Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss

2017-12-19 | Terrorizm

Yaqin Sharqda “Islom Davlati xalifaligi”ning qulashi boshqa joylarda ham uning inqirozini tezlashtirmoqda

AQSH qo‘llab-quvvatlovidagi Suriya Demokratik Kuchlari (SDK) a‘zosi Suriyaning Tabqa shahrida ISHID bayrog‘ini olib tashlamoqda. Aprel, Suriya Demokratik Kuchlarining ISHID poytaxtiga aylangan Raqqa shahriga yurishidan avval. (Delil Souleiman/AFP)

Karvonsaroy

Tahlilchilarning so‘zlariga qaraganda, o‘z-o‘zini “xalifalik” deb e’lon qilgan “Islom davlati”ning Iroq va Suriyadagi parchalanishi bilan guruhning Afg‘oniston, Pokiston, Markaziy Osiyo va boshqa joylardan qo‘llab-quvvatlanishi ham sustlashib bormoqda.

ISHID o‘zining qisqa muddat yashagan xalifaligini 2014-yilda, Iroq va Suriyadagi katta hududlarda nazoratni qo‘lga olganidan so‘ng e’lon qilgan edi.

Ammo bir qator og‘ir yo‘qotishlardan keyin, Suriyada qolgan kam sonli jangarilar samarasiz hujumlarni amalga oshirmoqdalar yokiqamalda qolib ketgan kaftdekkina yerlar uchun kurashmoqdalar.

Iroq harbiy kuchlari ISHIDning sobiq tayanchi bo‘lgan Havija markazi tomon harakatlanib, ISHID ramzi tushirilgan bannerni olib tashlamoqda, 4-oktabr. (Ahmad al-Rubaye/AFP)

Iroqlik askar va politsiyachi Bag‘dodning Tahrir maydonida o‘z milliy bayrog‘ini ko‘tarib, ISHID bilan uch yil davom etgan urushdan so‘ng erishilgan g‘alabani nishonlamoqda, 10-dekabr. (Ahmad Al-Rubaye/AFP)

Iroq harbiy kuchlari ISHID qoldiqlari bilan kurashib, Suriya chegarasidagi Anbar viloyatida joylashgan al-Qayim shahri tomon harakatlanmoqda, 2-noyabr. (Ahmad Al-Rubaye/AFP)

ISHID ustidan g‘alaba

10-dekabr kuni Iroq bosh vaziri Haydar al-Abbodiy ISHID ustidan g‘alabani e’lon qildi.

“Harbiy kuchlarimiz Iroq-Suriya chegarasida nazoratni to‘liq qo‘lga olgan va shu sababli men ISHIDga qarshi urush tugadi deb e’lon qilaman,” dedi u televideniye orqali qilgan murojaatida. “Dushmanlar taraqqiyotimizga bolta urmoqchi edi, ammo biz ularni birligimiz hamda qat’iyatimiz bilan yengdik.”

Suriyada ham guruhni xuddi shunday qismat kutmoqda, deydi kuzatuvchilar.

Hozirda ISHID boshqaruvchisini yo‘qotgan, uning omon qolgan bo‘linmalari esa o‘z-o‘zini qo‘riqlamoqda, deydi Buyuk Britaniyada joylashgan monitoring guruhi, Suriyaning inson huquqlari observatoriyasi rahbari Rami Abdul Rahmon.

“Buyruq beruvchi markaziy qo‘mondonlik endi yo‘q,” deydi fuqarolar urushi boshlanganidan beri Suriyadagi mojaroni kuzatib borgan Rahmon. ISHID endi Suriya bo‘ylab sochilib ketgan kichik guruhlardan iborat, deydi u.

Iroq va Suriyada ISHID “xalifaligi” qular ekan, rasmiylar va tahlilchilar bu vaziyat dunyoning boshqa joylarida ISHID kelajagiga qay tarzda ta’sir qilishiga o‘z nigohlarini qaratmoqdalar.

