Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-01-09 | Diplomatiya

Tahlilchilar: Markaziy Osiyoda 2018-yilda mintaqaviy hamkorlik kuchayadi

Chapdan o‘ngga: Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Moldova prezidenti Igor Dodon, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning 26-dekabrida Moskva tashqarisida uyushtirilgan MDH rahbarlari norasmiy sammitida suratga tushmoqdalar. Qozog‘istonlik kuzatuvchilarga ko‘ra, 2018-yil Markaziy Osiyo davlatlari orasida jadal hamkorlik yili bo‘ladi. (Aleksey Drujinin/AFP)

Karvonsaroy

OSTONA – Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari 2018-yilda hamkorlikni qo‘llab-quvvatlab, ehtimol, o‘n yildan ortiq vaqt ichida ilk bor uchrashuv o‘tkazishlari mumkin, deb bashorat qilmoqda qozog‘istonlik siyosatshunos va Qozog‘iston xalqaro munosabatlar kengashi raisi Erlan Karin.

Joriy yil mintaqadagi eng muhim 10 ta voqeani bashorat qilgan Erlan Karin bu haqda 8-yanvar, dushanba kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida aytib o‘tdi, deb xabar beradi Kazinform.

Karin “2018-yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ko‘p yillardan beri birinchi bor uchrashishini” taxmin qilib, bunday muzokaralar 2005-yildan buyon o‘tkazilmaganini eslatib o‘tdi.

“Bu yil Markaziy Osiyo mamlakatlari barcha sohalarda hamkorlikni kuchaytiradi”, dedi u. “Mintaqaviy hamkorlik ikki tomonlama yoki uch tomonlama formatda olib borilishi mumkin”.

“Bunda mintaqaning asosiy davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar harakatlantiruvchi kuchga aylanadi”, dedi u.

Hamkorlikning kengayish yili

Karinning so‘zlariga qaraganda, 2018-yil Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik uchun o‘sish yili bo‘ladi.

“Joriy yil Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligining kuchayish yili bo‘ladi”, dedi u. “Aslida, bu tendensiya 2017-yildan beri kuzatilmoqda. Ammo, 2018-yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarilishiga ishonchimiz komil. U yanada barqaror holatga yetishi mumkin.”

Boshqa tahlilchilar ham bu yil Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishini bashorat qilmoqda.

2018-yilda mintaqada iqtisodiy o‘sish jadallashuvi davom etadi va Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra 2,7 foizga yetadi.

Azernews xabariga ko‘ra, “Bu yil iqtisodiy rivojlanish jihatidan ijobiy bo‘ladi, ya’ni mintaqa mamlakatlari iqtisodiy o‘sishning ijobiy dinamikasiga kirib boradi”, deb aytgan Karin.

Bo‘lajak tashriflar, yangi bitimlar

Hozirda Markaziy Osiyo rahbarlari o‘rtasida rasmiy tashriflar va yangi kelishuvlarga oid rejalar ishlab chiqilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 6-yanvarida, Tojikistonga safari bo‘yicha o‘z rejalarini e’lon qildi, deb xabar beradi AsiaPlus O‘zbekiston televideniyesiga iqtibos keltirib.

Mirziyoyev O‘zbekiston parlamentiga qilgan murojaatnomasida Tojikiston bilan qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatishga va’da berdi.

Bosh vazir Abdulla Aripov yaqin kunlarda Tojikistonga bo‘lib, prezidentning tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qiladi, dedi Mirziyoyev.

“Biz ko‘plab bitimlarni imzolaymiz, Markaziy Osiyoning yagona energiya tizimini qayta tiklaymiz, temir yo‘lni ochamiz va boshqa ko‘p masalalarni muhokama qilamiz”, dedi Mirziyoyev.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 2

Fikrlar

* Majburiy
Captcha