http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2017/12/08/feature-01
| Bag‘rikenglik

Markaziy Osiyolik muhojirlar Rossiyada “ikkinchi darajali odamlar” kabi aziyat chekayotganidan nolimoqda

Arman Kaliyev

10-avgust, Moskva markazidagi ko‘chani ta’mirlash vaqtida ishchilar po‘lat to‘r tashimoqda. Markaziy Osiyolik muhojirlar Moskvada asosan farroshlik va quruvchilik bilan band, deydi namanganlik 35 yashar Farhod T., Karvonsaroy nashriga (Mladen Antonov/AFP)

MOSKVA – Markaziy Osiyoliklar haqidagi salbiy stereotiplar hamda aksil-muhojirlik kayfiyati Rossiyada keng tarqalgan, bu esa shundoq ham mashaqqatli bo‘lgan hayotni yanada og‘irlashtiryapti, deydi muhojirlar.

Bunday stereotip va munosabatning paydo bo‘lishiga sabab, Rossiya rasmiylarining terrorizmda gumonlangan shaxslarni Markaziy Osiyodan deb hisoblashlari va Rossiya ommaviy axborot vositalarida muhojirlarning salbiy tarafdan yoritilishidir.

“Ikkinchi darajali odamlar”

Moskvada joylashgan Gaydar nomidagi Iqtisodiy siyosat instituti va Rossiya davlat organlariga ko‘ra, Rossiyada 1-iyun holatiga ko‘ra, 1,92 mln. O‘zbekiston, 1,06 mln. Tojikiston, 622 000 Qirg‘iziston va 522 000 Qozog‘iston fuqarolari istiqomat qiladi.

3-aprelda Sankt-Peterburg metrosidagi portlashga aloqadorlikda gumon qilingan Muhammadyusuf Mirzaalimov 7-aprel kuni Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tuman sudida uning hibsga olinishiga bo‘yicha eshituvlarda qatnashmoqda. (Olga Maltseva/AFP)

“Markaziy Osiyolik muhojirlar eng quyi darajadi ishlar – farroshlik, uy va yo‘llar qurilishi, turli binolarda qorovulchilik qilish va enagalik bilan band,” deydi Moskvaga O‘zbekistonning Namangan shahridan kelgan 35 yoshli Farhod T., Karvonsaroy nashriga.

Salbiy oqibatlardan cho'chib, familiyasi oshkor etilishini istamagan Farhod Moskvaga bundan besh yil avval kelgan. U dastavval qurilishda ishladi, keyin esa hozirgi ishi - shaxsiy haydovchilikka o‘tdi.

O‘zbekistonda uning turmush ortog‘i va to‘rt nafar farzandi bo‘lib, u har oy ularga pul jo‘natib turadi.

Hammasidan ham Farhod deportatsiya qilinishdan qo‘rqadi, shu bois u shahardagi ro‘yxatga olish talablarini vaqtida bajaradi va Rossiyada vaqtincha yashash qoidalarni buzmaydi.

“Mahalliy aholi bizni ikkinchi darajali odamlar deb biladi va bu ularning bizga nisbatan kundalik munosabatlarida ko‘rinadi,” deydi u. “Qisiqko‘z” yoki “maymun” - biz har qanday haqoratlarga chidashga majburmiz.”

Bunday toqatsizliklar ko‘p uchraydi. Shu yil avvalroq xabar qilingan yana bir holatda, Bishkeklik jurnalist Natalya Kushparenko Moskva mehmonxonasida diskriminatsiyaga uchragan deb xabar beradi Kabar axborot agentligi.

Uning aprel oyidagi so‘zlariga qaraganda, mehmonxona unga Qirg‘iz fuqarosi bo‘lgani uchungina xona ajratishdan bosh tortgan.

“Men mehmonxona boshqaruvchisiga Qi‘rg‘iziston fuqarosi bo‘lsam-da, etnik rus ekanligimni aytdim,” deydi Kushparenko. “Xodim menga “Lekin siz Rossiya fuqarosi emassiz… va bizga dushman bo‘lgan davlatda yashaysiz”, dedi.”

