Karvonsaroy
Terrorizm

Qirg‘iziston fuqarosi Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etgani uchun 8 yilga qamaldi

Karvonsaroy

Videodan olingan skrinshotda Qirg‘iz jangarilarining Aleppo shahridagi bino tomon jangovar yurishi aks etgan, 2016-yil, Suriya.

Videodan olingan skrinshotda Qirg‘iz jangarilarining Aleppo shahridagi bino tomon jangovar yurishi aks etgan, 2016-yil, Suriya.

BISHKEK – 24.kg nashrining seshanba, 9-yanvar kungi xabariga ko‘ra, Bishkek shahar sudi 25 yashar Mirlanbek Turdiyevni Suriyada jangarilar safida urushganlikda aybdor deb topdi.

Sud Qirg‘iziston poytaxtidagi quyi instansiya – Pervomayskiy tuman sudining Turdiyevga 8 yillik qamoq jazosi tayinlash bo‘yicha avvalgi qarorini o‘z kuchida qoldirdi.

Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Turdiyev “Islom davlati”ning “Tavhid va jihod” guruhi a’zosi bo‘lgan va Abu Valid laqabi bilan ham tanilgan.

Rossiyadan Suriyaga ... uydagi qamoqqa qaytish

Tergovchilarga ko‘ra, Turdiyev 2011-2014-yillarda,Rossiyaning Vladivostok shahrida ishlayotgan paytida, jangarilikka yollovchilar ta’siriga tushgan.

U “Tavhid va jihod” jamoatiga 2015-yiling sentabr oyida qo‘shilgan edi. Bir oy o‘tib, 15-oktabrda Istanbulga boradi. U yerdan esa Suriyaning Halab shahri yaqinidagi jangarilar tayyorlov maskaniga yuboriladi.

Turli maskanlarda maxsus jangovar tayyorgarlikdan o‘tish bilan birga, Turdiyev qo‘lbola portlovchi moslamalarni yasashni ham o‘rgangan. U portlovchi moslamalarni jamoat joylarida masofadan turib harakatga keltirish bo‘yicha ham ko‘nikmalarni olgan.

Tudriyev Halab va Idlibda 2015-yiling noyabridan 2017-yilning fevraligacha Suriya, Iroq va AQSH askarlari, shuningdek kurd va boshqa jangarilarga qarshi jang qilgan.

O‘tgan yilning mart oyida unga Vladivostokdagi harbiy kemaga hujum qilish topshirig‘i beriladi.

Biroq, Turdiyev Rossiya tomon yo‘lda, Ukrainada qo‘lga olindi. Uni Qirg‘izistonga qaytarishda bir necha davlatlar rasmiylari hamkorlik qilishgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Zo‘r! Fotosurat Idlibda o‘ldirilgan o‘zbek tomonidan boshqarilgan Al-Qoida guruhi tasvirga tushirgan videodan olingan, maqola esa Islom davlati haqida! Tasvirda esa O‘ZBEK!

Javob berish