Karvonsaroy
Xavfsizlik

Suriya va Iroqdan qaytayotgan Qozog‘istonliklarni qiyinchiliklar kutmoqda

Arman Kaliyev

Qozog‘istonlik harbiy xizmatchi, Almati viloyati, 2016 yil, sentabr. Jangari vatandoshlari Suriya va Iroqda mag‘lubiyatga uchrab uyga qaytayotgan bir paytda, Qozog’istonlik chegarachilar jangovar hushyor holatda. [Qozog‘iston Mudofaa Vazirligi]

Qozog‘istonlik harbiy xizmatchi, Almati viloyati, 2016 yil, sentabr. Jangari vatandoshlari Suriya va Iroqda mag‘lubiyatga uchrab uyga qaytayotgan bir paytda, Qozog’istonlik chegarachilar jangovar hushyor holatda. [Qozog‘iston Mudofaa Vazirligi]

OSTONA – Suriya va Iroqda “Islom Davlati” (ID) safida jang qilgan yuzlab Qozog‘istonlik yoshlar vatanlarida sovuq kutib olinadi va Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) tomonidan kuzatib boriladi, deydi mutaxassis va rasmiylar.

2011 yildan buyon “Islom Davlati”ga qo‘shilish istagida bo‘lgan 400 ga yaqin Qozog‘istonliklar mamlakatni tark etganlar, dedi Nursulton Nazarboyev 13 noyabr kuni xalqaro munosabatlarni muhokama qiluvchi guruh - Ostona klubining 3-sessiyasi chog‘ida, deb xabar berdi 16 noyabr kuni Nur.kz.

Avvalgi hisob-kitoblar, shu jumladan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yerjan Ashiqbayevning taxminlariga ko‘ra, bu raqam jangarilar va ularning oila a’zolari bilan bilan birgalikda 500 tani tashkil etgandi.

Ular mag‘lub bo‘lganlaridan so‘ng uylariga qaytmoqdalar, dedi Nazarboyev.

Bundan tashqari, davlat xavfsizlik qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston fuqarolari endi “Islom Davlati”ga qo‘shilish uchun mamlakatni tark etayotganlari yo’q, deb xabar qiladi Interfaksning Qozog‘iston bo‘limi.

Jangarilar qatoriga qo‘shilgan Qozog‘istonliklarning ma‘lum bo‘lgan so‘nggi guruhi Yaqin Sharqqa 2016 yilda jo‘nab ketgan, o‘sha vaqtda 69 ta shunday holat qayd etilgan, dedi KNB. 2017 yilda esa bunday holatlarga duch kelinmagan.

Ortga qaytish yo‘lining yopilishi

Shunga qaramay, Qozog‘iston hukumati sobiq jangarilarning uyga qaytishlarini qiyinlashtirgan.

Aprel oyida Nazaboyev Mir24 TVga bergan intervyusida, mamlakatni tark etib, chet eldagi ekstremistik tashkilotlar safiga qo‘shilganlar fuqarolikdan mahrum qilinishini aytgandi.

“Biz “Islom davlati”ida bo‘lib qaytganlar bilan profilaktik ishlar olib borishga harakat qildik, ammo bu hech qanday natija bermadi” dedi u. “Shu sababli ular uchun ortga qaytish yo‘lini yopishga qaror qilindi”.

Nazarboyev 11 iyul kuni terrorchilik guruhini tuzish yoki unga qo‘shilishda ayblanganlarni Qozog’iston fuqaroligidan mahrum etish haqidagi qonunni imzolagandi.

Ostonada joylashgan Dinlarni o‘rganish markazlari uyushmasi rahbari hamda Qozog‘iston hukumatining diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha kengashi a’zosi Yuliya Denisenkoga ko‘ra, qonun avtomatik tarzda Qozog‘iston fuqaroligidan mahrum qilmaydi.

Tegishli qaror ayblanuvchi haqiqatdan ham ekstremistik tashkilotlar qatorida jang qilganligini isbotlab berishi kerak bo‘lgan sudlar tomonidan chiqarilishi kerak, deb aytgan u Karvonsaroy nashriga.

Qaytganlar katta ehtimol bilan terrorchilikni qo‘llab-quvvatlaganlikda va sheriklikda ayblanadilar, dedi Murat Telibekov, Almatida joylashgan Qozog‘iston musulmonlari uyushmasi rahbari Karvonsaroy nashriga.

Jamiyat asoslarining barpo etilishi

Ularning Suriyadan vatanga qaytganlaridan keyingi muddaolari – va jamiyatning xavfsiz bo’lishi – boshqa masala, deydi Denisenko.

“Bu bizdagi maxsus xizmatlarning salohiyatiga bog‘liq, chunki aslida terrorchilik hujumiga terrorchi chegarani kesib o‘tayotgan yoki hujumga tayyorlanayotgan paytdayoq barham berish mumkin” deb qo’shimcha qildi u. “To‘da orasida terrorchini aniqlash va uni to‘xtatish juda qiyin.”

Radikallashuvga qarshi kurashishning eng yaxshi yo‘li - terrorchilikka da‘vat qiluvchilar tayanadigan asosni yo‘qotish, deydi Denisenko.

Bu asos ijtimoiy, siyosiy va psixologik omillarni o‘z ichiga oladi, deydi u. Boshqacha qilib aytganda, umumiy vaziyat qanchalik barqaror bo‘lsa, yoshlar orasida adovat urug‘ini sochish shunchalik qiyin bo‘ladi, deb qo‘shimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500