| Ommaviy axborot vositalari

Harbiy tarafdan tor-mor etilgan “Islom davlati”ning tashviqot materiallari ham tugab bormoqda

Xolid al Tayi


ISHID tomonidan chiqarilgan “Urush olovi-2“ nomli videodan olingan rasm eski kadr boʻlib, unda jangarilar bu yil qulagan “xalifalik“ koʻchalarida avtomashinalarda kezmoqda.

ISHID tomonidan chiqarilgan “Urush olovi-2“ nomli videodan olingan rasm eski kadr boʻlib, unda jangarilar bu yil qulagan “xalifalik“ koʻchalarida avtomashinalarda kezmoqda.

Ekspertlarning Diyaruna nashriga bildirgan fikrlariga koʻra, “Islom davlati” (ISHID) tomonidan yaqinda tarqatilgan va eski foto va videolavhalardan keng foydalanilgan video guruhning Yaqin Sharqdagi harbiy magʻlubiyatidan soʻng oʻzining borligini bildirishga qattiq tirishayotganini koʻrsatib bermoqda.

30-noyabr kuni "Urush olovlari (2-qism)" nomi ostida chiqarilgan video uch yil ilgari chiqarilgan 1-qismga juda oʻxshash boʻlgan, uning tashviqiy qismiga kichik oʻzgartirishlar kiritilgan xolos.

Guruhning vahshiyligi va omon qolganini namoyish etish ilinjida chiqarilgan 58 daqiqali videofilmda guruh tomonidan 2014 yilda Iroq va Suriya qoʻlga kiritilganidan soʻng u yerda amalga oshirilgan eski terrorchilik amaliyotlarining video va rasmlari keng oʻrin olgan.


ISHIDning “Urush olovi-2” videosidan olingan kadrda guruh yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiy Iroqning Mosul shahridagi al-Nuri masjidida qilgan ma’ruzasi koʻrsatilgan. U mazkur ma’ruzada bu yil toʻliq yakson etilgan “xalifalik” qurilganini e’lon qilgan.

ISHIDning “Urush olovi-2” videosidan olingan kadrda guruh yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiy Iroqning Mosul shahridagi al-Nuri masjidida qilgan ma’ruzasi koʻrsatilgan. U mazkur ma’ruzada bu yil toʻliq yakson etilgan “xalifalik” qurilganini e’lon qilgan.

Yangi chiqarilgan mahsulotda eski tasvirlardan foydalanish guruhning inqiroz koʻchasiga kirganidan darak beradi, deb fikr bildirdi Diyaruna bilan suhbatda xavfsizlik masalalari eksperti Said al Jayashi.

Guruh Iroq va Suriyada harbiy jihatdan tor-mor etildi va buning oqibatida u mavjud holatdan chiqib ketish uchun tomoshabinlarni aldashga qaratilgan eski video va rasmlarini chiqarmoqda, dedi u va shuni qoʻshimcha qildiki, “guruh oʻz magʻlubiyati qamrovini kamaytirmoqchi va oʻz asosini qayta tiklamoqchi”.

ISHID harbiy sohada, shuningdek jangarilarni chorlashda va terror balosini yoyishda tayanadigan tashviqot sahnasida ham qaqshatqich zarbaga uchradi, dedi u.

Guruhning Iroqdagi barcha media markazlariga qarshi harakatlar olib borildi, natijada ekstremistlarga xayrixoh veb-saytlar va veb-sahifalarning 80 foizi oʻchirildi.

Harbiy magʻlubiyat

ISHIDning soʻnggi videosida guruh oʻz qoʻllab-quvvatlovchilari va ergashuvchilarini yangi yurtlarda yoki “muhojirlik yerlari” deb ataladigan joylarda yangidan jangga kirishishga chorlagan.

Kuzatuvchilarning fikricha, guruh tomonidan bunday yoʻl tutilishi u yaqin-yaqingacha “xalifalik” joylashgan va ularga “nazorat ostidagi yerlar” deb qaralgan Iroq va Suriyada magʻlubiyatga uchraganini tan olganidan darak beradi.

ISHID dunyo boʻylab oʻziniki deya e’lon qilgan 33 viloyatdan Iroq va Suriyada joylashgan 13 viloyatini qoʻldan boy berdi, dedi Diyaruna bilan suhbatda xavfsizlik masalalari boʻyicha tahlilchi Fozil Abu Ragʻif.

“Ushbu magʻlubiyat guruh oʻz terrorchilik faoliyatini ular “muhojirlik yerlari” deb ataydigan boshqa hududlarga yoyishga urinib koʻrinishidan darak beradi”.

Oʻzining soʻnggi videosida guruh oʻz jangarilari uchun "Sinay viloyati" navbatdagi manzil boʻlishi mumkinligini taxmin qilgan.

ISHID yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiy tomonidan yozilgan va Liviyada topilgan xatlarda u oʻz ergashuvchilarini Liviyaga koʻchib kelishga va ushbu davlatdan Misr, Tunis va Jazoirda terrorchilik amaliyotlarini amalga oshirish uchun maydon sifatida foydalanishga chaqirgan.

“ISHID janubiy Sinayda va Liviya choʻllarida, shuningdek Afrika burni bilan Filippindagi Maravi shahrida nazoratni qoʻlga olmoqchi”, dedi Abu Ragʻif.

“Bu joylar terrorchilar borishi ehtimoli katta boʻlgan yerlardir”, deya qoʻshimcha qildi u.

Sinayning Bir al-Abad tumaidagi al-Ravza masjidida 24-noyabr kuni amalga oshirilgan va 300 kishining hayotiga zomin boʻlgan xunrezlik guruhning ushbu yerlarda hukmronlik oʻrnatishga boʻlgan qat’iyatini namoyish etadi.

Kuchsizlangan media salohiyati

ISHID hozirda oʻzining tashviqotlari oʻrin olgan media mahsulotlarini chiqarishda ancha kuchsizlandi, dedi Abu Ragʻif va guruhning bir necha nashrlari va veb-sahifalari umuman toʻxtab qolganini qoʻshimcha qildi.

Amaq va al-Naba kabi yangiliklar agentligi, al-Furqan nomli media mahsulotlari chiqariladigan raqamli platforma va Dabiq nomli bosma nashrlari shular jumlasidandir.

Media mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi qiyinchilik va media maydondagi hozirlikning kamaygani eski fayllardan foydalangan holda chiqarilgan soʻnggi videofilmda koʻrinib qoldi, dedi u.

“Guruh magʻlub etildi va qayerda boʻlmasin qayta tiklanishga yoki oʻzining buzuq gʻoyalarini sotishga urinishi besamar boʻlmoqda”, deb qoʻshimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

46
11
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha