi yangi zavodda koʻrish mumkin boʻladi. Yangi qayta ishlash zavodlari quritilgan mevalar, sharbatlar, murabbolar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradi. [USAID Qirgʻiziston Respublikasi]

“USAID yordami sharofati bilan ular hosilni qayta ishlash va eksportbop mahsulotlar tayyorlash imkonini beruvchi zamonaviy ishlab chiqarish dastgohlari bilan jihozlandi”, dedi u Karvonsaroy bilan suhbatda.

Yangi qayta ishlash zavodlari mevalarni murabbo, kompot, sharbat, shirali mevalar va boshqa mahsulotlar koʻrinishida quritish va qayta ishlash imkoniyatiga ega boʻladi, dedi u.

“Umuman olganda, ushbu harakatlar kichik fermerlarning daromadlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish va mahalliy va xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatini taqdim etish orqali orttirish maqsadini koʻzlagan.

Bu hol shuningdek iste’molchilarga ham pishiqchilik mavsumidan tashqarida meva mahsulotlarini tanovul qilish imkonini taqdim qiladi”, dedi u.

Mahalliy va xalqaro qoʻllab-quvvatlov

USAIDning ikkita qayta ishlash zavodiga koʻmagi zavodlarni modernizatsiya qilish, uskunalarni oʻrnatish, xalqaro sifat nazorati tizimini joriy qilish va texnik yordamni oʻz ichiga olgan.

Orjemil MChJ tomonidan yuritilayotgan zavodlardan biri “shaftoli, olxoʻri, gilos kabi tez ayniydigan va bozorda yangi uzilgan holda sotish uchun toʻgʻri kelmaydigan qattiq mevalarni qayta ishlaydi”, deyiladi elchixona bayonotida. U yiliga 600 tonna meva mahsulotlarini ishlab chiqarish salohiyatiga ega boʻladi.

“Quritilgan mevalarni ishlab chiqaruvchi ikkinchi korxona Advantex MChJ esa oʻzining Oʻzgandagi yangi zavodidan mahsulot ishlab chiqarishni yiliga 500 tonnaga yetkazish uchun foydalanadi”, deb aytilmoqda ushbu bayonotda.

Qirgʻiz hukumati ham mahalliy fermerlarga yordam berishga e'tibor qaratmoqda, deb Karvonsaroy bilan fikrini oʻrtoqlashdi Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirining oʻrinbosari Erkinbek Choduev.

Mahalliy banklardan imtiyozli kredit olgan fermerlar sonining oʻsishiga olib kelgan hukumat loyihasining amalga oshirilishi tufayli bu yil Qirgʻiziston tomonidan qilinadigan eksport hajmining ortishi kutilmoqda, dedi u.

“Bundan buyon biz ma'lum sabablarga koʻra eksport qilinmasdan qolib ketadigan hosilimizning bir qismini yoʻqotmaymiz”, deb soʻzladi u.

Qishloq xoʻjaligida “Katta oʻzgarishlar”

Oʻsh viloyatining Qorasuv tumanida istiqomat qiladigan fermer Faxriddin Qosimov bu yil u eksport qilishni moʻljallab qoʻygan shaftoli va uzumning hosili moʻl boʻlganini soʻzlab berdi.

“Ammo yigʻib olingan hosilni buzilmasidan eksport qilish uchun biz transport va boshqa xizmatlar uchun yaxshigina harajat qilishimzga toʻgʻri keladi”, dedi u Karvonsaroy bilan suhbatda. “Shu sababli menga bundan buyon hosilimni qayta ishlash zavodlariga bozor narxida sotish foydali boʻladi”.

“Bu sohada katta oʻzgarishdir”, dedi Karvonsaroy bilan suhbatda Bishkeklik tadbirkor Doniyor Taychabarov.

“Avvallari, fermerlar yigʻib olgan hosillarini qayerda sotishni bilmay boshlari qotar edi”, dedi u. “Masalan, shunaqa holatlar ham boʻlar ediki, olma hosilining uchdan bir qismi uy hayvonlariga ozuqa sifatida ishlatib yuborilar edi”.

Meva-sabzavotlarni qayta ishlash zavodlari va muzxona omborlari qishloq xoʻjaligi mahsuldorligini orttiradi, dedi Taychabarov.

“Oldinlari, oʻrikning 80% qoʻshni Tojikistonga arzon garovga eksport qilinar edi yoki olcha va giloslarning deyarli barchasi chetga arzon narxlarga sotilar edi”, dedi u.

“Endi esa fermerlar oʻz mevali daraxtlardan iborat bogʻlarini kengaytirishni boshladilar”, dedi u. “Fermerlarga mahsulotlarini yangi qayta ishlash zavodlariga sotish daromad keltiradi”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Biz ham Uzgenda (yangi korxonada) qayta ishlangan mevalarni xohlagandik

Javob berish