Karvonsaroy
Terrorizm

Qozog‘iston va Pokiston terrorizmga qarshi qo‘shma mashqlarni o‘tkazadi

Aleksander Bogatik

Mashqlarda Pokiston hamda Qozog‘istondan 100 dan ortiq harbiylar qatnashdi, 23-noyabr kungi surat. (Qozog‘iston Mudofaa vazirligi)

Mashqlarda Pokiston hamda Qozog‘istondan 100 dan ortiq harbiylar qatnashdi, 23-noyabr kungi surat. (Qozog‘iston Mudofaa vazirligi)

OSTONA -- Qozog‘iston va Pokiston ikki hafta davom etgan jangovar tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan terrorizmga qarshi mashqlarda qatnashdi, Qozog‘iston Mudofaa Vazirligi 27-noyabr kuni askarlar mashqlarni yakunlaganidan keyin bu haqda xabar berdi.

“Do‘stlik-2017” xalqaro terrorizmga qarshi o‘quv mashg‘ulotlari Pokistonnnig Xaybar Paxtunxva viloyati, Pabbi shahridagi terrorizmga qarshi kurash milliy markazida bo‘lib o‘tdi.

Mudofaa Vazirligi xabariga ko‘ra, mashqlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad - “tajriba almashish hamda amaliyotda askilterror mashqlarni o‘tkazish orqali ikki mamlakat harbiylarining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha professional mahoratini oshirish edi”.

“Mashqlarda Pokiston va Qozog‘istondan 100 ga yaqin harbiylar qatnashdi”, deydi maxsus kuchlar rotasi qo‘mondoni Nurlan Sobirov Karvonsaroy nashriga.

24-noyabr kuni C-295 yuk samolyoti Almatiga uchib keldi. (Qozog‘iston Mudofaa Vazirligi)

24-noyabr kuni C-295 yuk samolyoti Almatiga uchib keldi. (Qozog‘iston Mudofaa Vazirligi)

O‘quv mashqlari haqida so‘zlar ekan, “Biz terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘ldik” dedi u.

“Maxsus taktik mashg‘ulotlar va turli darajadagi mashqlar bo‘lib o‘tdi, jumladan soxta terrorchilar egallab turgan binoga hujum qilish amaliyoti o‘tkazildi," deydi ism-sharifi va unvonini aytishni istamagan mashq qatnashuvchilaridan biri.

Pokiston harbiy rahbariyati “Qozog‘iston harbiylari mahoratlarini yuqori baholadi” dedi u.

Qozog‘iston harbiy kuchlari yaxshi qurollangan

Qozog‘iston harbiylari ishtirokidagi terrorizmga qarshi o‘quv mashqlari Qozog‘iston va chet davlatlatlarda muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi.

Noyabrda Qozog‘iston qo‘shinlari Tojikiston va Hindistonda o‘tkazilgan terrorizmga qarshi mashqlarda qatnashdi, shu bilan bir qatorda Ostonada qo‘mondonlik harbiylari o‘yinlariga mezbonlik qildi, deb xabar berdi Mudofaa Vazirligi.

Qozog‘iston armiyasi zamonaviy qurollar, jumladan terrorizmga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan qurollar bilan yaxshi ta’minlangan, deydi Almatilik uchuvchi va zahiradagi zobit Yaroslav Lyubimov.

24-noyabr kuni C-295 harbiy transport samolyoti Almatidagi havo bazasiga uchib keldi, deb xabar beradi Mudofaa Vazirligi.

“Bu samolyot Ispaniyaning Airbus Defence and Space korxonasi tomonidan yaratilgan,” dedi Lyubimov Karvonsaroy nashriga. “U yonilg‘ini qayta quyishsiz uzoq masofaga uchishi mumkin. Samolyot askarlarni, qurol-aslahalarni va jihozlarni tashish uchun mo‘ljallangan.”

17-noyabr kuni “Baris” zirhli harbiy mashinasining (ZHM) standart qabul sinovlari bo‘lib o‘tdi, harbiy transport Qozog‘istonda yig‘ilgan, deb xabar beradi Qozog‘istonning Paramount Engineering avtomobil ishlab chiqaruvchisi (Qozog‘iston va Janubiy Afrika qo‘shma korxonasi)

Bayonotga ko‘ra, “standart qabul sinovlaridan keyin, u (ZHM) Mudofaa Vazirligiga amaldagi sinovlar va og‘ir qish sharoitida baholash uchun topshiriladi.”

"Baris" ZHM Qozog‘iston harbiy kuchlari va huquqni muhofaza qilish xodimlariga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan. O‘zbekiston ushbu maxsus avtomobillarni sotib olishga qiziqish bildirgandi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500