Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss

2018-01-08 | Atrof muhit

Jahon Banki Markaziy Osiyoga iqlimiy xavf-xatarlarga tayyor turishga yordam bermoqda

Kuchli sel tufayli piyodalar so‘qmoqlari yuvilib ketganidan so‘ng, Barsem qishlog‘i aholisi tik va xavfli qiyalik bo‘ylab harakatlanmoqda. (Jahon Banki guruhi)

Jahon Banki

DUSHANBE – Tojikistonning Pomir tog‘larida joylashgan kichik qishloq – Barsemdagi vaziyat tahlikali tus olib bormoqda.

Bundan 2 yilcha avval, to‘satdan yuz bergan yog‘ingarchilik va qorlarning erishi sababli yuzaga kelgan kuchli sel oqimi qishloqni ship-shiydon qilgandi. Tabiiy ofat natijasida 82 ta oila boshpanasidan ayrildi, qishloq bir necha haftaga mahalliy elektr uzatish tarmoqlaridan uzilib, “Pomir shossesi” xalqaro tranzit yo‘lidagi harakat to‘xtab qoldi.

Bunday ofatlar Markaziy Osiyoda tez-tez sodir bo‘lib turadi. Tojikistonning 36 foiz hududi yer ko‘chishi xavfi ostida. Qirg‘iziston hududi esa ko‘chki xavfiga moyil bo‘lib, 1990-2009-yillar o‘rtasida 330 ta ko‘chki yuz bergan.

Ushbu chekka hududlarda tog‘ sharoitidagi tahdidlar qashshoqlik, infratuzilmaning zaifligi va resurslarning ozligi sababli yanada kuchaygan.

Yaqin o‘n yilliklar davomida mintaqada ekstremal ob-havo hodisalari ko‘payishi kutilmoqda.

Asr oxiriga borib, Markaziy Osiyo mintaqasida harorat Selsiy boʻyicha 6 darajagacha ko‘tariladi. Havoning bu kabi isishi natijasida, 2050-yilga borib, Markaziy Osiyo tog‘laridagi muzliklarning uchdan biri erib bitishi mumkin, bu esa ushbu hudud aholisini xavf ostida qoldirib, qiyinchilik bilan erishilgan taraqqiyotni yana ortga suradi.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, chidamlilikni mustahkamlash

Jahon Bankining Markaziy Osiyoda gidrometeorologiyani modernizatsiya qilish loyihasi davlatlarni kelajakdagi xatarlarga tayyorlash maqsadida mintaqada ob-havoni bashorat qilish qobiliyatini va oldindan ogohlantirish harakatlarini kuchaytirdi. 2011-yilda tasdiqlangan loyiha joriy yilning iyun oyida yakunlanadi.

Bu harakatlar, ayniqsa, mintaqadagi xavfga moyil ikki davlat – Tojikiston va Qirg‘iziston uchun ahamiyatli. Bu ikki davlat hududining 90 foizi tog‘lar bilan qoplangan.

Jahon Banki va Tabiiy ofatlarni kamaytirish va uning oqibatlarini tiklash bo‘yicha global fond tomonidan moliyalashtirilgan, 28 million AQSH dollariga teng mazkur investitsiya mintaqada yetishmayotgan gidrometeorologiya xizmatlarini kuchaytirish va iqlimiy xavflarga oid axborotni ishlab chiqishga qaratilgan.

Loyiha zamonaviy ishchi stansiyalari, avtomatlashtirilgan kuzatuv tarmoqlari, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan va sonli ob-havo bashoratidan foydalanish imkoniyati kabi so‘nggi texnik jihozlar bilan ta’minladi, shu bilan bir qatorda ishtirokchilar uchun maxsus treninglar o‘tkazildi.

Mazkur yangilanishlar natijasida, Qirg‘iziston va Tojikistonda ob-havoni prognoz qilish aniqligi 20-30 foizga oshdi.

Xavf-xatarlarga oid yanada aniqroq ma’lumotlarni qo‘lga kiritish orqali, mintaqa mamlakatlari ekstremal ob-havo sharoitlarini yaxshiroq prognoz qila olish va o‘z vaqtida zaruriy choralar ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. Tabiiy ofat xavfi bo‘lgan hududlardagi aholini evakuatsiya qilish, profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish va ehtimoliy zararni minimallashtirish shular jumlasidandir.

Uzoq muddatli istiqbolda, qaror qabul qiluvchi shaxslar infratuzilma sohasidagi muhim sarmoyaviy loyihalarni yanada samaraliroq rejalashtirishlari mumkin. Ushbu soha Markaziy Osiyo uchun juda muhim, sababi bu yerdagi eskirgan infratuzilma yetarlicha xizmat ko‘rsatilmagani va davomli tabiiy ofatlar ta‘sirida tobora yomonlashib bormoqda.

Iqlimga oid ma’lumotlar sifatining yaxshilanishi, boshqa sohalar, jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasiga ham foyda keltiradi. Zero, ushbu soha noqulay ob-havo sharoitlariga o‘ta ta‘sirchandir.

Vegetatsiya davrlari, atmosfera yog‘inlari, do‘l yog‘ishi yoki momaqaldiroq ehtimoliga oid aniq prognozlar fermer xo‘jaliklarining ish unumdorligi va daromadining oshishiga yordam berishi mumkin. Bu qishloq xo‘jaligi 60 foizdan ziyod aholining asosiy daromad manbai hisoblangan Tojikiston kabi mamlakatlar uchun o‘ta muhimdir.

Tojikiston ham, Qirg‘iziston ham nochorlikka barham berish bo‘yicha sezilarli natijalarga erishdi: bir necha o‘n yil davomida bu boradagi ko‘rsatkich 75-80 foizdan 35-40 foizgacha tushdi.

Shunga qaramay, barqarorlikni oshirishga yo‘naltirilgan salmoqli investitsiyalarsiz, o‘zgaruvchan iqlim muammolari Barsem kabi tog‘li hududlar aholisini yana qashshoqlikka qaytarishi mumkin.

(Jahon Banki guruhi o‘zining http://www.worldbank.org/terms manzilidagi veb-sahifasida ko‘rsatilgan shartlar asosida ushbu materialdan foydalanishga ijozat bergan).

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar

* Majburiy
Captcha