“Terrorchi emasligingni men qayerdan bilaman?”

Bu yil kamsitishlar yanada kuchaydi, dedi Farhod.

“Bir oy oldin menga Moskvadagi uy-joy qurilishiga kirishni taqiqlashdi,” dedi u. “Qo‘riqchi menga “Terrorchi emasligingni qayerdan bilaman?” dedi, umrim davomida meni nima deb chaqirishmagan deysiz, lekin bu meni birinchi marta terrorchi deb atashlari edi.”

Qirg‘izistonda tug‘ligan etnik o‘zbek, 22 yoshli Rossiya fuqarosi Akbarjon Jalilov 3-aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida o‘zini portlatib, 14 kishining o‘ldirganidan so‘ng, rossiyaliklar muhojir va gastarbayterlar haqidagi fikrlarini baralla aytadigan bo‘lib qoldilar.

Hujumdan bir necha kun o‘tib, Rossiya tergov qo‘mitasi Sankt-Peterburgda Markaziy Osiyolik olti muhojir qo‘lga olinganini xabar qildi. Gumondorlar Al-Qoida bilan bog‘liq Jabhat Fatih al-Shom (avval Jabhat al-Nusra sifatida tanilgan) va “Islom Davlati” guruhlariga odam yollashda ayblanganlar.

Bir oy o‘tib, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati to‘rt erkak hibsga olinganini e’lon qildi - ularning barchasi Markaziy Osiyoliklar bo‘lib, “Islom Davlati”ga va Moskvada terrorchilik hujumlarini tayyorlashga aloqadorlikda ayblanganlar.

Avgust oyida, “Islom Davlati” a’zolari deb ko‘rilgan yana ikki nafar kishi qo‘lga olingan, ular ham Markaziy Osiyodan bo‘lgan va Moskvada 1-sentabr kuni terrorchilik hujumini rejalashtirgan deb xabar qilingan.

“Dushman obrazini” yaratish

Bu terrorchilikda gumon qilingan Markaziy Osiyoliklarning xatariga bo‘lgan diqqatni oshirdi, bu holat haqiqiy yoki bo‘rttirilgan ekanligidan qat‘iy nazar, Rossiyaga kelib halol pul topayotgan Markaziy Osiyolik muhojirlar uchun qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Rossiyalik OAV va xavfsizlik xizmati rasmiylari “bizni dushman qiyofasida ko‘rsatmoqda”, deydi Farhod.

Rossiyaga ish qidirib kelgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlar fuqarolari Rossiya Federatsiasidagi terrorchilik guruhlarining asosini tashkil qiladi, deydi Rossiyaning Milliy aksilterrorchilik qo‘mitasi boshlig‘i Aleksandr Bortnikov 11-aprel kuni.

Markaziy Osiyo mintaqasi Rossiyani mehnat muhojirlari bilan ta’minlovchi asosiy manbadir.

Farhodning aytishicha, Markaziy Osiyoliklarni “Islom Davlati” bilan bog‘lovchi ta’kidlar Rossiya fuqarolari orasidagi mavjud aksil-muhojirlik kayfiyatini yanada kuchaytirdi.

“O‘tgan yoz Moskvadagi kafelardan birida, qandaydir rus yigitlari Tojikistonlik tanishimni mazax qilib, uni ko‘chaga sudrab olib chiqib ketishdi,” deydi u.

Farhodning aytishicha, ruslar tojikni do‘pposlaganlar.

“Unga hech kim, hatto binodagi qo‘riqchilar ham yordam berishga harakat qilmadi,” dedi Farhod.

Sizga maqola yoqdimi?
171
Yo‘q
Fikrlar 38
Siyosat
Captcha
| 2019-09-30

Chet elga kelgan odamlar bu erda oʻzlarining qoidalarini oʻrnatish oʻrniga, oʻsha mamlakatning qonunlari va anʼanalariga rioya qilishlari kerak.

