Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiya qo‘shni davlatlar suverenitetiga “tahdid solmoqda”

Karvonsaroy

2012-yil 9-iyunda olingan surat, Rossiyalik askarlar Tojikistonning Xo‘jand shahrida mashg‘ulotlar chog‘ida. Mazkur mamlakatda minglab rus askarlari joylashtirilgan. (AFP PHOTOSTR/AFP)

2012-yil 9-iyunda olingan surat, Rossiyalik askarlar Tojikistonning Xo‘jand shahrida mashg‘ulotlar chog‘ida. Mazkur mamlakatda minglab rus askarlari joylashtirilgan. (AFP PHOTOSTR/AFP)

VASHINGTON – Rossiya mustaqil qo‘shnilarini o‘z hatti-harakatlari bilan qo‘rqitish orqali davlatlarning suverenitetiga tahdid solishi mumkinligini namoyish qildi, deyiladi AQSH hukumatining 18-dekabr, dushanba kuni e’lon qilingan Milliy xavfsizlik strategiyasida.

Hisobotda Moskvaning Markaziy Osiyo va butun dunyo bo‘ylab olib borayotgan qo‘poruvchilik faoliyati, jumladan uning “yadroviy sohadagi pozitsiyasi va istiqboldagi hujum imkoniyatlari” haqida batafsil ma‘lumotlar keltirilgan.

“Zamonaviylashgan qo‘poruvchilik taktikalari yordamida Rossiya dunyodagi turli mamlakatlarning ichki siyosiy ishlariga aralashmoqda”, deyiladi hujjatda. “Rossiyaning xohish-istaklari va kuchayib borayotgan harbiy imkoniyatlari birikmasi Rossiyaning xatolari sabab nizo xavfi kuchayib borayotgan Yevroosiyo mintaqasida beqaror hududni vujudga keltirmoqda.”

O'z qo‘shnilari borasida esa, Rossiya “iqtisodiyotlarning ochiqroq va adolatliroq bo‘lishiga to‘sqinlik qilish, jamiyatlarga tazyiq o‘tkazish va o‘z ta‘sirini yanada kuchaytirish maqsadida axborot va ma’lumotlarni nazoratiga olishni maqsad qilgan.

Yangi hujjatga ko‘ra, davlat suverenitetiga daxl qilishning Rossiyaga xos usullaridan biri ijtimoiy tarmoqlar orqali yolg‘on xabarlarni tarqatishdir. (MARTIN BUREAU/AFP)

Yangi hujjatga ko‘ra, davlat suverenitetiga daxl qilishning Rossiyaga xos usullaridan biri ijtimoiy tarmoqlar orqali yolg‘on xabarlarni tarqatishdir. (MARTIN BUREAU/AFP)

Rossiya faol ravishda “axborot qurollaridan foydalanib, OAV, siyosiy jarayonlar, moliyaviy tarmoqlar va shaxshiy ma’lumotlarni nishonga olib, demokratiyaning qonuniyligini buzishga urinmoqda”.

Moskva “tashviqot va boshqa usullar yordamida demokratiyani yo‘qqa chiqarish, aksil-G‘arb qarashlarini va bo‘linishni kuchaytirish uchun yolg‘on axborot tarqatish”dan foydalanmoqda.

“Rossiya dunyo bo‘ylab jamoatchilik fikriga ta’sir etish maqsadida o‘z kiberhujumlarida axborot amaliyotlaridan foydalanmoqda,” deyiladi hisobotda. “Uning ta’sir kampaniyalari maxfiy razvedka amaliyotlari, davlat tasarrufidagi OAV bilan soxta onlayn shaxslar, betaraf vositachilari va haq to‘lanadigan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yoki “trollar”dan tarkib topgan.”

AQSHning Markaziy Osiyodagi manfaatlari

Hisobotda aytilishicha, Rossiyaning qo‘poruvchilik faoliyatidan farqli o‘laroq, AQSH Markaziy Osiyoda “raqobatchi kuchlarga chidamli, jihodchilarga xavfsiz makon bo‘lmaydigan va islohotlarni ustuvor deb belgilovchi Markaziy Osiyo davlatlari” bo‘lishi tarafdoridir.

