| Xavfsizlik

Rossiya AQSH bilan tuzilgan nizoli vaziyatlarni yumshatish kelishuvini xavf ostiga qo‘ymoqda va Suriyada to‘qnashuvga sabab bo‘lishi mumkin

Qohiradan Valid Abu al-Xayr


Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan chop etilgan videodan olingan skrinshotda Rossiya reaktiv samolyoti 2015-yilda Suriya ustidan bomba tashayotgani aks etgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan chop etilgan videodan olingan skrinshotda Rossiya reaktiv samolyoti 2015-yilda Suriya ustidan bomba tashayotgani aks etgan.

Rossiya Suriya havo hududida xavfli vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan AQSH bilan o‘zaro kelishuv shartlarini buzmoqda, shu bilan Suriyadagi inqirozni chuqurlashtiradigan qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Bunday xatti-harakatlar orqali Rossiya AQSH bilan “o‘yin olib bormoqda”, deydi mutaxassislar.

13-dekabrda yuz bergan hodisada AQSHning F-22 stels jangovar samolyotlari ikkita rus reaktiv samolyotini Yefrat daryosini kesib o‘tib, Rossiya va koalitsiya havo hududini ajratib turivchi “mojarolarni to‘xtatish” chizig‘ining sharqiy tomonida uchib ketayotganida to‘xtatdi, deb xabar beradi CNN.


Rus askari Suriyadagi Xmeymim Havo bazasida, Rossiya harbiy samolyotlarining parvoz yo‘nalishlarini boshqaruvchi harbiy operatsiyalar xonasida. (Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat)

Rus askari Suriyadagi Xmeymim Havo bazasida, Rossiya harbiy samolyotlarining parvoz yo‘nalishlarini boshqaruvchi harbiy operatsiyalar xonasida. (Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat)

Yana boshqa Rossiya samolyotlari urib tushirish masofasigacha yaqin kelishgan yoki Suriya ustidagi koalitsiya hududi uzra uchib o‘tgan, bu esa keskinlikni kuchaytirib, samolyotlarni urib tushish xavfini tug‘dirgan, deb yozadi New York Times gazetasi 8-dekabr kuni.

Noyabr oyida AQSH va Rossiya qo‘mondonlari Suriya sharqidagi Yefrat daryosining 45 mil masofalik qismida qarama-qarshi tomonida uchishga kelishib olganlaridan beri, Rossiya samolyotlari bu kelishuvni bir kunda bir necha martalab buzishgan, deb yozadi gazeta.

AQSH qo‘mondonlari ruslar amerikaliklarning sabrini sinashayotganini, AQSH havo kuchlari uchuvchilari qattiq chora ko‘rishlariga undayotganlari va davlatda urushni hal etishga qaratilgan diplomatik muzokaralardan avval Suriya rejimiga hududiy muvaffaqiyatni mustahkamlab olishga yordam bermoqchi.

Ikki yil avval Rossiya va AQSH harbiylari havoda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga yordam beruvchi qaynoq liniyaini yaratgan edilar.

Har kuni AQSH harbiy havo kuchlari Latakiya havo bazasidagi rus hamkasblariga Suriya havo hududida potensial muammolarni bartaraf etish uchun qo‘ng‘iroq qiladilar, deb xabar beradi New York Times nashri.

Harbiy to‘qnashuvlarning oldini olish

2015-yilda Rossiya va AQSH ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa kanallarini ochish haqidaqi harbiy kelishuvni imzoladi, bu ikki tomon orasidagi nizoli vaziyatlarni yumshatish kelishuvi nomini oldi, dedi harbiy tahlilchi, Misr armiyasining sobiq general mayori Abdul Karim Ahmed.

Bu havo hududida to‘qnashuvlarni bartaraf qilish maqsadida tuzilgan hujjat, dedi u va “katta qudratli harbiy havo kuchlari bo‘lgan bir nechta davlat ishtirokidagi qurolli mojarolar vaziyatida qo‘llaniladigan xalqaro normadir”, deya tushuntirish berdi.