Javob berish
| 2019-07-10

Hammasi toʻgʻri, yaqinda koʻcha yurish qoʻrqinchli boʻlib qoladi. Biror mamlakatga mehmon boʻlib kelsangiz, uning axloqiy tushunchalirini hurmat qilishga majbursiz. Munosabatlar haqida yozadigan boʻlsangiz, guruh-guruh boʻlib yuradigan, talon-taroj va zoʻravonlik bilan mashgʻul boʻlgan bu doʻstona maxluqotlar nechta jinoyta sodir etganliklari haqida ham yozing. Bolalardan xavotirdaman. Ayyor, pastkash maxluqlar, kunduzi qonunga rioy qiladigan, kechasi esa quturgan mollar toʻdasi. Negativ munosabat borligiga qoʻshilaman.

Javob berish
| 2019-08-03

Hamma ham bir xil emas

Javob berish
| 2019-07-03

Nega ularni bu yerga olib kelishadi? Tarbiyasiz, oʻqimagan odamlar. Rus tili, madaniyatini bilmaydilar. Tashqi koʻrinishlari, dinlari ham boshqa. Boʻylari past. Nega? Bu ham yetmagandek, surbet. Qotilliklar, bolalar va ayollarning zoʻrlanishi.

Javob berish
| 2019-08-03

Ruslan jinoyat qilishmaydi deysizmi?

Javob berish
| 2019-06-23

Kiyimqop, qishloq, Churkiston. Bu yerga kelib, oʻz odatlaringni yoyishni bas qil

Javob berish
| 2019-06-14

Qoramoʻndilar Qoramoʻndistonga borishadi

Javob berish
| 2019-04-04

Ruslar, Rossiyaga qaytib keting

Javob berish
| 2019-02-04

Markaziy Osiyolik migrantlar! Uyingizga jo‘nang!

Javob berish
Asd | 2018-05-18

Rossiya va Osiyoda migratsiya hukumat muammosi. Agar o‘z davlatlarida ish bo‘lganida odamlar Rossiyaga ketishmas edi. Rossiya hukumatining siyosati migratsiyani jalb qilishdan iborat. Agar muhojirlarga qarshi bo‘lsangiz osiyliklarni emas, Rossiya hukumatini ayblang. Ularga sovuq va qorong‘u davlatda yashyagandan ko‘ra, shaftoli daraxlari bilan uylarida qolish afzalroq.

Javob berish
| 2019-02-18

Shaftolizorda yashasinlar. Bizning oramizda nima bor ularga. O‘z iqtisodlarini oshirishni o‘ylashsin. Feodal tuzumda yashayaptilar, bu yerda esa hammalarining qo‘lidan telefon tushmaydi.

Javob berish
| 2019-02-19

Nega unda bizni yurtimizga kelyapsizlar, mening yurtimda ham sizdakalar koʻp, lekin ular sizdek surbet emas va masxara ham qilmaydilar. Chunki birovning yurtida ekanliklarini bilishadi.

Javob berish
Рита | 2018-01-09

Doim sobiq MDH shaharlariga borib ishlar va dam olar edik, u paytlarda Markaziy Osiyodan odamlarni ishga taklif qilish va tayyorlashga zarurat bo‘lmagan. Hozirgacha Rossiyaning istalgan shahriga odamlar ishga qabul qilinmoqda. Har bir millatning rasvo odamlari bo‘ladi.

Javob berish
Ертай | 2018-01-08

Kim bo‘pti ular? Men ularni umuman ikkinchi darajali odamlar deb hisoblayman

Javob berish
Махмад | 2018-01-04

Yomon siyosat bu. Agar siyosatchilar muhojirlar o‘rtasida TINCHLIK bo‘lishini istasalar, buni yo‘li oson, ammo ular muhojirlar sha’niga noloyiq so‘zlarni aytib, o‘z obro‘larini ko‘tarishni xohlashadi. Ular o‘z yurtdoshlari haqida bunday gapira olmaydilar, televideniyeda buni ko‘rish mumkin, xuddi o‘z xalqi haqida jon kuydirayotgandek. Men rus aka-ukalarimga, BUVA-BUVILARIMGA, sog‘lik-salomatlik, hayotlarida baxt tilayman, muhojirlar SIZga dushman emas.

