Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Qozog‘istonda adliya tizimini raqamlashtirish loyihasi ijobiy natijalarni ko‘rsatmoqda

Ksenia Bondal

Almatilik advokat Yerlan Uteshov 4-dekabrda jinoyat ishini internetda o‘rganadi. Yangi raqamli adliya tizimi huquqshunoslarga barcha sud ishlari materiallari bilan onlayn rejimda tanishish imkonini beradi. [Ksenia Bondal]

Almatilik advokat Yerlan Uteshov 4-dekabrda jinoyat ishini internetda o‘rganadi. Yangi raqamli adliya tizimi huquqshunoslarga barcha sud ishlari materiallari bilan onlayn rejimda tanishish imkonini beradi. [Ksenia Bondal]

ALMATI – Qozog‘iston hukumati ko‘plab mutaxassislar tomonidan oshkoralikka qadam sifatida ko‘rilayotgan, mamlakatning adliya tizimini raqamlashtirishga qaratilgan umumxalq loyihasini boshladi.

Loyiha jinoiy ish jarayonda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, tergov jarayonini tezlashtirish va jinoiyat ishi ko‘rib chiqilishi davomida adliya tizimi xarajatlarini kamaytirishni ko‘zda tutadi.

Bosh Prokuraturaning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston 2018-yilga qadar adliya jarayonini to‘liq raqamlashtiradi - ilk bosqichda boshlang‘ich da’vo arizalar raqamlashtirilsa, so‘ngra tergov, sud va jazo bosqichlarida ham bu jarayon davom ettiriladi.

2016-yil loyiha boshlangandan buyon unga jalb qilingan Astana advokatlar uyushmasining advokati Amanjol Muxammadyarovning Karvonsaroyga ma’lumot berishicha, “huquqni muhofaza qilish organlari allaqachon yangi formatga o‘tishmoqda”.

Uning aytishicha, Iqtisodiy tergov xizmati elektron jinoiy ishlarni ochish bo‘yicha pilot loyihani qo‘llagan birinchi agentlik hisoblanib, uning Astana va Qarag‘anda viloyatlaridagi idoralari bu tizimni 2016-yilning sentabridan foydalana boshlashgan. Astana va Jambil viloyatlaridagi ikkita tuman militsiya bo‘limlari shu yilning avgust oyidan ushbu tizimni tajribadan o‘tkazishga kirishdilar.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) ham ushbu tizimni joriy etishga qiziqish bildirmoqda, chunki u o‘zining ijobiy natijalarni ko‘rsatdi.

“Uning afzalliklari juda ko‘p, masalan jinoiy ishlarda shaffoflik, sud ishlari materiallari bilan tezda tanishish imkoniyati va jinoyiy ishni ko‘rib chiqish davomida fuqarolar uchun yuqori sifatli himoya shular jumlasidandir”, - deydi Muxammadyorov.

Elektron shakllarga o‘tish

Tergovchi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgach, u onlayn tarzda rasmiy elektron shakllarni to‘ldira boshlaydi, – deb ta’kidladi Muxammadyorov.

Guvohlar, gumonlanuvchilar va gumonlanuvchilarning advokatlari tergovchining planshetida elektron shakllarga imzo chekishadi, bunda tergovchi birorta hujjatni ham chop etmaydi, – deydi u.

Hujjatlar imzolanganidan so‘ng, barcha tergov dalolatnomalari darhol ma’lumotlar bazasiga kiritiladi, bu esa Respublika Bosh prokuraturasining Huquqiy statistika va maxsus qaydlar qo‘mitasida joylashgan serverda saqlanadi.

Shu bilan birga, tergovchi ma’lumotlar bazasidagi biror ma’lumotni o‘chirishi yoki o'zgartirishining iloji yo‘q – hech bir hujjatni qayta to‘ldirib bo‘lmaydi, – deb qo‘shimcha qildi u.

“Advokat sifatida men sud ishining barcha materiallari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘laman, -- deydi Muxammadyorov. Men ular bilan tanishib, ularni fayllarim uchun chop eta olaman. Eng muhimi, tergov organlarining zallarida soatlab kutishga hojat qolmaydi”.

Eskicha byurokratiyadan uzoqlashish

Huquqiy statistika va maxsus qaydlar qo‘mitasi raisi Bagdat Mussinning aytishicha, agentlik ma’lumotlarni qog‘ozda saqlashdek eski usul bilan xayrlashmoqda.

“Ko‘p yillar mobaynida, taxminan 50 nafar xodim har yili 300 mingdan ortiq bildirgilar va fayl kartalarini tuzib chiqqanlar, ularning har birida sud qarorlari, mahbuslarni jazolash, bir jazoni ijro etish muassasasidan ikkinchisiga o‘tkazish va ozod qilish to'g'risidagi ma'lumotlar o‘rin olgan”, deb yozadi u o‘zining Facebook sahifasida. “Ma’lumotlarning to‘liqligini ta’minlash uchun mamlakatdagi bir agentlikdan boshqasiga minglab qog‘ozlar jo‘natilgan”.

Bu jarayon nafaqat inson resurslarini talab qiladi, balki davlat tomonidan ham sezilarli darajada moliyalashtirilishi kerak, – deydi Mussin.

Raqamlashtirish jarayoni doirasida bu yil Bosh Prokurorning ma’lumotlar bazasi Ichki ishlar vazirligining penitensiar tizimi qo‘mitasi ma’lumotlar bazasi bilan umumiylashtirildi, – dedi u.

Xodimlar allaqachon qamoqdagi mahbuslar haqidagi ma’lumotlarni tizimga yuklab bo‘ldilar va tahliliy vositalarni yaratish bo'yicha ishlar yakuniga yetkazilmoqda, – deya ta‘kidladi u.

Ma’lumotlarni xakerlardan, terrorchilik hujumlaridan himoya qilish

Tergovlar va shaxslar haqidagi asosiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan bunday ma’lumotlar bazasining kiberxavfsizligi rasmiylarni tashvishga solishi turgan gap.

Almatilik AT mutaxassisi Jandos Urazov: “Ma’lumotlar bazasini terroristlar yoki xakerlardan himoya qilish uchun bir nechta serverlardan tashkil topgan tarmoqni yaratish zarur”, – deydi Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Masalan, Bosh Prokuraturaning ma’lumotlar bazasi joylashgan bir server Almatida bo‘lsa, undan olingan ma’lumot Qarag‘andadagi serverda ham ko‘rinadi”, – deydi u.

“Bu ma’lumotlar o‘z navbatida Kokshetovdagi serverga ko‘chiriladi”, – deya qo‘shimcha qildi Urazov.

“Agar Almatidagi arxivga hujum qilinsa, o‘sha ma’lumotlarning nusxalari qolgan ikki joyda saqlanadi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500