“Terrorchilik xavfiga qarshi kurashish, harbiy va yadroviy ziddiyatni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan transchegaraviy terrorizmga to‘sqinlik qilish, yadroviy qurollar, texnologiyalar va moddalarning terrorchilar qo‘liga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik – AQSHning mintaqadagi manfaatlaridandir, deyiladi hisobotda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 29

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

rasiyani qoshni davlatlarini nomi kere bota alam balo narsalamas

Javob berish

Rossiya hammani bezor qilib boʻldi. Oʻzining ichki muammolari bilan shugʻullansin undan koʻra

Javob berish

Qo‘shilaman, (faqat “...” siz)

Javob berish

Birinchidan, Rossiyaning nima sababdan Ukrainada bunday qilganidan xabardormiz. Mayli, aytaylik, Rossiya o‘zga yurtga bostirib kirdi deylik, lekin bunga o‘sha Ukrainadagi mansabdor shaxslar aybdor, agar taxt talashishmaganida edi, nafslarini tiyishganida edi, hozir Ukraina gullab-yashnayotgan bo‘lardi!!! Ikkinchidan, meni hayron qoldirgan narsa, “AQSH Markaziy Osiyoda “raqobatchi kuchlarga chidamli, jihodchilarga xavfsiz makon bo‘lmaydigan va islohotlarni ustuvor deb belgilovchi Markaziy Osiyo davlatlari” bo‘lishi tarafdoridir”. Senga (Amerikaga) nima farqi bor qanaqa davlat bo‘ladi Markaziy Osiyoda?! Nima ishing bor nima maqsad bilan yashashadi ular?! Senga biz Amerikada faloncha davlatni ko‘rishni istaymiz deb hech kim burnini suqayotgani yo‘qku?! Agar amaldor rahbarlar iymonli bo‘lsa, vijdoni pok po‘lsa, Allohdan qo‘rqishsa, xalq iymonli-e’tiqodli bo‘lsa, Allohni aytganlarini qilib yursa, inshaalloh hech bir AQSH va ROSSIYAga o‘xshagan bemaza davlatlar bizga xalaqit bera olmaydi!!!

Javob berish

Dars bo‘lishi uchun Rossiyani savalash vaqti allaqachon kelgan.

Javob berish

Olg‘a, nima ushlab turibdi? Chaqib bering yoki faqat gap yozishda qahramonmisiz. Hayron qolaman, Rossiya sizlarga nima qildi? Menimcha bu hasad bo‘lsa kerak, bo‘lmasa shuncha nafrat qayerdan yoki Rossiya oldingizdagi nonni tortib oldimi? Prezidentingizga yozing: “Putin bilan do‘st bo‘lmang!” deb. Shu zahotiyoq hayotingiz yaxshi bo‘ladi, do‘stlarim. Garchi siz menga do‘st emassiz.

Javob berish

Ha, Rossiya o‘z yerida tartib o‘rnatish, korrupsiya, shovinizm, bosqinchilik kabi muammolarni hal qilish o‘rniga Osiyo mamlakatlariga suqilyapti. Rossiyaga tartibsizliklarning nima keragi bor? Bu uning kamida 300 yildan beri qilib kelayotgan nayranglari. O‘z bog‘iga qarash o‘rniga, birovlarning yerlarini poymol qilib, o‘g‘rilik qilish – Rossiyaning bori shu…

Javob berish

Markaziy Osiyoda korrupsiya uchiga chiqqan, yashash tarzi urug‘-aymoqchilikka hos. Rossiyani kichik harf bilan yozishga qanday haddingiz sig‘di, sababi juda ham aqlli emassiz, shundaymi? Yodingizda tuting, g‘unajin ko‘zini suzmasa, buqacha arqonni uzmaydi. O‘z prinsiplaringiz bilan yashang, Rossiya bilan xayrlashing va eng muhimi prezidentingiz Putin bilan do‘stlashmasin. Hammasi yaxshi bo‘ladi va “rus dunyosi” bo‘lmaydi. Tinchlikda yashaysiz va eng muhimi Rossiya ko‘z-yosh to‘kmaydi, sizlardek birodar kerak emas ✊

