Karvonsaroy
Terrorizm

Suriyada halok bo‘lgan jangarilarning farzandlari Qozog‘istonga qaytadilar

Aleksander Bogatik

Videodan olingan tasvirda Qozog‘istonlik bolalar Suriyadagi “Islom davlati” (ID) o‘quv lagerlarida mashg‘ulot o‘tayotgani ko‘rsatilgan. Jangarilikda ayblangan qozog‘istonlik Nurxon Seytkali 2014-yilning sentabrida videoni internetga joylashtirgan edi. (Skrinshot Aleksander Bogatik tomonidan olingan)

Videodan olingan tasvirda Qozog‘istonlik bolalar Suriyadagi “Islom davlati” (ID) o‘quv lagerlarida mashg‘ulot o‘tayotgani ko‘rsatilgan. Jangarilikda ayblangan qozog‘istonlik Nurxon Seytkali 2014-yilning sentabrida videoni internetga joylashtirgan edi. (Skrinshot Aleksander Bogatik tomonidan olingan)

OSTONA – Qozog‘iston hukumati Suriyada halok bo‘lgan qozog‘istonlik jangarilarning farzandlarini uyga qaytarish choralarini ko‘rmoqda.

“Biz ularga oddiy bolalik va normal hayotni qaytarib berishimiz kerak”, deydi Tarazda joylashgan Beibit Aspan (Tinch osmon) nomli nodavlat tashkiloti raisi Ruslan Seksenbayev.

“Bolalar qochqinlar lagerlarida. Ularni zudlik bilan vatanlariga qaytarish uchun barcha choralarini ko‘rishimiz kerak”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

“Suriyada terrorchilar safida kurashgan ko‘plab qozog‘istonliklarhalok bo‘lganlar, lekin ularning farzandlari qolib ketgan” deydi Tashqi ishlar vazirligi konsullik xizmati bo‘limi rahbari Ardak Madiyev Karvonsaroy nashriga. “Biz vakolatli organlar bilan birga bunday bolalarni izlab topib, vatanga qaytarish rejasini ishlab chiqmoqdamiz.”

Ammo bu harakatlar ayniqsa, yosh bolalarning Qozog‘istondan ekanliklarini aytishga qiynalganliklari sabab yanada murakkablashadi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar

Suriyada otashkesimni qo‘llab-quvvatlovchi kafil davlatlar delegatsiyalari o‘rtasidagi so‘nggi muzokaralar 21-22-dekabr kunlari Ostonada shahrida bo‘lib o‘tgandi.

Ostona hukumatining xabar berishicha, muzokaralarda ko‘tarilgan masalalardan biri – Suriyada qolib ketgan qozog‘istonlik bolalarni vatanlariga qaytarish bo‘lgan.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) xabariga ko‘ra, Suriya va Iroqda 16 yosh hamda undan kichik bo‘lgan 390 ga yaqin bolalar himoyasiz qolgan.

“Biz bilgan bolalarning hammasi tirik yoki yo‘qligini aniq ayta olmaymiz”, degan edi KNB raisi o‘rinbosari Nurgali Bilisbekov dekabr avvalida Tengri News nashriga.

“Hozirga qadar hukumat 63 nafar bolani uyiga qaytardi, yana 50 ta bola vatanga qaytishi kutilmoqda”, dedi u.

Vatanga qaytgan zahoti bu bolalar bilan Tashqi ishlar vazirligi hamda Ta’lim va fan vazirligi reabilitatsiya va deradikalizatsiya tadbirlarini o‘tkazadi.

Reabilitatsiya va deradikalizatsiya

Bolalarning fikrlashini o‘zgartirish oson, tinch hayotga qaytganlaridan so‘ng, ular “xuddi boshqa bolalar kabi o‘sib-unadilar”, deydi Shimkentlik psixolog Inna Bolshakova.

“Bolalik davrida ko‘rgan mashaqqatlariga hamda kelajakda “terrorchilarning farzandlari” degan tamg‘a bosilishi mumkinligiga qaramay, ular oddiy hayotga qaytishlari hamda mutaassib bo‘lmay, balki hurmatga loyiq fuqaro bo‘lib yetishishlari mumkin”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

“Boshlaridan kechirganlarini hisobga olib, ular bilan nafaqat reabilitatsiya, balki deradikalizatsiya tadbirlarini o‘tkazish zarur”, dedi u. “Bu juda muhim qadam, sababi ular o‘ldirish, qurolli “jihod” qilish kabi fikrlar ta‘sirida bo‘lishgan. O‘gil bolalarga qizlarni haqorat qilish va boshqa radikal qarashlar majburan singdirilgan.”

Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan ruhshunoslarning bolalar bilan qiziqarli suhbat o‘tkazishi hamda oddiy bolalik quvonchlariga to‘la tinch hayotga qaytish deradikalizatsiyaning eng samarali usullaridir, dedi u.

“Ota-onalari halok bo‘lganiga qaramay, oddiy hayotga qaytishlari, ota-onalari qismatini takrorlamasliklari – ularning baxtidir”, deb qo‘shimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500