Afg‘oniston hukumati ISHIDning ortda qolgan askarlarini yakson qilishga va’da bermoqda

Afg‘on Milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari (AMMHK) va koalitsiya qo‘shinlari bilan ISHIDning Xuroson bo‘linmasi o‘rtasidagi shiddatli janglarga guvoh bo‘lib turgan Afg‘oniston uchun, terrorchilik guruhining Iroq va Suriyadagi mag‘lubiyati jangarilar oqimining Afg‘oniston hududiga kirib kelishidan darak berishi mumkin.

“ISHID Iroq va Suriyada yengila boshlagan paytda, uning Afg‘onistonga ko‘chishi mumkinligi borasida ko‘plab xavotirlar yuzaga keldi,” deydi iste’fodagi polkovnik, Nangarhor viloyati, Jalolobod shahridagi harbiy masalalar bo‘yicha tahlilchi Muhammad Anvar Sultoniy.

Shu oy avvalida AFP bergan xabarga ko‘ra, Fransiya va jazoirlik jangarilar, Suriyadan kelib Juzjon viloyatida ISHID saflariga qo‘shilganlar.

Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xorijlik jangarilar Suriya va Iroqdan haydalganlaridan so‘ng Afg‘oniston tomon yuzlanishlari mumkin.

Shunga qaramay, AMMHK va koalitsiya amaliyotlari ikki yil davomida ISHIDning imkoniyatlarini keskin kamaytirdi va bu xavfsizlik kuchlarining yangi jangarilar bilan kurashishlariga yaxshi zamin yaratdi.

Sultonning so‘zlariga qaraganda, Afg‘onistonda ISHID jangarilarining soni ancha kamaygan. “Ularning Iroq va Suriya bilan aloqalari uzilgan, xalqaro hamjamiyat ularning moliyaviy manbalarini yo‘qqa chiqardi yoki to‘xtatib qo‘ydi.”

“ISHIDning avvalgi imkoniyatlari qolmadi, sababi AQSH, xalqaro hamjamiyat va Afg‘oniston bu guruhga qarshi juda qattiq kurashdi,” dedi u.

Kunar na Nangarhor viloyatlari fuqarolari endi ISHIDdan qo‘rqmaydilar, “uning kuni bitmoqda va unga qarshi xalqaro harakatlar davom etmoqda”, dedi u.

ISHIDga ittifoqchi guruhlar Pokistondagi yordamni yo‘qotmoqdalar

Tahlilсhilarning so‘zlariga ko‘ra, ISHID xalifaligining qulashi Pokistondagi tarafdorlarning ham ikkilanishiga sabab bo‘ladi.

“ISHIDning Iroq va Suriyada yengilishi uni Pokistonda quvvatlovchilarga ham jiddiy ta’sir qiladi,” deydi iste’fodagi general-leytenant, Islomoboddagi harbiy va mudofaa masalalari bo‘yicha tahlilchi Talat Mas’ud.

Bunday xayrixoh insonlar “iqtisodiy va jismonan omon qolish maqsadlarida” ISHID tarafini olishgan, ammo guruhning Iroq va Suriyada yengilishi “bundan buyon ISHID tomonidan moliyaviy va moddiy yordam kelmasligini” anglatadi, deydi u.

“Bu mazkur hududda ham ISHID tuzilmasi inqirozga yuz tutishini anglatadi,” dedi Mas’ud.

“Iroq va Suriyadagi mag‘lubiyat ISHIDning Pokiston hamda Afg‘oniston hududlarida ham so‘zsiz yengilishini anglatadi,” dedi Peshovarlik muxbir va xavfsizlik masalalari bo‘yicha tahlilchi Oqil Yusufzay.

“ISHID guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyga sodiqligini e’lon qilgan Pokistonning Tahriki-Tolibon guruhini qo‘llab-quvatlovchilar va boshqa jangari guruhlar a’zolari bundan buyon ISHIDni qo‘llamaydilar, sababi ularning mafkuraviy qarashlari turlicha bo‘lgan, ular faqat o‘z manfaatlari va ehtiyojlari yo‘lida bu guruhni qo‘llab-quvvatlaganlar,” dedi u.