Javob berish

AQSH doim o‘z manfaatlariga mos vaziyatlarda harakat qiladi, doim oldindan tayyorgarlik ko‘rishadi – zamin yaratishadi, ya’ni (AQSHning xatti-harakatini) oldindan bashorat qilsa bo‘ladi. Blitskriglarga asoslangan zamonaviy Kreml siyosati haqida bunday deb bo‘lmaydi: Pridnestrovye, Gruziya, Qrim, Donbass, Lugansk. Biroq bularning hammasi o‘tmishga aylanadi, sababi ruslar muammoning negizi haqida o‘ylay boshlashdi. Qrim bizniki degan iddaolari ularni devorga taqab qo‘ydi.

Javob berish

Rossiya siz bilan tushlik qilishga bormaydi, muzlatgichidan havotir olmang. Qrimga kelsak, ovozingizni chiqarmang, siz hal qilmaysiz va u yerda yashamaysiz ham.

Javob berish

Eng katta xavf Rossiyaning o‘zi. Qachon shuni tushunib yetarkinmiz? Ukrainlar ulardan o‘zlarini olib qochadilar. Rus dunyosi bizga kerakmas! Toza jonga tegishdi!

Javob berish

Markaziy Osiyo va Rossiya uzoq vaqtlardan beri do‘stona munosabatda. O‘sha paytda yankilar qayerda edi? Yaxshiyamki, Rossiyada Putindek rahbar bor, Dumada tinib-tinchimas Jirik bor. Xudo asrasin, axloqsiz Sobchak yoki olifta Proxorov hokimiyatga kelishidan. Unda Rossiyaning kuni Markaziy Osiyo davlatlari o‘rniga chirigan G‘arbga qoladi.

Javob berish

Hammangiz Rossiya bizga do‘st deb o‘ylaysizlar. Hech ham unday emas. Ular uchun tinmay mehnat qilishimizni istaydilar. SSSR ni hamma eslaydi, hamma narsani tortib olib, bunga qarshi chiqqanlarni o‘ldirishgan. Odamlarga yeyishga narsa kerak bo‘lgan, xolos. AQSH hamma yerda hamma narsani vayron qiladi deyaverasiz. Ular hamma narsani bunyod qilishadi, ularning ittifoqdoshlariga qarang. U yerlarda odamlar yaxshi yashashadi. O‘ziga hech nimani yetkaza olmayotgan Rossiya bizga nima bera oladi? Rossiyada faqat Putin va uning laganbardorlari yaxshi yashayapti, qolganlar esa ochlikdan o‘lyapti. Qozog‘istonning kelajagi AQSH bilan hamkorlik va birodarlikda, bu yerda Rossiyaga joy yo‘q. Rossiyani do‘st deb bilganlar ahmoq, ular yaqinda pushaymon bo‘lishadi.

Javob berish

TROLLMISAN DEYMAN????

Javob berish

“Sanya” tomonidan yozilgan komentni o‘qib chiqdim. Siz haqiqatda Sanyamisiz? SSSR haqida yozibsan, u haqida nima bilasan o‘zi? Sen ikkichi yoki toza axmoq bo‘lsang kerak. Unisiyam, bunisiyam emassan shekilli, ammo yonib turgan olovga moy sepadigan, shu bilan o‘zingga bir chaqa pul ishlayapsan. Sen kabilar axlatxonadan chiqsa kerak, sendaqalarning joyi o‘sha yer! Hayot hamma narsani o‘z joyiga qo‘yadi va fikrimcha, Qozog‘iston va uning prezidenti Rossiya bilan o‘zaro adolatli do‘stlik rishtalarini bog‘lashi kerak.

