Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-02-07 | Diplomatiya

O‘zbekiston Afg‘onistondagi tinchlik va taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytiradi

Afg‘on talabalari 21-yanvar kuni Termiz shahrida ochilgan yangi o‘quv markazida. (O‘zbekiston Milliy axborot agentligi)

Maksim Yeniseyev

TOSHKENT – Kuzatuvchilarning qayd etishicha, O‘zbekiston Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash va O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy rolini kuchaytirishga qaratilgan bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda.

Infratuzilma obyektlari, transport va ta’lim sohasi uchun sarmoyalar hamda asosiy ittifoqchilar bilan diplomatik muzokaralar Afg‘onistonda tich va osoyishta kelajakni barpo etishga yo‘naltirilgan.

2016-yilda o‘z lavozimiga saylanganidan beri “Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosatdagi faol sa’y-harakatlari bilan Afg‘onistondagi tinchlik jarayonida yetakchi rol o‘ynashga intilmoqda”, deydi Toshkentlik siyosatshunos Valeriy Xan Karvonsaroy bilan suhbatda.

AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Elis Uells (o‘rtada) va Amerikaning O‘zbekistondagi elchisi Pamela L. Spratlen (chapda) 31-yanvar kuni Toshkentda O‘zbekiston rasmiylari bilan muloqoti chog‘ida. (AQSH Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha byurosi)

“Mirziyoyev Afg‘onistonda sezilarli o‘zgarishlarga erisha olsa, bu uning va mamlakatining Markaziy Osiyo va dunyodagi nufuzini oshiradi”, dedi u. “Biroq, mening nazarimda, ushbu maqsadga faqat AQSH bilan hamkorlikda erishish mumkin”.

Infratuzilma va ta’lim sohasi uchun sarmoyalar

O‘zbekiston Afg‘onistonning transport, infratuzilma va savdo sohalariga investitsiya kiritish yo‘li bilan ushbu mamlakatda tinchlikni ta’minlashga hissa qo‘shmoqda.

O‘zbekiston Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 20-yanvar kuni Kobulga tashrif buyurib, Mozori Sharif - Hirot temil yo‘lini qurish loyihasini muhokama qilgandi. O‘zbekiston tomonidan barpo etilgan temir yo‘l O‘zbekistonni Mozori Sharif bilan allaqachon bog‘lab ulgurgan.

Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, lohiyani baholash ishlari o‘z nihoyasiga yetgan va hozirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida uni moliyalashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda, deb xabar beradi Tashkent Times onlayn nashri.

O‘zbekistonning Afg‘oniston masalasida qabul qilgan yana bir maqbul qarorlaridan biri transport xarajatlarini kamaytirish bo‘ldi. Ikki mamlakat Kobul va Toshkent o‘rtasidagi tranzit tashuvlar uchun tariflarni 50 foizga kamaytirishga kelishib oldi, deb xabar berdi TOLO News 23-yanvar kuni.

Afg‘oniston moliya vaziri Eklil Hakimiyga ko‘ra, O‘zbekiston tranzit yuklarning bir konteyneri uchun 2500 AQSH dollari (20 mln. so‘m) miqdorida to‘lov olgan. Endilikda bu raqam 1250 AQSH dollariga (10 mln. so‘m) tushgan.

“Bu kejalakda temir yo‘lni ommalashtirishni ko‘zlab amalga oshirilgan mantiqiy chora bo‘ldi”, dedi Karvonsaroyga O‘zbekiston temir yo‘llari kompaniyasining sho’ba korxonasi bo‘lgan “Sogdiana Trans”ning menejeri Alisher Hamroqulov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “tranzit yuklarni tashish narxining pasaygani” afg‘onistonlik yuk jo‘natuvchilar uchun yuklarni janubdan Eron va Pokiston orqali emas, balki shimoliy yo‘nalishda O‘zbekiston orqali yuborishga undashi mumkin.

Uloqsiz temir yo‘l Hirotdan O‘zbekistongacha yetib borgach, mazkur Shimoliy yo‘nalish yuk jo‘natuvchilar uchun yanada jozibaliroq ko‘rinishga ega bo‘ladi, deb qo‘shimcha qildi u.

Afg‘on talabalari Termizda tahsil oladi

O‘zbekiston, shuningdek, Hayraton chegara punkti yaqinida, Termiz shahrida afg‘onistonlik talabalar uchun o‘quv markazini ham ochgan.

110 nafar talabadan iborat ilk guruh 2 yillik dastur bo‘yicha o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida tahsil oladi.

“Termizda bu kabi o‘quv dargohining barpo etilishi maktab va bog‘chalarimizdagi o‘zbek tili mutaxassislarining talablariga to‘la mos keladi”, dedi Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining MDHdagi maxsus vakili Muhammad Shokir Kargar.

Afg‘onistoniston hududida 7 millionga yaqin etnik o‘zbeklar istiqomat qiladi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabariga ko‘ra, “Maktab kelajakda temil yo‘l transporti, energetika va boshqa sohalardagi malakali mutaxassislarga ta’lim berish bilan shug‘ullanadi”, dedi Kargar 21-yanvar kuni o‘tkazilgan ochilish marosimida.

Markaziy yaqin vaqt ichida talabalar sonini 300 taga - jami 410 kishiga ko‘paytirishni mo‘ljallamoqda.

AQSH O‘zbekistonning rolini qo‘llab-quvvatlaydi

Amerikalik diplomatlar va hukumat arboblari O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va uni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

“Biz Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik o‘rnatish va davomli rivojlanishni ta‘minlashdan birdek manfaatdormiz. Bu o‘z navbatida Afg‘onistondagi vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, dedi AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Elis Uells.

Bu haqda u 2-fevral kuni O‘zbekistonning yuqori lavozimli rasmiylari bilan uchrashuvidan so‘ng, “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

19-yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonning Afg‘oniston tichlik jarayonidagi ijobiy rolini ta’kidlar ekan, mart oyi oxirida “Afg‘oniston: tinch kelajak sari yo‘l” deb nomlangan xalqaro konferensiyani o‘tkazish taklifini bildirdi.

“Biz aminmizki, Afg‘oniston masalasi global kun tartibida qolishi kerak. Bizning tinchlikni ta’minlash yo‘lidagi qat’iyatimiz esa aslo so‘nmasligi lozim”, dedi u BMT Xavfsizlik kengashida Markaziy Osiyo va Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkazilgan debatlar chog‘ida.

Avvalroq, 16-yanvar kuni Komilov Vashingtonda AQSHning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi G.R. Makmaster bilan uchrashgandi. Tomonlar boshqa masalalar qatorida Afg‘onistondagi vaziyatni ham muhokama qilishgan, deb xabar berdi TIV.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 3

Fikrlar

* Majburiy
Captcha