Karvonsaroy
Terrorizm

O‘zbekiston rasmiylari Toshkentda “Hizbut-Tahrir” a‘zosi deb gumon qilingan 4 kishini hibsga oldi

Karvonsaroy

O‘zbekiston Ichki Ishlar Vazirligi akademiyasi kursantlari jinoyatchilarni qo‘lga olishni mashq qilmoqdalar. Toshkent, 2015-yil, dekabr. [File]

O‘zbekiston Ichki Ishlar Vazirligi akademiyasi kursantlari jinoyatchilarni qo‘lga olishni mashq qilmoqdalar. Toshkent, 2015-yil, dekabr. [File]

TOSHKENT – O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari ta'qiqlangan "Huzbut-Tahrir" ekstremistik tashkilotining bo‘linmasini tuzishda gumon qilib, to‘rt kishi, jumladan ikki nafar ayolni qo‘lga oldi, deb xabar berdi 1news.uz seshanba, 12-dekabr kuni.

Qo‘lga olinganlarning uch nafari qamoqxonada saqlanmoqda, to‘rtinchisi – uch nafar farzandning yolg‘iz onasi bo‘lgan ayol esa uy qamog‘ida, deb ma‘lum qildi militsiya rasmiysi dushanba, 11-dekabr kuni RIA-Novosti agentligiga.

Gumondorlar yashagan uyni tintuv qilish chog‘ida ta'qiqlangan ekstremistik adabiyotlar, videolar hamda “Hizbut-Tahrir” g‘oyalarini ifodalovchi materiallar yozilgan xotira qurilmalari musodara qilingan.

Gumondorlarga “ekstremistik, ayirmachilik, aqidaparastlik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlarni tuzish, ularga a‘zo bo‘lish yoki rahbarlik qilish” ayblovi qo‘yilgan.

Ayblari isbotlangan taqdirda ularga 5 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

2016-yilning noyabrida jinoiy ishlar bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi “Hizbut- Tahrir”ning 15 nafar a‘zosini 7 yildan 10 yilgacha turli muddatlarga qamoq jazosiga hukm qilgandi. Ayblanuvchilar Suriya va Iroqqa borib, terrorchi guruhlar safida jangovar tayyorgarlikdan o‘tishni rejalashtirganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500