Javob berish

“Oshnachilik boshqa, osh boshqa”. Rossiya Federatsiyasi aynan shu prinsipdan foydalanyapti. Tabiiy gazimizni Yevropaga sotishga yo‘l qo‘yishmayapti, bizdan sotib olib, keyin uni qayta sotishyapti. Xitoydan Sharqiy Yevropaga temir yo‘lni RFni aylanib o‘tib qurishimizga ham ular bilan “do‘stligimiz” sababmi? Ruslar Qozog‘iston g‘allasini Yevropaga eksport qilishga qo‘yishmayapti, bu ham ularning iliq munosabati tufaylimi? Do‘stlik degani do‘stingning nafas olishini to‘sib qo‘yish degani emas-ku? Bunday do‘st bo‘lishga istak yo‘q. Biz adolatli hamkorlikni istaymiz, aslo bunday “do‘stlikni” emas. Yaxshiyam Ukraina kabi ruslarning birodarlari emasmiz. Rossiya bilan bunday “aka-ukalik” hissi, xuddi Qobil va Hobilning muhabbatiga o‘xshaydi.

Javob berish

AQSH o‘zi boshqa davlatlarda qilayotgan ishlari uchun Rossiyani ayblashi qiziq. Injilda aytiladi: “O‘z ko‘zingda xoda bo‘la turib birodaringni ko‘zidagi cho‘pga qaraysan. Ko‘zingdagi xodani olib tashla va birodaringni ko‘zidagi cho‘pni olasan”. Inson boshqalardan ayb izlamasdan, avvalo o‘zidan boshlashi kerak. Bu bamisoli Odam Ato sindromiga o‘xshaydi, gunohni qilib qo‘yib, Xudo unga gunoh qilishga undagan mana shunday ayol bergani uchun Xudoni ayblaydi. Foniy dunyoda yangi narsaning o‘zi yo‘q, agar inson o‘z aybini va xatolarini ko‘rmas ekan, baxtsizligida boshqalarni va Xudoni ayblayveradi. Ammo, ko‘p hollarda inson o‘zi yoki shayton aybdor bo‘ladi, lekin uni ayblashga ko‘pchilik shoshilmaydi, chunki xudbinlik va yaxshilikni bilmaganliklari tufayli ko‘r bo‘lib qolishgan. Ammo insonning baxtsizligiga eng katta sabab – uning gunohlari va Xudoga ishonmasligi. Odamzod Xudoga o‘z-o‘ziga bek xo‘jayin ekanligi va unga Xudo kerak emasligini isbotlab nimaga erishdi?! Hatto eng kichik muammolarni ham hal qila olmasligini isbotladi. Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi tushunmovchiliklar, oiladagi xiyonatlar, do‘stlarning sotqinligi, inqirozlar, urushlar, uysiz bolalar, buni abadiy davom etish mumkin. Insonga esa bir narsaning o‘zi yetadi, bu ham bo‘lsa Xudo oldida gunohkor ekanligini tan olish va xudbinlik, g‘urur, hasad, kufr, oqibatsizlik, xoinlik, ochko‘zlik, mas’uliyatsizlik, yalqovlik va boshqa shu kabi illatlar uchun kechirishini so‘rash kerak. Mana shular sababli ham ko‘p urushlar

Javob berish

O‘limdan qochib qutulib bo‘lmasligini hamma biladi, ammo ko‘pchilik qayta tiriladi, ba’zilar esa hayvonot olamidan keladi. 21-asrda bir milliard insonning o‘zi yetarli. Robotlar odamlarning o‘rnini bosadi.

Javob berish

Bu yerda Rossiyani ko‘klarga ko‘tarayotganlar – mana shu maqolada yozilgan trollar bo‘lsa kerak. Urush, atom va qurollar – bulardan boshqasini Rossiya bizga taklif eta olmaydi (((

Javob berish

Rossiya berayotgan narsalardan voz keching, muammo nimada ekanligini tushunmayman. Bozoringizni qayerda qilasiz? Okeandan xatlab o‘tasizmi? Yo‘g‘a, bildim! Xitoy bozorlarini to‘ldirasizmi? U bechoralar qayerdan nima sotib olishni bilmaydi. Rossiya qancha yaxshilik qilmasin, natija doim bir xil. Rossiya bilan birodar emasmiz deyaverasiz, albatta shunday! Rossiyada birodarlari bor, tilab olayotganimiz yo‘q. Hammasi o‘zingizni qo‘lingizda. Yoqmasa, katta ko‘cha!

