Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-01-29 | Siyosat

Markaziy Osiyodagi harbiy “kelishuvlar” Kremlning xatarli ta’siriga ishora qilmoqda


Chapdan o‘ngga: Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Moldova prezidenti Igor Dodon, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) rahbarlarining Moskva ostonasidagi norasmiy sammiti oldidan suratga tushmoqdalar. (Kreml)

Chapdan o‘ngga: Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Moldova prezidenti Igor Dodon, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) rahbarlarining Moskva ostonasidagi norasmiy sammiti oldidan suratga tushmoqdalar. (Kreml)

Karvonsaroy

OLMAOTA – Markaziy Osiyoda mintaqaviy o‘yinchi ishtirokida yuz bergan so‘nggi hodisalar, ayniqsa, bir qator harbiy “kelishuvlar”ning imzolanishi – qudratli xorij davlatlari mintaqada o‘zining xatarli ta’sirini yoyishga urinayotganini ko‘rsatmoqda.

Mintaqaviy tuzilmalar mustaqil davlatlarning suverenitetiga daxl qilish va qo‘shnilarini qo‘rqitish orqali boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish bilan nom qozongan.

Markaziy Osiyoda - xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda - qudratli xorij davlatlari harbiy ko‘makdan ko‘pincha ta‘sir o‘tkazish vositasi sifatida foydalanishgan.


Rus askari Tojikistondagi “aksilterror” mashqlari davomida. Rossiyaning Tojikistonga qurollar, tanklar va boshqa harbiy texnikadan iborat harbiy ko‘magi Kremlning “Buyuk Rossiya”ni qayta tiklashga urinishi o‘laroq xavotirga sabab bo‘lmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rus askari Tojikistondagi “aksilterror” mashqlari davomida. Rossiyaning Tojikistonga qurollar, tanklar va boshqa harbiy texnikadan iborat harbiy ko‘magi Kremlning “Buyuk Rossiya”ni qayta tiklashga urinishi o‘laroq xavotirga sabab bo‘lmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)


Rossiyaning Tojikistonga terrorizmga qarshi kurash bahonasida taqdim etgan “harbiy yordami” qatorida BTR-80 rusumidagi zirhli transport vositalari ham bor edi. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiyaning Tojikistonga terrorizmga qarshi kurash bahonasida taqdim etgan “harbiy yordami” qatorida BTR-80 rusumidagi zirhli transport vositalari ham bor edi. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Masalan, 20-yanvar kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov harbiy-texnikaviy hamkorlik bitimiga imzo chekdi. Ehtimol, Jeenbekovning ushbu hujjatga qo‘l qo‘yishdan boshqa chorasi qolmagan bo‘lishi mumkin.

Ayrim hollarda, xuddi Qirg‘iziston bilan bo‘lgani kabi, xorijiy tuzilmalar davlat qarzini ro‘kach qilib, davlat yetakchilarini o‘zlari uchun manfaatli bitimlarni imzolashga majburlaydi.

Dengizga chiqish yo‘lidan yiroq, xavfsizligiga deyarli tahdid bo‘lmagan Qirg‘izistondek nochor mamlakat uchun bu shartnoma qimmatga tushadi va iqtisodiy yoki harbiy nuqtai nazardan unchalik ahamiyatli emas.

Markaziy Osiyodagi rossiyalik harbiylar

Bu orada, tahlilchilar Rossiyaning Tojikistonga “harbiy yordami”ni Moskvaning 2005-yildan beri ilk bor o‘z harbiylarini tojik-afg‘on chegarasiga qaytarishga urinishi sifatida baholamoqdalar – bu harakat Markaziy Osiyo suverenitetiga putur yetkazishi mumkin.

Rossiya mudofaa vazirligiga ko‘ra, Tojikistonga taqdim etilgan yordam “o‘qotar qurollar, artilleriya va zirhli texnika, vertolyotlar, aloqa vositalari, havo hujumiga qarshi mudofaa uskunalari, logistika va tibbiy-kuzatuv jihozlarini” o‘z ichiga olgan.

Rossiyaning xorijdagi eng katta harbiy bazasi hisoblanuvchi 201-harbiy baza Tojikistonda ikkita alohida manzilda, Dushanbe va Xatlon viloyatining Qo‘rg‘ontepa shahrida joylashgan bo‘lib, u yerda taxminan 6000-7000 ta askar bor.

2012-yilda Rossiya va Tojikiston o‘rtasida imzolangan bitimga ko‘ra, 201-baza Tojikistonda kamida 2042-yilgacha qoladi.

Bundan tashqari, Qozog‘istonning Boyqo‘ng‘ir kosmodromi va Qirg‘izistonning Qant harbiy havo bazasida ham Rossiya qo‘shinlari mavjud. Sovet ittifoqi parchalanganidan so‘ng chorak asrdan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ularning bu yerni tark etish niyati yo‘qqa o‘xshaydi.