Rossiya reaktiv samolyotlari bir necha marta qoidalarni buzishiga qaramay, hozirgacha bu mexanizm Suriyada ikki mamlakat orasida harbiy to‘qnashuvning oldini olayotgan edi.

Kelishuv har ikki tomonning teng huquqli yuqori lavozimdagi zobitlari tomonidan nizolar yoki ziddiyatlarni bartaraf etuvchi maxsus protokolni ham nazarda tutadi.

Kelishuv shartlariga asosan, tomonlar vaqt va geografik joylashuv jihatdan to‘qnashmasligini kafolatlashi kerak va ikki tomonning mudofaa tizimlari yoki Suriya rejimi tomonidan samolyotlar nishonga olinmasligi uchun hamkorlikda harakat qilishlari lozim, deydi Ahmed.

Ig‘vogar harakatlar to‘xtagani yo‘q

Rossiya AQSH harbiy havo kuchlariga tahdid solib, Suriya havo hududida “o‘yin olib bormoqda”, deydi Deir Ezzor va al-Hasakeh viloyatlari orasida joylashgan chegarada xizmat qiluvchi Suriya demokratik harbiy kuchlari zobiti Farhad Xo‘ja.

AQSH harbiy kuchlari “sabri kuchli ekanligini ko‘rsatdi”, deydi u.

AQSH va Rossiya o‘rtasida tuzilgan Suriya uzra havo hududini bo‘lishish haqidagi shartnoma sir tutilmagan va olib borilayotgan harbiy operatsiyalarni e’tiborga olganda bu tabiiy holatdir, deydi Suriyalik jurnalist Muhammad al-Abdulloh.

Rus reaktiv samolyotlari bir necha marta kelishuv shartlarini buzishgan, deydi u, jumladan 15-noyabrdagi vaziyatda rus jangovar samolyoti AQSHning A-10 reaktiv samolyotlariga 100 metrlik masofagacha yaqinlashgan, shu sababli AQSH samolyotlari to‘qnashuvni bartaraf etish uchun yo‘nalishni o‘zgartirishlariga to‘g‘ri kelgan.

Keyin esa Rossiya samolyotlari ikki vaziyatda Yefrat daryosining sharqiy qismi ustidagi havo hududida AQSH samolyotlarning ostidan uchib o‘tishgan.

Yana bir hodisada, Rossiya samolyoti koalitsiya harbiy kuchlari va ularning Suriyadagi tarafdorlari ustidan uchib o‘tgan va koalitsiya qo‘mondonligining ortga qaytish haqidagi talabiga javob bermagan.

Sizga maqola yoqdimi?

22
71
Yo‘q
Fikrlar 5
Siyosat Captcha
| 2019-01-13

Chunki, Kreml doim hamma shartnomalarni buzib keladi.

Javob berish
| 2019-01-11

Chunki Rossiya fashizm va millatchilik siyosatiga ega g‘irt noadekvat mamlakat.

Javob berish
Алтайбек Муратов | 2018-01-25

Amerikaliklar nima qilib bu yerlarda uchib yuribdi? Ulardan hech kim so‘ragani yo‘q. Daf bo‘lishsin va ID bilan kurashga halaqit berishmasin. Amerikaliklar o‘zlarini xuddi urishayotgandek ko‘rsatadi, aslida esa ularga (jangarilarga) yordam berishyapti.

Javob berish
Alexandr | 2018-01-17

AQSH harbiy havo kuchlari Suriyada nima qilyapti? Ularni Suriya hukumati taklif qilganmidi? Negadir eslolmayapman…

Javob berish
АлтайбекМуратов | 2018-01-17

Bu jurnalist amerikaliklardek gapiryapti. Ruslar amerikaliklarga tegmagan. Ular esa Suriyaning SU-22 samolyotini urib tushirishdi. Suriyalik askarlarga bir necha bomba hujumlari uyushtirishdi. Va har safar xatolik yuz berdi. Ularni hech kim taklif qilmagan va yordam so‘ramagandi. Shunday ekan, ularni bosqinchi deb atash mumkin. Kelgan joylariga daf bo‘lishsin va qonuniy hukumatga xalaqit qilishmasin.

Javob berish