Javob berish
??????? | 2018-01-01

Muhojirlarga rahmim keladi

Javob berish
| 2018-10-04

Seni ayab o‘tirishmaydi. 90-yillar boshida hech kimga achinishmagani kabi.

Javob berish
Кяфир | 2017-12-20

Markaziy Osiyoda nasroniylarga boʻlgan munosabat ham yaxshi emas

Javob berish
??? | 2018-01-01

Mahmadning fikriga qo‘shilaman

Javob berish
ИНКО | 2017-12-19

Hurmatli RUSLAR, 1941-1943 yillarda och-nahor oʻzbek oʻzining non talonini Rossiyadan evakuatsiya qilinganlarga berganini eslang

Javob berish
Мурад | 2018-01-02

Inko, ajdodlarimizning savob ish qilgani ularning tarbiyasi sabablidir, bu haqida gapirish ortiqcha deb o‘ylayman. Oliyjanob insonlar yaxshiliklarini minnat qilmaydilar va qilgan ishlari bilan maqtanmaydilar. Ular Allohdan umid qilib, uning o‘zidangina qo‘rqadilar, xolos. Ruslar podshoh va bolsheviklar davrida ajdodlarimizni beshafqat qirganiga qaramay, ular qalblarida yomonlik saqlamaganlar. Ba’zi portlashlarni ruslarning o‘zi uyushtirayotganini hammamiz yaxshi bilamiz (Youtubeda juda ko‘p videolar bor, hatto Jirinovskiy ham buni tilga olgan), oqibatda esa doim kavkazliklar yoki Markaziy osiyoliklar aybdor bo‘lishadi. Ba’zida o‘ylab qolaman, u yerga borish va tahqirlanish nega kerak? G‘ururimiz toptalganini sabr bilan adashtirganimiz sababli ajdodlarimiz go‘rlarida tik turishlari uchunmi? Hammani vatanga qaytarib, Rossiya bilan oramizda temir parda tutish – eng yaxshi variant. Hech qanday diplomatik aloqalar ham bo‘lmasin. Hayot – bumerang, lekin bumerang ikki karra kuchliroq bo‘lib qaytadi.

Javob berish
Алексей | 2017-12-19

Hammaga salom! Xoʻsh, oliy darajali inson bo‘lsangiz, unda nimaga sizni ikkinchi darajali deb qabul qilishadigan Rossiyaga ishlagani borasiz? Chunki, sizlarni nafaqat Rossiyada, boshqa Sobiq Ittifoq davlatlarida ham, oʻz yeringizda ham shunday past koʻrishadi. Qiz bolaga oʻxshab mingʻirlayvermasdan, ishlab pul toping.

Javob berish
Махмад | 2017-12-17

Bechora migrantlarning mehnatini qadrlamaydiganlar, ona Rossiyani qoʻllab-quvvatlamagan boʻladilar. Migrantlarning ham yaxshi va yomoni boʻladi, hamma narsada ularni ayblashdan oldin, kechirasizlar-u, yomonlar hamma joyda yetib ortadi. Men Rossiyani va rus shahrini hurmat qilaman. Xudodan Rossiyaga tinchlik va barqarorlik, xalqiga sihat-salomatlik va Sobiq Ittifoqqa doʻstlik tilayman.

Javob berish
Генадий | 2017-12-16

Achchiq haqiqat. Ammo bu Rossiya xalqining aybi emas, balki hammaning boshiga tushgan dard.

Javob berish
Житель Таджикистан | 2018-01-08

70-yillarda Rossiyada o‘qigan paytlarimda hech qanday nizolar yo‘q edi. Rus yigit-qizlari bilan o‘rtoq edik, bir-birimizni hurmat qilardik. Qizig‘i shuki, qishloqlarga kartoshka terishga borganimizda rus qizlari ro‘mol o‘rashardi va juda uyatchan edilar. Kattalarning “uyalmaysizlarmi?” deb tanbeh berishidan ranjimas edilar. Bir so‘z bilan aytganda, oramizda do‘stlik, mehr, o‘zaro tushunish va hurmat bor edi. Endichi? Bu muammoni Rossiya va Markaziy Osiyo birgalikda hal qilishi kerak. Buyuk rus yozuvchisi A.P. Chexov aytganidek: “Har bir inson uning ota-buvasi ko‘rgani va bilganidan ko‘proq narsani ko‘rish va bilishga intilmog‘i kerak”.