Javob berish

Ukrainani eslang – slavyancha do‘stlik va birodarlikka ishontirishga uringanliklarini, chegaralar daxlsizligi bo‘yicha qancha bitimlar tuzilgandi. Qulay vaziyat paydo bo‘lganda esa, Rossiya hukumati bu bitimlarni oyoqosti qildi. Rossiyaning hozirgi hukumati sharmandalarcha o‘z qonunlarini buzadi. Ularga ishonib bo‘lmaydi.

Javob berish

Ukraina haqida nima bilasiz? Aql o‘rgatishga usta ekansiz, ammo menimcha oddiy rusofobsiz!!! Agar mustaqil bo‘lganingizda hech kim ishingizga aralashmasdi. Muammo nimada? Prezidentingiz Putinga aytsin “ishimizga aralashmang!” deb. Tamom, muammo bo‘lmaydi va Amerika “sadoqatli birodaringiz” bo‘ladi, oh-voh qilishini bas qiling!!!

Javob berish

Men Rossiya va avvallari ish o‘rinlari, sog‘liqni saqlash, ta’lim va DO‘STLIK mavjud bo‘lgan SSSR tarafdoriman.

Javob berish

Trikolor TVdan yana qandaydir boshqa so‘zlarni ham eslab qolganmisan?

Javob berish

AQSH bir joyda tek o‘tirolmaydi, o‘z ishlari bilan band bo‘lish o‘rniga hamma yerga burnini suqaveradi.

Javob berish

ROSSIYA QUDRATLI DAVLAT

Javob berish

Biz kim bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘zimiz hal qilamiz. ROSSIYA BIZNING ISHONCHLI, STRATEGIK HAMKORIMIZ.

Javob berish

Bu javob O‘zbekiston va sobiq postsovet hududlarida yashovchi jaydari imperialistlarga. Bu yerda 2-3 avlod almashgan muddat yashab (asosiy rusiyzabon aholi bu yerlarda 1941 va 1966-yillardan keyin paydo bo‘lgan), qabul qilgan, boshpana bilan ta’minlab, ta’lim bergan xalqning tilini bilmaslik va bundan faxrlanish – o‘taketgan johillikdir. Aynan mana shunday qatlamdan “ixtamnet” deganlar paydo bo‘ladi (ixhtamnet (ruscha "их там нет") - “u yerda yo‘qlar". Bu so‘zlar asosan Ukrainada Rossiya harbiylari yo‘qligini iddao qilishda ishlatiladi. Keyinchalik bu jumla Rossiya armiyasiga nisbatan hazilomuz tarzda qo‘llaniladigan bo‘ldi, bu bilan Ukraina va Suriyada joylashtirilgan askar va jangchilar nazarda tutilgan). Ammo, Allohga shukrki, bu yer Ukraina emas va demografiya o‘z ishini qilmoqda. Bu yerlarda qachonlardir Iskandar, arablar, mo‘gullarning askarlari bo‘lgan. Qayerda hozir ular? Ular hammasi assimilyatsiya bo‘lib ketgan. Pribaltlardan farqli o‘laroq, Markaziy Osiyoliklar mehmondo‘st va muloyim. Biz o‘tmishdagi xafaliklarlarni, kolonizatsiya va kollektivlashtirish davrida hududlarda halok bo‘lgan millionlab qurbonlarni, “buyuk” davlat tiklay olmagan Orol dengizi fojeasi, bizning yerosti va yerusti boyliklarimizdan qurollanish musobaqasida foydalanganliklarini va yana ko‘p narsalarni tez unutamiz. Biz uchun barpo qilib berilgan shaharlaru, zavod va fabrikalar, infratuzilma haqida menga gapirmang. Yuqorida aytib o‘tilganlarning o‘rnini bosa oladimi ular?! Bundan tashqari, biznin

Javob berish

Quruq safsata

Javob berish