“Bu yerdagi harbiy bazalarisiz ruslar Afg‘oniston, O‘zbekiston, Tojikiston va Eron ustidan o‘z ta’sirini yo‘qotadi”, deydi ayni damda AQSHda istiqomat qiluvchi tojik armiyasining sobiq qo‘mondoni Parviz Rasulov Karvonsaroy nashriga.

“Rossiya bu yerdan ketadigan bo‘lsa, u Markaziy Osiyoni butunlay yo‘qotadi, xuddi Polsha, Chexiya va Sharqiy Yevropadagi boshqa davlatlarini qo‘ldan bergani kabi.”

Bu – Markaziy Osiyo yetakchilari turli sabablarga ko‘ra Rossiya bilan aloqalarni nega uza olmagani yoki uzishni istamaganini ko‘rsatuvchi misollardan bir nechtasi.

Markaziy Osiyoni kuzatib borish

Bir necha qudratli xorijiy davlatlar mintaqani yaqindan kuzatadi, biroq Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlarini geosiyosiy jihatdan nazoratda ushlash uchun ularning tashqi siyosati, savdo aloqalari va harbiy strategiyasiga alohida diqqat qaratgan.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarbayev Amerika Qo‘shma Shtatlariga qilgan safaridan bir necha kun o‘tib, 22-yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi, deb xabar berdi Kazinform.

Suhbat chog‘ida davlatlarning o‘zaro hamkorlik istiqbollari, jumladan, “Yevro-Osiyo iqtisodiy integratsiyasi” deb nomlanuvchi Rossiya rahbarligidagi iqtisodiy blokda qatnashish kabi mavzular muhokama qilindi.

“Markaziy Osiyo mamlakatlari doim Rossiya ta’siri ostida deb hisoblangan”, deydi Norvegiyada istiqomat qiluvchi, asli qozog‘istonlik Doniyor Kussainov Karvonsaroy nashriga. “Putin Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalar orqali o‘z ta’sirini saqlab kelmoqda.”

Markaziy Osiyoda keng tarqalgan Rossiya ommaviy axborot vositalari “mintaqada Rossiyaning yengil hukmronligini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi”, deb qo‘shimcha qildi u.

Putinning reytingni oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari

Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, Kremlning Markaziy Osiyo va boshqa chet davlatlaridagi tajovuzkor xatti-harakatlari ichki ehtiyojlardan kelib chiqadi.

AQSH Senatining 10-yanvar kuni e’lon qilingan hisobotiga ko‘ra, Putin bunga xorijiy maydondagi tajovuzkor harakatlari orqali o‘z reytingini oshirish yo‘li bilan erishmoqchi ko‘rinadi”.

Kreml “Rossiya jamoatchiligini xorijdagi urushlarni qo‘llab-quvvatlashga undash, mamlakat ichida esa uni rejimning korrupsiya va jinoyatlaridan chalg‘itishga qaratilgan, targ‘ibot va bosimdan iborat murakkab usuldan foydalanmoqda”, deyiladi hisobotda.

Bunday xatti-harakatlar harbiy yordam ko‘rsatish, xususan, 2015-yildan buyon Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga olgan bo‘lib, Kremlning ichki siyosiy maqsadlarga erishish uchun shu kabi kichik urushlarni olib borishning qariyb 20 yillik usulini qo‘llayotganini ko‘rsatadi.

200 sahifadan iborat hisobot Putinning 18 yil davom etgan hukmronlik davri, Kremlning xorijiy davlatlarga qarshi “halokatli ta’sirga ega operatsiyalari”, Putin qay tarzda kuchlarni birlashtirgani, o‘zi va atrofidagi tarafdorlarni boyitgani hamda dunyo bo‘ylab saylovlarga aralashgani yoritilgan.

(Ushbu maqolani tayyorlashga Olmaotadan Arman Kaliyev o‘z hissasini qo‘shgan)

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 194

Fikrlar 13

Captcha
Comment bubble | 2018-09-26

Ajoyib maqola! Muallifga va maqolaga qo‘shgan hissasi uchun Arman Kalievga rahmat. Putin va uning shotirlaridan hech kim qo‘rqmaydi. AQSH va boshqa NATO davlatlari bilan yaqinroq munosabatlarga kirishsh, ularning yordam va qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rash kerak. Dushmanimiz Rossiya, Xitoy emas. Bu hech narsani bilmaydiganlar, agar bizdan uzoqlashsangiz Xitoy sizni bosib oladi, deyishadi. Ruslar miq etmay o‘tirishlari uchun ularni kamsitadi. Agar xitoylar ruslardan yomon bo‘lsa, nima uchun 1920-1930-yillarda kollektivlash, majburiy ochlik va repressiya vaqtida millionlab qozoqlar Xitoyga qochib ketishgan? Hozirgi vaqtda Xitoyda 1,3 million qozoq bor. Biz Ukraina kabi rashistlardan uzoqlashishimiz kerak. AQSH – dunyodagi eng qudratli davlat. U qayerga bormasin farovonlik olib keladi (Germaniya, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, O‘mon, Bahrayn, Quvayt, Turkiya, Isroil, Yaponiya, Fransiya, Panama, Ekvator, Chili, Peru, Kanada, Tunis, Jazoir, Marokash va h.k.). “Rossiya” deb atalmish davlat esa urush, vayrongarchilik, ocharchilik, qashshoqlik va o‘limni anglatadi (sobiq Sovet davlatlari, Varshava kelishuvi davlarlari, Shimoliy Koreya, Kuba, Nikaragua, Angola va Janubiy Sudan).