Javob berish
| 2019-01-25

Ro‘mol o‘ragan deyapsizmi? Ayollarimizga nima kiyish kerakligini o‘rgatmang. O‘zlari bilishadi, biz esa ularni bunda qo‘llab-quvvatlaymiz. Birdaniga iymonli bo‘lib qolgan shallaqi ayollaringizga aql o‘rgating. Sizga bo‘lgan yomon munosabat esa o‘zlaringizning aybingiz bilan bo‘lgan. Sotsial mehnat qahramonlari deysizmi. 80-yillar oxiri va ikkiminginchi yillar boshini eslaysizlarmi, yovvoyilaringiz tomonidan uyushtirilgan etnik ruslarga qaratilgan ovlarni va genodsidni eslaysizmi. Sizga sivilizatsiya olib kelgan bizning mutaxassislarni eslang. Endi esa ekstremistlar va oppog‘oylarga ajratishni istamaymiz, endi biz uchun hammangiz bir odamsiz, tolerantlik vaqti o‘tdi. Yurtdoshlaringizga rahmat ayting.

Javob berish
Виктор | 2017-12-16

Bunday munosabat gapirib boʻlmaydigan asoslarga ega. 90-yillarda Sovet ittifoqi parchalanganidan keyin Markaziy Osiyoda ruslar quvgʻinga uchray boshladilar. Qancha ruslar etnik qirgʻin sabab halok boʻlgani haqida gapirilmaydi, faktlar esa yashiriladi. Hozir ham Markaziy Osiyolik migrantlar doimiy ravishda rus qizlarini zoʻrlayapti. Markaziy Osiyo va Qozogʻistonda ruslarga qarshi faol siyosat olib borilyapti, millatchilarni jazolashni talab qiladilar-u, ammo oʻzlarida nimalar boʻlayotganiga ahamiyat bermaydilar. Rossiyada mana shu sababli jazolanganlar bor, ammo Osiyoda hech boʻlmasa birgina sudlangan rusofobni tilga oling-chi? Bunaqasi yoʻq, goʻyoki barchalari aybsizdek. Tojikistonda ruslarga qarshi siyosat mamlakatdan ruslarni qochishga majbur qildi, ichkarida qolganlar esa siyosiy va ijtimoiy taʼqibga uchramoqda. Gapirsa gap koʻp. Oʻzlari sababchi boʻlgan narsada ruslarni ayblamasinlar. Mamlakatingizdagi hamma ruslarni quvib chiqardingiz, endi Rossiyada sizga hurmat-ehtirom koʻrsatishlarini talab qilyapsiz.

Javob berish
Махмад | 2017-12-27

Hurmatli Viktor, meni hech kim hech qachon quvib chiqarmagan. Ishoning Rossiyaga yordam uchun ishlashga ketgan akalarim har xil gaplar aytishgan, menga ishoning iltimos. Men uyda ham, Moskvada ham ruslar bilan butun umrim ishladim. Moskvada birinchi ishlagan yilim juda og‘ir bo‘lgan, men ishdan bo‘shamoqchi edim, arizamni topshirganimda, hamkasblarim o‘rnilaridan turib, Mamadik ishdan ketma deb iltimos qilishdi. Birinchi ishlagan yilim kelgindi deb yoqtirishmas edi, men ular bilan 10 yil Moskva Temir Yo‘llarida mehnat qildim va eng hurmatli odamlardan bo‘ldim. Xato bilan yozayapman, kechiring. Sizga yangi yilda baxt va salomatlik tilayman.

