TOSHKENT – O‘zbekistonlik talabalar Amerikada olingan ta’lim ularga o‘z vatanlarida mavqe-martabaga erishishga yordam beradi degan umid bilan AQSHdagi nufuzli oliygohlarga o‘qishga kirishga intiladilar.
“Amerikada o‘qish – orzium”, deydi Karvonsaroy bilan suhbatda toshkentlik 19 yashar Ravshan Jabborov.
“Xorijdagi nufuzli oliygohda ta’lim olib qaytishim bilan men O‘zbekistonda yuqori haq to‘lanadigan ishga da’vogar bo‘la olaman”, deydi u.
“Mamlakatimizda xorijda tahsil olgan mutaxassislarga talab katta bo‘ladi”, dedi u.“Ular islohotlardan so‘ng bizning bozorga kirib kelayotgan chet el kompaniyalariga kerak”.
Raqobatlashuvchi talabalar uchun imkoniyatlar
Amerikaning xalqaro ta’lim instituti tomonidan e’lon qilingan Open Doors (“Ochiq eshiklar”) hisobotiga ko‘ra, joriy o‘quv yilida AQSHda 505 nafar o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda.
Bu raqam yanada ko‘payishi mumkin, sababi AQSHda o‘qishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonlik talabalar soni cheklanmagan. Istalgan o‘zbek talabasi o‘z hisobidan yoki grant va stipendiyalar evaziga Amerikadagi kollej yoki universitetlardan birida o‘qishni tanlashi mumkin.
“E’tiborlisi, agar maqsad sari qat‘iy harakat qilsangiz, AQSHda o‘qish uchun grant olish O‘zbekistondagidan ham osonroq bo‘lishi mumkin”, deydi toshkentlik 21-yoshli Olesya Zaxarova Karvonsaroyga.
“O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari va aspiranturalarda davlat granti asosidagi o‘rinlar soni juda cheklangan va ular uchun raqobat o‘ta yuqori”, dedi u va “AQSHda o‘z omadimni sinab ko‘rmoqchiman” deb qo‘shimcha qildi.
AQSHda ta’lim olish imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishni istagan o‘zbek yoshlari Toshkentdagi AQSH elchixonasida joylashgan EducationUSA mashalat markaziga tashrif buyurishi mumkin.
Markaz “AQSHda ta‘lim olish sari besh qadam” kabi ma’ruzalar, bepul individual konsultatsiyalar, guruh yig‘inlari va AQSHda o‘qigan o‘zbek talabalari bilan suhbatlashish imkonini taqdim etadi.
“Amerikaga oyna”
25-yanvar kuni Toshkentdagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Amerikaga oyna” o‘quv zalining ochilishi bilan o‘zbekistonliklar zamonaviy Amerika madaniyati va adabiyoti bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
O‘quv zali O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Toshkentdagi AQSH elchixonasi o‘rtasida 2017-2022-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik memorandum doirasida tashkil etildi.
Elchixona ko‘magi bilan kutubxona “ingliz tilini o‘rganuvchular uchun texnik vositalar, dasturiy ta’minot, kitoblar, kompakt-disklar, shuningdek, imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun audiomateriallar, ingliz va rus tillarida Brayl yozuvidagi elektron darslik va jurnallar bilan ta’minlangan”, deyiladi kutubxona saytida.
“Bu ulkan muvaffaqiyat”, deydi AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida. “Biz O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tashrifchilarga mamlakatimiz madaniyati bilan yaqindan tanishishga imkon beruvchi o‘quv zali ochilganidan mamnunmiz”.
O‘quv zalining ochilish marosimida so‘zga chiqqan kutubxona direktori Alisher Abduazizov ingliz tilini o‘rganayotgan va shu tildagi adabiyotlarni o‘qish istagida bo‘lgan foydalanuvchilar soni oshib borayotganini ta’kidladi.
“Men Milliy kutubxonada bu kabi axborot markazi ochilganidan xursandman”, deydi kutubxona tashrifchilaridan biri, 25 yashar Mohir Obidov.
“Kutubxona Toshkentning markazida, qulay joyda joylashgan va unga kirish bepul”, dedi u Karvonsaroyga.
