Karvonsaroy
Terrorizm

Istanbuldagi terrorchilik hujumida gumon qilingan Oʻzbekistonlikning ustidan mahkama jarayoni boshlandi

AFP

Odamlar 11-dekabr kuni turk askarlari tomonidan qoʻriqlanayotgan Istanbul shahar mahkamasiga kirib kelmoqdalar. Bugun mahalliy tungi klubda yanvar oyida 39 kishini oʻldirganini tan olgan Oʻzbekiston fuqarosi ustidan amalga oshiriladigan mahkama jarayonining ilk kuni. Abdulqodir Masharipovni 40 karra umrbod qamoq jazosi kutmoqda. 'Islom davlati' ommaviy qirgʻinni amalga oshirganini boʻyniga oldi. [Ozan Kose/AFP]

Odamlar 11-dekabr kuni turk askarlari tomonidan qoʻriqlanayotgan Istanbul shahar mahkamasiga kirib kelmoqdalar. Bugun mahalliy tungi klubda yanvar oyida 39 kishini oʻldirganini tan olgan Oʻzbekiston fuqarosi ustidan amalga oshiriladigan mahkama jarayonining ilk kuni. Abdulqodir Masharipovni 40 karra umrbod qamoq jazosi kutmoqda. 'Islom davlati' ommaviy qirgʻinni amalga oshirganini boʻyniga oldi. [Ozan Kose/AFP]

ISTANBUL -- Dushanba kuni (11-dekabr) Istanbulda ushbu shahardagi tungi klubda 1-yanvar kuni 39 kishini oʻldirganini tan olgan Oʻzbekistonlik fuqaroning sudi boshlandi.

"Islom davlati" (ID) tomonidan Abu Muhammad Xurosoniy deya taxallus berilgan Abdulqodir Masharipovni 40 karra umrbod qamoq jazosi kutmoqda -- har bir qurbon uchun bir karradan va ID oʻz boʻyniga olgan qatliom uchun yana bir karra jazo kutmoqda.

Ayblovlar "konstitutsiyaviy tuzumni agʻdarish", "qurollangan terrorchilik tashkilotida a'zolik" va "bittadan ortiq odamni oʻldirish" kabilarni oʻz ichiga olgan.

Mahkama jarayoni Istanbul shahri markazidan tashqarida olib borilmoqda.

Turk politsiyasining maxsus kuchlari xodimlari va tez yordam mashinalari 1-yanvar kuni amalga oshirilib 39 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan qurolli hujumdan soʻng Istanbul shahridagi Reina tungi klubi oldida. [Yasin Akgul/AFP]

Turk politsiyasining maxsus kuchlari xodimlari va tez yordam mashinalari 1-yanvar kuni amalga oshirilib 39 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan qurolli hujumdan soʻng Istanbul shahridagi Reina tungi klubi oldida. [Yasin Akgul/AFP]

Rossiyalik ekstremist buyruqlari ostida qilingan harakat

Oʻz iqrornomasida keltirishicha, Bosfor koʻrfazi sohilida joylashgan hashamatli Reina tungi klubiga taksida yetib borgan Masharipov ichkariga kirishdan oldin eshik oldida turgan qoʻriqchini otib tashlaydi va ichkariga kirib dahshatga tushgan odamlarga qarata AK-47 avtomati yordamida pala-partish oʻq uzadi va granatalar irgʻitadi.

Omon qolganlar vahima ichida oʻzlarini Bosfor koʻrfaziga otarkan, Masharipov voqea joyidan ketib, olomon orasida koʻzdan gʻoyib boʻladi va rasmiylar uning yana zarba berishidan xavotirga tushadilar.

Keyinchalik ID hujum uchun javobgarlikni oʻz boʻyniga oladi. Bu ushbu terror guruhi tomonidan Turkiyada uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni hech qanday ikkilanishsiz oʻz boʻyniga olgan yagona holat boʻlmoqda.

Ammo, 2000 politsiya xodimi va 7200 soat video yozuvlarni tekshirishni ichiga olgan 17 kunlik qidiruvdan keyin Turk rasmiylari Masharipovni Istanbul atrofidagi Esenyurt qishlogʻidan topishdi.

Tahlilchilarning soʻzlariga qaraganda, Masharipovning iqrorlari Turk rasmiylariga shahardagi uyushgan terrorchi uyalar tarmogʻini parchalashga yordam berdi.

Turk rasmiylariga koʻra, Masharipov Afgʻonistonda tayyorgarlikdan oʻtgan va IDning Suriyadagi sobiq poytaxti Raqqa shahridan buyruq olgandan soʻng hujumni amalga oshirganiga iqror boʻlgan.

Ayblov xulosasiga koʻra, hujum qilish buyrugʻi kelib chiqishi Rossiyalik boʻlgan, Abu Jihod taxallusi ostida Suriyada yashab kelayotgan yuqori martabali ekstremist Islom Atabiyev tomonidan berilgan.

Reina hujumida oʻldirilgan 39 kishidan 27 tasi yangi yilni kutib olgani klubga borgan chet elliklar boʻlgan. 79 kishi yarador boʻlgan.

Oʻzbekistonlikar aralashgan hujumlar

Mahkamaga 57 kishi, jumladan jinoyatga sheriklikda gumon qilingan va eri kabi jazo olish ehtimoli katta boʻlgan Masharipovning xotini Zarina Nurullayeva tortildi. Olti kishidan boshqa hamma qamoqda saqlanmoqda.

Gumonlanuvchilarning asosiy qismi chet elliklar, jumladan Xitoy uygʻurlari va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining fuqarolaridir.

Masharipov bu yil amalga oshirilgan terrorchilik hujumlariga qoʻl urgan bir necha Oʻzbekistonlikdan biridir.

Oktabr oyida, kelib chiqishi Oʻzbekistonlik boʻlgan kishi Nyu-York shahri koʻchalaridan birida boʻlgan insonlarni yuk avtomobilida bosib ketgan edi va buning oqibatida sakkiz kishi qurbon boʻlgan edi, deyiladi ayblov bayonnomasida. Aprel oyida yuz bergan yana bir voqeada esa Oʻzbek fuqarosi besh kishining hayotiga zomin boʻlgan Stokgolm shahridagi yuk avtomobilida amalga oshirilgan hujumdan soʻng hibsga olingan edi.

2016-yilning iyun oyida esa uch nafar qurollangan shaxs Istanbul aeroportiga bostirib kirib 40 dan ortiq kishini oʻldirishgan edi . Turk rasmiylari ularning birini Oʻzbekiston fuqarosi ekani haqida xabar bergan edi. Uchchala hujumchining barchasi hujum vaqtida yoʻq qilingan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500