“Agar ikki mamlakat yagona dushmanni yengish uchun o‘z kuchlarini birlashtirsa, ortda qolgan ISHIDni qo‘llovchilar Pokiston va Afg‘onistonda jiddiy zarbaga uchrashi mumkin,” dedi u.

Pokiston Xayber Paxtunxva viloyatidagi Malakand bo‘linmasida hamda Federal boshqaruvdagi qabila hududlarida (FBQH) terrorizm bilan muvaffaqiyatli kurashgan edi, dedi Peshovarlik sobiq harbiy brigadir Mahmud Shoh, FBQHning sobiq havfsizlik kotibi.

“Shu bois, Iroq va Suriyada ISHID mag‘lubiyati e’lon qilinganidan so‘ng, uning Pokiston va Afg‘onistondagi qoldiqlarini tor-mor etish kafolatlangan,” deb qo‘shimcha qildi u.

ISHID jangarilarining qaytishi Markaziy Osiyodagi xavotirlarni kuchaytirmoqda

Bu orada, ISHID safida jang qilish uchun Suriya va Iroqqa ketgan fuqarolarning qaytish ehtimoli Markaziy Osiyodagi asosiy muammo bo‘lib turibdi.

ISHIDning Suriya va Iroqdagi mag‘lubiyati “shubhasiz, Markaziy Osiyodagi vaziyatga ta’sir etmasdan qolmaydi”, deydi Almatidagi Qozog‘iston musulmonlari ittifoqi rahbari, Murat Telibekov.

“Katta ehtimol bilan hozirda jangarilar boshqa bir jang maydonini izlamoqdalar”, deydi u. “Bu joy Markaziy Osiyo bo‘lishi ehtimoldan xoli emas”.

“Beqarorlik hukm surgan qaynoq nuqta radikallar uchun boshpana va ko‘payish joyiga aylanishi yomon, albatta”, deydi Bishkeklik huquqshunos professor va Qirg‘ziston Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Kayrat Osmonaliyev. <link href="http://central.asia-news.com/en_GB/articles/cnmi_ca/features/2017/10/19/feature-01" target="_blank">“Bu qaynoq nuqta yo‘q qilinganidan keyin, qolgan jangarilar boshqa joyni makon qilib olishi xavfi paydo bo‘ladi”.</link>

“Suriyada jang qilgan Markaziy Osiyolik fuqarolar o‘z uylariga Turkiya va Afg‘oniston orqali qaytishga harakat qilishlari mumkin,” dedi u. “Xavfsizlik xizmatlarimiz allaqachon ularning kirib kelayotganiga oid dalillarga ega.”

“Ular qayerga borishadi?” deb savol beradi Almatilik siyosiy tahlilchi Talgat Ismagambetov ISHIDning qolgan jangarilari haqida.

“Afg‘onistongami yoki boshqa joygami? Yoki uylariga ketishadimi? Qolib ketgan jangari yetakchilardan qanday buyruqlar olishadi? Ularning tashqi madadlari qanchalik kuchli?” deb qo‘shimcha qiladi u.

“Eng yomoni - ayrim jangarilarning ortga qaytishidir. Ularni kuzatish kerak,” deydi Ismagambetov. “Bu boradagi yaxshi xabar shuki, ayni damda bizning mintaqa xalqaro islomiy harakatning diqqat markazida emas.”

(Ushbu xabar Nangarhordan Xolid Zeroiy, Peshovardan Muhammad Ahil hamda Bishkek va Almatidan Arman Kaliyevlar ko‘magida tayyorlangan.)

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 10

Fikrlar

* Majburiy
Captcha

1 ta fikr…

Саня | 2018-01-14

Ruslar Suriyaga amerikaliklar hamma ishni bitirib, urushda g‘olib bo‘lganlaridan keyin kelishdi. Rossiyadagilar esa hammasini biz qildik deyishmoqda. Omadsizlar. Uyat, Rossiya.