1-fevral kuni “Amerikaga oyna” o‘quv zaliga AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisining muovini Elis Uells tashrif buyurdi. U o‘quv xonalarini ko‘zdan kechirdi va ingliz tilini o‘rganayotgan bir guruh talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Kutubxona matbuot xizmatining xabar berishicha, u guruh ishtirokchilarining ingliz tili bo‘yicha bilimiga yuqori baho bergan.
Bu yil Toshkentda Amerika kampusi ochiladi
Tez orada o‘zbek talabalari Toshkentdan chiqmasdan Amerika ta’limini olish imkoniga ega bo‘lishlari mumkin.
O‘tgan yil sentyabr oyida Sent-Luisda joylashgan Vebster universiteti O‘zbekiston Oliy ta’lim vazirligi bilan Toshkentda kampus ochish to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzolagandi.
4-dekabr kuni yangi 2018-o‘quv yilida ochiladigan kampusning kelajakdagi faoliyatini muhokama qilish uchun Toshkentga Vebster universitetining o‘quv masalalari, xalqaro kampuslar va tashabbuslar bo‘yicha vitse-prezidenti Piter Maxer rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Vebster universitetining Toshkentdagi kampusi axborot texnologiyalari, kiberxavfsizlik, OAV, biznes, tabiiy fanlar va ta’lim yo‘nalishlarida bakalavr va magistrlarni tayyorlash dasturini taqdim etadi. Ta’lim ingliz tilida, amerikalik va o‘zbekistonlik o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi, deb xabar beradi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.
Assalom alaykum bu yer juda ham ajoyib malumotlar bilan boyitilibdi .Istalgan Amerikada oqishni orzu qildigan odamga yordam beroladi.iltimos AQSHni top universitetlariga ozbek talabalarining kirish imkoniyatlari haqida yozsangiz juda minntdor bolardim
Javob berishFikrlar 34
Men O'zbekistonda TATUda 1bosqich talabasiman bakalavir,Aqishda oqimoqchiman oqiwimni Aqishga kochirib otkazmoqchiman imkoni bormi .
Javob berishFikrlar 34
Факультетлари ва йиллик шартнома қиймати неча пул! ҳаққида ммаълумотлар йўқ.
Javob berishFikrlar 34
Men Amerikaga uqishga kirmoqchiman uning uchun nimalarni bilishim kerak .ingliz tilinimi yoki online test bulib utadimi.
Javob berishsiz biror bir amerikaga jo'natadigan o'quv markaziga boring va u yerda o'qib keyin o'quv markazidagilar sizni amerikaga jo'natishadi.
Javob berishAmerikada oqish uchun kopi bilan nechta fanni bilish lozim
Javob berishFikrlar 34
biz yoshlarga amaerikada o'qishni ko'proq yoritish kerak. Sababi biz hali u yerda o'qish haqida hech qanday ma'lumotga ega emasmiz . U yerda o'qish uchun nimadan boshlash kekrak harakatlarni ? U yerga borgandan keyin bizga qanday yordam berishadi? Grantlar? Siz shu kabi savollarga javob bersangiz maqsadga muvofiq bo'lardi.
Javob berishamerikaga bormoqchi bo'lsangiz unda siz hzm biror bir o'quv markaziga boring va u yerdagilar barchasini o'rgatishadi va barcha savollaringizga javob berishadi
Javob berishFikrlar 34
AQSh da talim olish Uzbek talabalarining orzusi deyilgan lekin maqolaning biror joyida fak yuq Misol uchun siz manashunday uqisez manashu agentlik sizga yordam beradi
Javob berishFikrlar 34
Wu yil amerikaga ketganlar xaqda kimda malumot bor uqiwga
Javob berishxa,men uchun ham shu qiziq.O'ylaymanki shu haqda malumotlar to'liq va bataafsil yoritib berilsa,yuqorida va pasgi qisimlarda berilayotgan savollarning Ko'piga javob topiladi!
Javob berishFikrlar 34
man ham chet elda oqishni hohleman yordam bera olasmi
Javob berishFikrlar 34
Salom.Men 11 sinfga o'tdim.Hozirda IELTS dan tayyorlanyapman.Yanvarda IELTS topshiraman shu sababli USAda uqimoqchimandan IELTS dan nechi olsam o'qisam buladi va qaysi oliy uquv yurti yaxshi aytsaz javob u-n oldindan rahmat.Mana shunday yangiliklardan kuproq malumot bersala.
