Karvonsaroy
Terrorizm

AQSH oraga kirdi va Rossiyani terrorchilik hujumidan qutqardi

Karvonsaroy

Pravoslav cherkovi xizmatchilari Sankt Peterburg shahridagi Qozon kafedral cherkovida, 11-iyul, 2013-yil. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati oʻtgan hafta Chor imperiyasining poytaxti boʻlgan shaharda, jumladan kafedral cherkovda terrorchilik hujumlarini amalga oshirishni rejalashtirishda ayblangan yetti nafar ID jangarisi deya gumonlangan shaxsni qoʻlga oldi. [Olga Maltseva/AFP]

Pravoslav cherkovi xizmatchilari Sankt Peterburg shahridagi Qozon kafedral cherkovida, 11-iyul, 2013-yil. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati oʻtgan hafta Chor imperiyasining poytaxti boʻlgan shaharda, jumladan kafedral cherkovda terrorchilik hujumlarini amalga oshirishni rejalashtirishda ayblangan yetti nafar ID jangarisi deya gumonlangan shaxsni qoʻlga oldi. [Olga Maltseva/AFP]

BISHKEK -- Kreml dushanba kuni (18-dekabr) Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga (FSB) Sankt Peterburg shahridagi 19-asrda qurilgan Qozon kafedral cherkovi va boshqa nishonlarga qilinishi kerak boʻlgan terrorchilik hujumini barbod qilishda AQSH xavfsizlik kuchlari yordam berganini tan oldi, deya xabar berdi AFP.

FSB tarqatgan bayonotda, ular oʻtgan hafta St.Peterburg shahrining aholi gavjum nuqtalariga hujum qilishni rejalashtirgan "Islom davlati"ning (ID) yetti nafar a'zosini qoʻlga tushirganlari toʻgʻrisida ma’lumot tarqatdi.

AQSH tomonidan taqdim etilgan "foydali" ma'lumotlar "koʻpdan-koʻp insonlarning hayotini qutqardi", deya dushanba kuni muxbirlarga xabar tarqatdi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

"Va albatta bu faqatgina qoniqish va ehtirom tuygʻusini uygʻotadi", dedi Peskov.

'Namunali hamkorlik'

Peskov tomonidan ta'rifi keltirilgan Sankt Peterburg voqeasidagi kabi "namunali hamkorlik", kelajakda terrorchilik faoliyatini oldini olish uchun koʻpgina Markaziy Osiyo davlatari tomonidan talashib-tortishib istaladigan narsadir.

Badavlat Gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq Markaziy Osiyoning xavfsizlik xizmatlari yaxshi jihozlanmagan va ularga resurslar yetishmaydi, deya Karvonsaroy bilan suhbatda fikrini oʻrtoqlashdi Bishkek shahridagi "Pikir" mintaqaviy ekspertlar klubi hamboshqaruvchilaridan biri Igor Shestakov.

"Bizlarning xavfsizlik tashkilotarimiz Markaziy Osiyodagi va boshqa davlatlardagi oʻz hamkasblari bilan yaqin aloqa qilishadi, bu esamigratsiya jarayoni va radikal harakatlarni samaraliroq kuzatish imkonini beradi ," dedi u.

ID safida Suriyada jang qilgan Markaziy Osiyolik jangarilar mintaqada sokin hayotni izdan chiqargan holda nuqtali terrorchilik hujumlarini uyushtirishlari mumkin, dedi Karvonsaroy bilan suhbatda yana bir Bishkekda joylashgan tadqiqot markazi "East-West Strategy" rahbari Dmitriy Orlov.

Xavfsizlik xizmatlari oʻrtasidagi hamkorlik Markaziy Osiyoda allaqachon oʻz mevasini bermoqda, dedi u.

Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston davlatlari xavfsizlik xizmatlari "besh yillar oldin kuzatilmagan hol, ya'ni terrorchilik hujumlarining oqibatini kamaytirish oʻrniga hozirda bunday hujumlarning oldini olishni eplashmoqda", dedi u.

[Arman Kaliyev ushbu xabarni tayyorlashda yordam berdi.]

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500