Karvonsaroy
Terrorizm

Qozog‘iston viloyati radikallashuvga qarshi samarali kurash namunasi sifatida ko‘rilmoqda

Alexander Bogatik

Zamonaviy muslima ayollarning Inobat klubi a’zolari Pavlodar shahridagi uchrashuv chog‘ida, 10-noyabr. Klub tadbirlari ayollarning ijtimoiylashuvi va ularga radikallashuvga qarshi turishda ko‘maklashishga qaratilgan. (Pavlodar viloyatidagi Dinlalaro munosabatlarni tahlil qilish va rivojlantirish markazi)

Zamonaviy muslima ayollarning Inobat klubi a’zolari Pavlodar shahridagi uchrashuv chog‘ida, 10-noyabr. Klub tadbirlari ayollarning ijtimoiylashuvi va ularga radikallashuvga qarshi turishda ko‘maklashishga qaratilgan. (Pavlodar viloyatidagi Dinlalaro munosabatlarni tahlil qilish va rivojlantirish markazi)

PAVLODAR – Pavlodar viloyatida mutaxassislar yoshlar va ayollarning radikallashuviga qarshi keng qamrovli usullardan foydalanmoqdalar, xususan xavf ostida bo‘lgan alohida shaxslar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazuvchi klublar, bevosita suhbatlar hamda keng miqyosdagi veb-konferensiyalar o‘tkazmoqdalar.

Rasmiylar Qozog‘iston miqyosida yoshlarni ekstremistlar da’vatidan asrash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar. Kuzatuvchilarning aytishicha, Pavlodarda olib borilayotgan profilaktika ishlari shular jumlasidandir.

Pavlodar viloyatidagi Dinlalaro munosabatlarni tahlil qilish va rivojlantirish markazi aholinining radikalizmga qarshi ogohligi va xabardorligini oshirishga qaratilgan sa'y-harakatlarni boshqaruvchi tashkilotlardan biridir.

“Biz uchrashuvlar, ma’ruzalar, maxsus o‘quv mashg‘ulotlarini, internet-konferensiyalarni, fleshmoblar va boshqa tadbirlarni tashkillashtiramiz,” deydi markaz rahbari Gulnaz Razdikova Karvonsaroy nashriga.

Pavlodar shahridagi Inobat klubida oyiga ikki marta turli mavzularda tadbirlar va mashg‘ulotlar, jumladan xina bilan naqsh chizish darslari o‘tkaziladi. Suratda mashg‘ulot ishtirokchilaridan biri, 10-noyabr. (Pavlodar viloyatidagi Dinlalaro munosabatlarni tahlil qilish va rivojlantirish markazi)

Pavlodar shahridagi Inobat klubida oyiga ikki marta turli mavzularda tadbirlar va mashg‘ulotlar, jumladan xina bilan naqsh chizish darslari o‘tkaziladi. Suratda mashg‘ulot ishtirokchilaridan biri, 10-noyabr. (Pavlodar viloyatidagi Dinlalaro munosabatlarni tahlil qilish va rivojlantirish markazi)

2013-yildan buyon markazda umumiy hisobda 383000 odam ishtirokida 3000 dan ortiq tadbirlar o‘tkazilgan – bu Pavlodar viloyati aholisining yarmi, dedi u.

Markaz tomonidan 35 ta bosma nashrlar chop etilib, ularning 270000 nusxasi tarqatildi, shuningdek, ekstremizmga qarshi mavzularda 2500 ta CD-disklar ulashildi, deb qo‘shimcha qildi u.

Bu ishlarning muvaffaqiyati “keng qamrovdagi zamonaviy uslublardan foydalanish, jumladan radikallashuvga moyil bo‘lgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlar olib borish, yoshlar uchun keng ko‘lamli veb-konferensiyalar o‘tkazishdadir”, dedi Uralsklik siyoziy tahlilchi Yevgeniy Kryuchkov Karvonsaroy nashriga.

Zamonaviy muslima ayollar klubi

Markazning sa’y-harakatlaridan biri ekstremistik g‘oyalarga nisbatan himoyasiz bo‘lgan muslima ayollar uchun klub tashkil etilganidir.

