Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-02-07 | Energiya

CASA-1000 mintaqaviy elektr uzatish tarmog‘ining qurilishi shu yil boshlanishi kutilmoqda


Qirg‘izistonning Besh-Kungey qishlog‘i yaqinida bir necha erkak ot choptirib ketmoqda, 4-fevral. Yozda Qirg‘izistonning tog‘ va muzliklari mo‘l gidroenergiyani ta’minlaydi.[Vyacheslav Oseledko/AFP]

Qirg‘izistonning Besh-Kungey qishlog‘i yaqinida bir necha erkak ot choptirib ketmoqda, 4-fevral. Yozda Qirg‘izistonning tog‘ va muzliklari mo‘l gidroenergiyani ta’minlaydi.[Vyacheslav Oseledko/AFP]

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston suv va energetika resurslari vazirligi CASA-1000 nomi bilan tanilgan “Markaziy Osiyo - Janubiy Osiyo elektr uzatish va savdo loyihasi” shu yildan boshlab amalga oshirilishi haqida e‘lon qildi, deb xabar berdi mahalliy OAV chorshanba, 7-fevral kuni.

Loyiha Qirg‘iziston va Tojikistondagi ortiqcha gidroenergiyani doimiy energiya taqchilligidan aziyat chekuvchi Afg‘oniston va Pokistonga yetkazib berishni ko‘zda tutadi.

Loyiha 2016-yilning 11-may kuni Tojikistonning Tursunzoda shahrida rasman ishga tushirilgandi.


CASA-1000 loyihasi Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi hamkorlik natijasidir. (casa-1000.org)

CASA-1000 loyihasi Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi hamkorlik natijasidir. (casa-1000.org)

“CASA-1000ning asosiy qismi joriy yil davomida loyihada ishtirok etayotgan barcha mamlakatlarda amalga oshirila boshlanadi”, deyiladi Tojikiston suv va energetika resurslari vazirligining bayonotida.

1,7 mlrd. dollarga teng loyiha

1,7 mlrd. dollarga baholangan CASA-1000 loyihasi 2020-yilgacha yakuniga yetkazilishi belgilangan. Jahon banki loyihaning asosiy investori hisoblanadi.

CASA-1000 veb-saytiga ko‘ra, loyiha Qirg‘izistonning Datka shahridan Tojikistonning Xo‘jand shahrigacha bo‘lgan 477 kilometrlik liniya, 1300 mVt quvvatga ega Sangto‘da (Tojikiston) konvertor stansiyasi, Sangto‘dani Afg‘oniston orqali Pokistonning Novsher shahri bilan bog‘laydigan 750 kilometrlik yuqori voltli liniya va Novsherdagi 1300 mVt quvvatli konvertor stansiyani o‘z ichiga oladi.

Tojikiston va Pokistondagi konverter stansiyalari birinchi bosqichdayoq bunyod etiladi.

“Mart oyida Jahon banki bilan kelishuv asosida elektr uzatish liniyasi qurilishida ishtirok etmoqchi bo‘lgan kompaniyalar uchun tender e‘lon qilinadi. Tender g‘olibi bilan kelishuv imzolanganidan so‘ng, loyihani bevosita amalga oshirish boshlanadi”, deb ma’lum qildi Tojikiston suv va energetika resurslari vazirligi.

CASA-1000 loyihasi mintaqa qiyofasini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan zamonaviy va samarali elektr uzatish tizimidir.

Loyiha, shuningdek, “Markaziy Osiyo - Janubiy Osiyo mintaqaviy elektr energiyasi bozori” (CASAREM) tashabbusini amalga oshirish tomon qo‘yilgan muhim qadam hisoblanadi. CASAREM loyihasi elektr ta’minoti tizimlarini yaxshilash hamda Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi, deb xabar beradi AsiaPlus.tj.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 3

Fikrlar 0

Captcha