Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Rossiyaning Suriyada ID ustidan g‘alaba e’lon qilgani “bema’nilik” deb hisoblanmoqda

Qohiradan Valid Abu al-Xayr

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Suriya prezidenti Bashar al-Asad Xmeymim havo bazasida “g‘alaba”ga bag‘ishlangan marosim chog‘ida, 2017-yil, 11-dekabr. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Suriya prezidenti Bashar al-Asad Xmeymim havo bazasida “g‘alaba”ga bag‘ishlangan marosim chog‘ida, 2017-yil, 11-dekabr. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Kuzatuvchilarning e’tirof etishicha, Rossiyaning “Islom davlati” ustidan e’lon qilgan g‘alabasi siyosiy nayrangdan boshqa narsa emas.

7-dekabr kuni Rossiya mudofaa vazirligi IDni Suriyadan quvib chiqarish bo‘yicha missiya o‘z nihoyasiga yetgani va mamlakat ushbu guruhdan “butkul ozod etilgani” haqida e’lon qildi.

“Rossiya qurolli kuchlari Suriyadagi ID terrorchilik tashkilotiga mansub qurollangan guruhlarini yengish maqsadiga erishdi”, dedi katta harbiy zobit Sergey Rudskoy. U Rossiya harbiy kuchlari Suriyadan olib chiqilishini e’lon qildi.

“Suriyada ID nazorati ostida bo‘lgan birorta ham qishloq yoki tuman qolmadi. Suriya hududi ushbu terrorchilik tashkiloti jangarilaridan butunlay ozod qilindi,” dedi u.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi Kreml saroyining Avliyo Georgiy zalida Suriyadagi harbiy operatsiyalarda qatnashgan askarlar bilan uchrashmoqda, 2017-yil, 28-dekabr. O‘sha oyning o‘zida Rossiya Suriyada ID ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilgan, bu da’vo ko‘pchilik tomonidan inkor etilgandi. (Kreml)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi Kreml saroyining Avliyo Georgiy zalida Suriyadagi harbiy operatsiyalarda qatnashgan askarlar bilan uchrashmoqda, 2017-yil, 28-dekabr. O‘sha oyning o‘zida Rossiya Suriyada ID ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilgan, bu da’vo ko‘pchilik tomonidan inkor etilgandi. (Kreml)

Suriya askarlari mamlakat shimoli-sharqidagi Hasake shahrida AQSH tomonidan o‘tkazilgan trening dasturining bitiruv marosimida qatnashmoqda, 2018-yil, 20-yanvar. Ushbu o‘quv dasturi IDdan qaytarib olingan hududlarni nazorat qilish uchun xavfsizlik kuchlarini shakllantirishga qaratilgan. (Delil Suleyman/AFP)

Suriya askarlari mamlakat shimoli-sharqidagi Hasake shahrida AQSH tomonidan o‘tkazilgan trening dasturining bitiruv marosimida qatnashmoqda, 2018-yil, 20-yanvar. Ushbu o‘quv dasturi IDdan qaytarib olingan hududlarni nazorat qilish uchun xavfsizlik kuchlarini shakllantirishga qaratilgan. (Delil Suleyman/AFP)

Ammo ID Suriyaning ayrim hududlarida mahkamlanib olgan va hukumat, Rossiya hamda Iroq nazoratida bo‘lgan yangi yerlarni egallagan.

Yaqinda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Suriyada ID yakson etilmagani aniq, deydi terrorchi guruhlar bo‘yicha mutaxassis, misrlik sobiq general-mayor Yahyo Muhammad Ali.

“Bu Rossiya o‘tgan yil oxiridan beri ta’kidlab kelayotgan gap-so‘zlarning aksi. O‘shanda ular katta tantana bilan ID ustidan g‘alaba qozonganlarini va Rossiya harbiylarining missiyasi yakunlanganini e’lon qilishgandi,” dedi u.

Siyosiy ustomonlik

“ID jangarilari, haqiqatan ham, Suriya va Rossiya kuchlari bilan to‘qnashgan yerlaridan boshqa hududlarga ko‘chib o‘tishgan, ammo ular keyinchalik qaytish uchun bu yerlarni vaqtinchalik tark etganlar”, deydi Ali.

Bunday holatlar Dayr Az-zor, Albu Kamol va Al-Badiyaning ba‘zi qismlari hamda Tadmurning (Palmira) ayrim hududlarida yuz bergan, dedi u.

“Bu Al-Raqqada bo‘lgani kabi, havo hujumlari natijasida ID jangarilari yengilgani yoki yo‘q qilinganini emas, balki chekinishga majbur bo‘lganidan darak beradi,” dedi u.

Rossiyaning bayonoti siyosiy uddaburonlik va Suriyaning qutqaruvchisi o‘laroq ko‘rinish uchun qilayotgan harakatlardan boshqa narsa emas. U mamlakatni terrorizmdan qutqarib, o‘zining siyosiy, iqtisodiy va harbiy rolini oqlashga urinmoqda, deydi Ali.

ID ustidan g‘alaba uni o‘z nazoratidagi hududlardan quvib chiqarish bilan cheklanmaydi, deydi Suriya demokratik kuchlari zobiti Farhod Xo‘ja.