“Biz radikal tashkilotlar yosh ayollarni yo‘ldan adashtirishi bilan bog‘liq holatlarga tez-tez duch kelamiz,” dedi Razdikova. U yosh ayollar jamiyatdan “ajralib” qolishiga ko‘plab sabablar borligini qo‘shimcha qildi.

Radikallashuv xavfi ostida bo‘lgan ayollar “jamiyatdan ajralib qolish, o‘ziga past baho berish, o‘z ijtimoiy muhitlaridagi hayotga moslasha olmaslik” kabilardan azob chekishadi, dedi u. “Bu ko‘p hollarda odamning ongini manipulyatsiya qiluvchi soxta diniy tashkilotga qaramlikka olib keladi.”

“Ularni oilalariga qaytarish va vatandoshlarining urf-odatlariga nisbatan hurmat tuyg‘usini uyg‘otish uchun ancha ish talab qilinadi,” dedi u.

Razdikova tashabbusi bilan markaz Pavlodar shahrida yosh zamonaviy muslima ayollar uchun Inobat klubini ochdi. Klub nomi hurmat, sharaf yoki vijdon degan ma’nolarni anglatadi.

“Qozoqlar eng yaxshi yosh ayollarni “inobat” deb atashgan – ajdodlarimiz ayollarning eng yaxshi sifatlarini bir so‘z bilan nomlaganlar,” dedi u. “Hamkasblarim klubni tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar va ayollarning diniy guruhlari harakatlar rejasini ishlab chiqdi”.

Oktabrdan beri klub ishtirokchilari oyda ikki marta uchrashib turishdi. Barcha tadbirlar ayollarning ijtimoiylashuvi, zamonaviy jamiyatga moslashuvi va radikallashuvga qarshi kurashish qobiliyatini paydo qilishga qaratilgan.

Birinchi tadbir pazandalik bo‘yicha mahorat saboqlari bo‘lib, unda yosh ayollar tort pishirishni o‘rgandilar. Undan keyingi darsda esa ishtirokchilar badanga xina bilan naqsh chizishni mashq qildilar.

Kelajakda klub a’zolari suzish havzasiga borish, sharqona raqslar va pardoz mashqlarini o‘tish, shuningdek, psixolog va ilohiyatshunoslar bilan uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirganlar.

Yoshlarning qarashlarini o‘zgartirish

Markaz radikallashuv xavfi haqida viloyat bo‘ylab yoshlarni xabardor qilishni maqsad qilgan.

6-dekabr kuni markaz Pavlodar shahrida o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar uchun veb-konferensiya o‘tkazdi.

“Mutaxassislar ishtirokchilarga internet orqali odam yollashda qo‘llaniladigan usullar haqida so‘zlab berdilar va ularni qanday xavflar kutayotgani to‘g‘risida ogohlantirdilar,” dedi Razdikova.

Razdikovaning so‘zlariga ko‘ra, ekstremizmning oldini olish qonuniy, tashkiliy, ta’limiy hamda tashviqot choralari kabi himoyaviy tadbirlar orqali amalga oshiriladi.

“Bir necha yillardan beri, biz futzal, bouling, stol tennisi va voleybol musobaqalarini o‘tkazib kelamiz. Shu bilan birga, maktab va universitet o‘quvchilari uchun rasm chizish, videotasvir yaratish tanlovlarini o‘tkazamiz,” dedi u.

Oilalar va dinlalaro munosabatlarni tahlil qilish va rivojlantirish markazi kabi tashkilotlarning hamkorlikdagi harakatlari Qozog‘iston jamiyatida ekstremistik g‘oyalarining tarqalishini to‘xtatishi mumkin deydi, pavlodarlik Grigoriy Storovtsev Karvonsaroy nashriga.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Radikalizm, ekstremizm va salbiy gʻoyalar bilan yoshlarni zaharlash kabi yomon illatlar avj olgan ayni damda juda kerakli va oʻz vaqtida tashkillashtirilgan tashabbus. Biz, ota-onalar, bunga qanday qarshi tura olamiz, farzandlarimizni bizga yot boʻlgan taʼsirlardan qanday himoya qila olamiz? Qanday qilib qozoq ajdodlarimizdan qolgan madaniy boylik va merosni asrashimiz mumkin?

Javob berish