Javob berishFikrlar 34
Salom mening ismim Husayn hozirda 11-sinfga o'tdim . IELTSga tayyorgarlik kuryapman . Amerikada bakalavrga grant yutishim uchun nina qilsihim kerak??Ieltsdan minimum va maksimalni nechchi talab etiladi ?? Javob uchun oldindan eahmat!!!!
Javob berishielts olishiz kere agar grant yutmoqchi bulsez sat degan imtihon topshirasiz
Javob berishFikrlar 34
Ielts topshirb borsa oson masmi
Javob berishoson albatta lekin grant yutish kerak puliz kup bulsa bemalol uquvrasiz ieltsni ovolib
Javob berishFikrlar 34
Assalomu alaykum, men Amerikada oʻqishni istayman, tarixni, Amerikaning kashf etilishi va Kolumb haqida oʻqib-oʻrganishni xohlayman
Javob berishFikrlar 34
Saytga Omad!
Javob berishFikrlar 34
maqola yoqdi men kollej bitiruvchisiman mutaxasisligim bo'yicha qanday o'qisam bo'ladi moliya yo'nalishi
Javob berishFikrlar 34
men ham borishim uchun nima qilishim kerak
Javob berishbilmasam
Javob berishFikrlar 34
Salom menga maqola juda yoqdi AQSHda o’qish mening ham orzuyim. Hozirda kollej bitiruvchisiman o’zimni soham bo’yicha ya’ni udarnik yo’nalishi bo’yicha o’qishni AQSHda davom ettirmoqchiman buning uchun nima qilishim kerak maslahat bering iltimos oldindan katta rahmat
Javob berishFikrlar 34
Yaxshi, ammo bogʻlanish uchun hech qanday raqamlar yoʻq-ku !! ??
Javob berishFikrlar 34
Avvalambor assalomu alaykum maqola juda yoqdi men ham AQSH da o'qish orzuyim bor IT soxasiga juda qiziqaman xozirgi kunda ingliz tilini o'rganayapman "IELTS"topshirmoqchiman.qaysi universitetlarda it soxasida yuqori darajadagi bilimlar beriladi shu to'g'risida va boshqa maslaxatlar berishlaringizni so'rab qolaman.Va shu o'rinda barcha ilimga chanqoq tengdoshlarimga opa singil aka ukalarimga omad orzulariga erishishlariga tilakdoshman
Javob berishMassachusets texnologiya instituti
Javob berishFikrlar 34
Meni ismim Nasiba men endi 10- sinfman ham boshqalarga o'xshab AQSH da tahsil olishni xohlayman bu uchun menda yana 1 yil vaqt bor iltimos nima qilish kerakligini ayting va biror bir maslahat bering .Ha aytgancha bu uchun ingliz tilini mukammal bilish zarurmi ? Men uchun judayam bu narsa zarur shuning uchun iltimos tezroq yordam bering. Oldindan katta rahmat
Javob berishAssalomu alekum. Avvalambor kelgusi o'qishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Mening fikrimcha,(ko'plab masterlar maslahatiga asoslanib) siz IELTS imtihon topshirishingiz va bundan kamida 6.5 olishingiz lozim. Shundan so'ng internet orqali yoki US embassydan yo'riq olasiz.
Javob berishFikrlar 34
Аввалом бор Ассалому алейкум манга мақола жуда ҳам ёқди. мани ёшим 35 да Америкада ўқишни орзу қиламан, оилалиман. Кимё факултетини битирганман уқитувчиман. Магистратурада америкада таълим олсам бўладими ёки школада ўқишим ккми.
Javob berishFikrlar 34
yoqdi
Javob berishFikrlar 34
Assalomu aleykum, men Avezova Sitora 27 yoshman, litseyni bitirib tanlov asosida Buxoro xalqaro aeroportiga ishga qabul qilindim, mening orzuim ham AQSHda o'qishni davom ettirish, buning uchun nimalar qilishim kerak, iltimos maslahat bering
Javob berishmanam izlanmoqdaman aloqaga chiqin
Javob berishSalom men buxoro neft-gaz kollejini tugadganman shu uchun olot neft-gaz y6nalishida ishlayapman shu uchun aqshda 6qishni istayman
Javob berishSalom men fargona dan man men xam Aqsh da talim olish orzuyim men ingliz tilini osha yerda organmoqchi man buning uchun nima qiliwim kerak
Javob berishFikrlar 34