Bu – minalar va portlovchi moddalarni olib tashlash, avval ID nazoratida bo‘lgan va hozirda Suriya rejimiga qarashli hududlarni qo‘llab-quvvatlash kabi boshqa operatsiyalarga ham bog‘liq, deb intervyu berdi u Diyaruna nashriga.

“Bular haqiqatda falokat hududlari va kimsasiz joylardir,” dedi u.

Doimiy majburiyatlar

Shu bilan bir vaqtda, Suriya demokratik kuchlari va xalqaro koalitsiya harakat qilayotgan yerlarda xavfsizlik, infratuzilma va boshqaruvni tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlar davom etmoqda, deydi Xo‘ja.

“Ushbu hududlarda, IDni yo‘q qilish bo‘yicha shiddatli to‘qnashuvlarga qaramay, hayot normal holatga qaytmoqda va ko‘chib ketgan odamlarning ko‘pchiligi ortga qaytgan”, dedi u va qayta ta’mirlash ishlari olib borilayotgani hamda kommunal xizmatlar tiklanayotganini qayd etdi.

“Al-Raqqa xalqi ortga qaytdi, shahar va qishloq aholisidan iborat mahalliy kengash uni boshqaryapti,” deb qo‘shimcha qildi Xo‘ja. U hatto xavfsizlik ham mahalliy aholi tomonidan boshqarilayotganini ta’kidlagan.

Mahalliy aholi o‘z uyiga qaytishi uchun minalarni zararsizlantirish va tozalash ishlari olib borilmoqda, xuddi shunday ishlar al-Tabqada ham davom etmoqda, dedi u.

“Rossiyaning Suriyada ID ustidan g‘alaba qozongani haqidagi iddaolari quruq safsata”, dedi Suriyalik jurnalist Muhammad al-Abdulloh.

“Harbiy tomondan qaraladigan bo‘lsa, guruh Suriyaning ayrim hududlari, jumladan G‘utadagi bir nechta hudud, al-Yarmuk lageri hamda shimoli-sharqiy Hamadagi strategik hududlar, Homs va Idlib qishloqlarining bir qismi hamda Dayr Az-zorning uncha katta bo‘lmagan qismida to‘liq nazorat o‘rnatgan,” dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 7

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya va safsata doim yonma-yon yuradi.

Javob berish

Rossiya zor ichid tomomsan

Javob berish

Put In ID ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qildi… AQSH eplolmagan ishni Rossiya bir zumda uddasidan chiqa oldi, degandek…Molsifatlar uchun mo‘ljallangan jirkanch tashviqot mana shu bo‘ladi. Endi o‘sha molsifatlar Rossiyada “haqiqatan ham” IDni yengganiga ishonchi komil. Agar dushman mag‘lub etilgan bo‘lsa, G‘utada kimga hujum qilindi?

Javob berish

Men rusofob yoki Putinga qarshi odam emasman, ammo menimcha Putin go‘yoki “global yovuzlik” ustidan “to‘la g‘alaba” qozonganini da’vo qilgan kichik Bushning xatosini takrorlamoqda! Putinning sa’y-harakatlari bilan Rossiyaning Suriyadagi harbiy missiyasi aniq omadsizlikka duchor bo‘ladi – Rossiyani provokatsiyalar, tashkillashtirilgan “xalqaro mojarolar” bilan ezib yuborishadi, Checheniston va Janubiy Osetiyadagi unutilgan “afg‘on sindromi”dan keyin asablarini tarang qilishadi, natijada “Gazprom-Rosneft”ning umrbod xodimi rahnamoligidagi Kreml fohishalari Asad va Suriyalik ittifoqchilarini bitta qo‘ymay tutib berishadi! O‘shanda ularning asosiy muammosi oqibatlarni tahlil qilish yoki ISHIDning qayta tirilishi emas, balki dushman tupurgan narsalarni diplomatik yo‘l bilan chiroyli yutish va “boshni baland ko‘targan holda” ketish bo‘ladi. Undan ko‘ra, qandaydir alaviylardan bo‘lgan Asadni topshirib qutulgan yaxshiroq emasmi? Bir paytlarda o‘rtoq Xenneker va Jivkov, Yaruzelskiy va Najibulla ham shu tarzda sotilgan ediku? Chechenistonda gantamirchilarni ham sotib berishgandi. Qonga belanib yotgan Donbassdan sharmandalarcha voz kechayotganlari kabi, balki butun “rus dunyosini” topshirib yuborishar? Nahotki Asad Zaharchenkodan sodiqroq va yaqinroq bo‘lsa? Shu ishlardan so‘ng ham Rossiyaning ittifoqdoshi yo‘q deb xafa bo‘lishadimi? Bunday sotqinlik tarixda bo‘lgan emas. Qrim qulupnaylariga to‘yib olgan Putinoidlarga sanksiyalardan iborat tonnalab “achchiq qalampir” berildi. Oyoq-qo‘lla

Javob berish

Qanaqa g‘alaba, urush hali tugagani yo‘q-ku? Bombalarni tashlab, ayollar va bolalarni o‘ldirishni mashq qilishdi, endi esa maqtanishini ko‘ring bu kallakesarlarni!

Javob berish

Urush bo'lmasin tinichlikka koz tegmasin

Javob berish

Putinning ISHID ustidan nega g‘alaba e’lon qilgani tushunarsiz. Bu bayonotdan keyin Qo‘shma Shtatlar shu zahotiyoq uyga jo‘naydi, deb o‘ylaganmidi?

Javob berish