Javob berish
Атда | 2017-12-30

Janob, ruslarni hech kim quvmagan, Markaziy Osiyo va Rossiyada talablar oʻzgargan xolos, oʻzingiz yashab turgan yerdagi davlat tilini bilish va unda soʻzlasha olish kerak. Ruslar har doimgidek tillarni oʻrganishni istamayaptilar, natijada esa davlatni diskriminatsiyada ayblayaptilar. Bir narsani tushunmayman, nega ruslar doim nimadandir norozi? Dunyoga nazar soling, Amerikada va Yevropada sizlarni uchinchi darajali odamlardek ko‘rishadi, u yerlarda rus tili mashhur emas. Nima uchun rus tilini oʻrganmaysizlar deb soʻrasangiz, “fu, bizga umuman kerak emas” deyishadi. Frantsiya elitasining ruslarni koʻrgani koʻzi yoʻq, ularni xizmatkordek koʻrishadi. Polyaklarning munosabatini aytmasayam boʻladi, ular sizni bosqinchi deb atashadi. Balki baʼzida oʻzingizni tahlil qilib, nima uchun bunday munosabatga duch kelayotganingiz haqida oʻylab koʻrishingiz kerakdir. Balki rus xalqi avval oʻzi oʻzgarishi kerakdir?

Javob berish
Эрик | 2018-01-03

Hurmatli ruslar! Men qozoqman, ayolim rus. Kuyovim ukrain) qaynotam yarim gruzin) do‘stim tatar) Kelinim ingush))) Umumiy qilib aytganda, butun sobiq SSSR yig‘ilgan! Qozog‘istonda katta, ahil oila bo‘lib yashaymiz! Sizlarga tinchlik tilayman, Xudo yor bo‘lsin! Keling, sizni ko‘rib xursand bo‘lamiz!

Javob berish
Резидент | 2018-01-08

Ruslar shu darajada yomon va kekkaygan ekan, uyingizda o‘tiring va bu yerga pul topishga kelmang. Xitoy, Singapur yoki boshqa yerga boring. Bizdan nari bo‘ling, biz sizlarga maktab, bog‘cha, kinoteatr qurib bergan okkupantlarmiz, sizning e’tiboringizga loyiq emasmiz.

Javob berish
дауд | 2017-12-16

Ruslar Markaziy Osiyoliklarga doim dushmanona, haqoratomuz munosabatda boʻlib kelishgan. Bu ularning mentaliteti, asl qiyofasi. Aksari xudosiz va ichkilikka ruju qoʻygan odamlarda qanday bagʻrikenglik boʻlishi mumkin? Buning yechimi bitta. Biz ularning ayollariga uylanishimiz kerak, natijaja koʻzlari xuddi osiyoliklarnikidek qisiqroq boʻlgan farzandlar dunyoga keladi. Shunda ularning ovozlari oʻchadi.

Javob berish
Резидент | 2018-01-08

Bulbuling kichkina hali.. Qoravoylarning qanjiqlarini siz tarafga shundoq ham haydab chiqaramiz yaqinda

Javob berish
| 2019-03-13

Aqli bor rus ayoli hech qachon kelgindiga erga tegmaydi. Kelgindilarni yoqtirganlarni esa xalqni sotgani uchun haydash kerak, o‘sha yerda sendaka qoralar bilan yashayversin, kimningdir 35-xotini bo‘lib paranjiga o‘ranib yursin.

Javob berish
| 2019-08-22

Eng kulgili izoh bo‘libdi :))

Javob berish
Шавкат | 2017-12-13

To‘gri, xuddi shunday

Javob berish
дуглас | 2018-01-09

Seni hech kim hurmat qilmasa va terrorchidek qabul qilsa, demak o‘zing ahmoqsan. O‘z yurtingda ish ko‘p bo‘lsa, nega bilmagan joyingga borasan? Normal odamlar hech qachon ishsiz qolmaydi, ularga doim ish topiladi. Birovning axlatini tozalagandan ko‘ra o‘lganing yaxshi. Maslahatim, ishni o‘z yurtingda izla, albatta topasan.

Javob berish
Октам | 2017-12-10

Qirg‘iz, o‘zbek va tojiklar bir kun kelib Rossiyaga borib ishlashdan to‘xtaydilar... Janubiy Korea, BAA va Yevropa mamlakatlariga migratsiya oqimi allaqachon mavjud. Bu orada ular pul qilish uchun loyga botishlari kerak bo‘ladi... QAT’IYAT G‘ALABA QOZONADI

Javob berish