Javob berish
Георгий | 2018-05-13

Biz NATOga qo‘shilishimiz kerak, ana shunda tinch bo‘lamiz...

Javob berish
МО фуқароси | 2018-03-28

“V.V. Putin esa bizning og‘amiz va ittifoqdoshimiz.” Sening og‘ang biz o‘zbeklarning og‘amiz emas!!! Markaziy Osiyo “Russkiy mir”ga kirmaydi. Biz mustaqil suveren davlatmiz. Amerikaparast ham, Xitoyparast ham, rossiyaparast ham emasmiz! Rossiya hech qachon yerga to‘ymaydigan davlat... Bitta Qrimni deb o‘z slavyan birodar qo‘shnisi bilann munosabatini buzgan davlatdan nimani kutish mumkin? Rossiya doim MDH davlatlariga vassal ko‘zi bilan qaragan va bu yaqin orada o‘zgarmaydigan qarash. Biz uchun SSSR - shunchaki tariximizdagi qora sahifa, madaniy-ma’naviy tanaffus, katta yo‘qotish davri... Yangi davrda yashayapmiz, kim bilan yaqin aloqada bo‘lishni o‘zimiz bilamiz. Biz hech qachon YEVRAZЕS, ODKB larga qo‘shilib Rossiyaning teshasini chopmaymiz, uning shotiri bo‘lmaymiz... Biz tarixi ham, kelajagi ham buyuk davlatmiz. Rossiya Markaziy Osiyoni bo‘lib tashlab boshqarishga qancha urinmasin, u baribir yagona ittifoqqa aylanadi... Oz qoldi.

Javob berish
алй | 2018-05-27

Dono so‘zlar. Rahmat, birodar.

Javob berish
Comment bubble reply | 2018-10-07

Hammasi to‘g‘ri

Javob berish
Артем | 2018-03-09

Maqola muallifi biroz noto‘g‘ri ko‘rsatilgan. Arman Kaliyev maqolaga o‘z hissasini qo‘shdi. Iltimos, maqolaning aniq muallifini o‘quvchilarga ko‘rsatib o‘tsangiz. Jiddiy manbamiz degan da’voda bo‘lsangiz.

Javob berish
Гомер | 2018-02-06

Rossiya istilosi (o‘zing aytganingdek) yaxshiroq bo‘ladi degan gapni qaydan olding? Doim o‘zini boshqalardan yuqori qo‘yuvchi ashshaddiy piyonista va bezorilar. Sovet hokimiyati senga bir misol - Shimoliy Koreya, Sharqiy Germaniya, va albatta MDH mamlakatlari.

Javob berish
Эркинбек | 2018-01-31

Siz hammasini noto‘g‘ri talqin qilyapsiz. Siz amerikaparast marazlarni yetishtirmoqdasiz! Xo‘sh, NATO bloki qanday faoliyat yuritadi? Sharqqa bir qarich ham siljimaslikka va’da bergan bitimlariga qaramay, Rossiya chegarasiga o‘rnashib olishdi! Siz yollanma OAVsiz!!! MAQOLANGIZNI O‘QISHDAN FOYDA YO‘Q!!!

Javob berish
Ташкент | 2018-02-14

Qo‘shilaman

Javob berish
Андрей | 2018-01-31

Amerikaliklar bizni bosib olishini istaysizmi? Biz ularning yordamiga muhtoj emasmiz. Misol uchun Suriya, Liviya va Iroqda nima qilishganini ko‘rdik. Amerika siyosati uslubi allaqachon fosh bo‘lgan edi. Biz Buyuk Davlat SSSR tarkibiga kirgan sobiq davlatlarmiz va yomon yashamaganmiz. V.V.Putin esa bizning birodarimiz va ittifoqdoshimiz! Amerika tortgan arqonga ilakishib yurmaymiz!!!

Javob berish
Гомер | 2018-02-06

“Ularni” emas, “ularning” yordami.

Javob berish
петр | 2018-02-16

Biz suveren davlatmiz

Javob berish
Daka | 2018-04-11

Yo Xudo ! Andrey, tanqid uchun uzr, lekin, to‘g‘ri yozishni o‘rganib olsangiz yaxshi bo‘lardi.

Javob berish