http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2018/02/15/feature-02
| Terrorizm

Tojik jangarilari targ‘ibotning yangi usullari orqali uyiga qaytarilmoqda

Ne’matullo Mirsaidov

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, imomlar va mahalliy rasmiylar Chorkux qishlog‘i aholisi bilan suhbatlashmoqda. Isfara tumani, 16-avgust, 2017-yil. Tuman prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, xuddi shu vaqtda isfaraliklardan 19 nafari Suriyaga jang qilish uchun ketgan edi. (Nig‘matullo Mirsaidov)

XO‘JAND, Tojikiston – Suriya va Iroqda yengilgan tojik jangarilari bir necha yangi targ‘ibot usullari bilan qaytishga ko‘ndirilganlaridan so‘ng vatanlariga qaytmoqdalar.

“Biz targ‘ibot ishlariga yondashuvni o‘zgartirdik”, deydi So‘g‘d viloyati prokurori yordamchisi Tavakkal Fayzullozoda.

So‘g‘d viloyati prokuraturasi va militsiya rasmiylari hamda mahalliy rahbariyat aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi va ular bilan “norasmiy sharoitda, samimiy suhbatlashdilar va natijada, uchrashuvlar yanada ishonchliroq bo‘ldi”, dedi u.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda tojikistonlik sobiq jangarilardan 111 nafari o‘z ixtiyori bilan vataniga qaytgan va ularning barchasi sud javobgarligidan ozod qilingan.

“Ektremistik shiorlar islomiy qadriyatlarga butkul zid ekani haqida ommani ogohlantirish muhim”, deydi So‘g‘d viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbari Rahimjon Abduvalizoda.

So‘g‘d viloyatida xorijdan qaytganlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

2017-yilning 25-martidan 2018-yilning 1-yanvarigacha so‘g‘dliklardan 24 nafari jangovar hududlardan o‘z uyiga qaytgan, deb xabar qildi viloyat ichki ishlar boshqarmasi. Bunda jangarilarning ota-onalari ishtirokidagi axborot-targ‘ibot ishlari muhim rol o‘ynagan, ular o‘z farzandlarini Tojikistonga qaytishga ko‘ndirganlar.

“Meni aldashdi”

Qaytganlar orasida Asht tumanidan bo‘lgan Alisher Kodirkukov ham bor.

Qodirqulov va uning oilasi Rossiyada tuzukroq ish topa olmaganidan so‘ng, ekstremistik guruhlarga qo‘shilib qolib, aldangan minglab tojik migrantlari bilan qismatdosh.

Qodirqulovlar oilasi 2015-yilning mart oyida Yekaterinburgdan avval Turkiyaning Istanbul, so‘ngra Gaziantep shahriga boradi, u yerdan esa Suriyaga o‘tib olishadi. Ular Suriyada bir yarim oy bo‘lib, Iroqning Mosul shahriga kelishadi.

“Mosulga kelishim bilan aldanganimni tushunib yetdim”, deydi u Karvonsaroy bilan suhbatda.

2016-yil oktyabrda u oilasi bilan Turkiyaga qochib o‘tdi va turk hukumatiga taslim bo‘ldi. Ular 2016-yil dekabrda Dushanbega qaytgach, ushlandi va tergov qilindi.

Qodirqulovning otasi Tojikiston va Turkiya huquq-tartibot organlarining ko‘magida o‘tgan yil aprel oyida uni rafiqasi va ikki farzandi bilan birga vataniga qaytarib olib keldi.

Qodirkulov Suriya va Iroqdagi hayotini “bir yarim yil davomida ajnabiy yerlarda muhtojlikda ko‘chmanchi tarzida yurish” deb tasvirlaydi.

“Huquqni muhofaza qilish idoralari menga ishonib, jazo choralaridan voz kechganlari uchun minnatdorman”, deydi Qodirkulov.

“Xotinim bilan o‘z nomimizni tiklash uchun ancha harakat qilishimiz kerak … qo‘shnilarimiz biz bilan salomlasha boshladilar”, deydi u.

Urush qurbonlariga aza tutgan oilalar

Iroq va Suriyada o‘ldirilgan tojik jangarilarining soni 2017-yilda taxminan 150 dan 300 gacha bo‘lgan.

“Tojik jangarilari va o‘lgan tojiklarning aniq sonini bilmaymiz”, deydi Abduvalizoda. “Suriya va Iroqqa ketganlarning ko‘pchiligi u yerga uchinchi mamlakatlar orqali borgan. O‘lganlar haqida hamma ma’lumotga ega emasmiz.”

“Eng muhim vazifa chet eldagi mojarolarga qo‘shilib, aldanib qolgan fuqarolarni qaytarib kelishdir”, dedi u. “Ularning o‘limi ota-onalarini chuqur qayg‘uga solmoqda, ular farzandlarini xorijga o‘qish yoki pul ishlash uchun yuborganlar.”

Kamida bitta ota bir nechta farzandiga motam tutyapti.

Xatlon viloyatining Jaloliddin Balxiy tumanidan bo‘lgan Olimurod Abdurahmonov Suriya va Iroqda vafot etgan uch o‘gliga azador, deb xabar beradi tojik rasmiylari.

Hozir esa uning kelini va uch nafar nabirasi Suriyaning Manbij shahrida qolib ketgan, deb xabar beradi militsiya.

Motamsaro ota huquqni muhofaza qilish organlaridan tirik qolgan qarindoshlarini mamlakatga qaytarib olish kelishni so‘ramoqda.

“Ehtimol, huvillab qolgan uyda nabiralarning bo‘lishi marhum yigitning otasiga taskin berar”, deydi Abdurahmonovlar yashaydigan mahalla raisi Baxriddin Esankulov Karvonsaroy bilan suhbatda.

Yo‘qolgan va ehtimol, vafot etgan jangarining ayoli va ikki farzandi Iroqning Mosul shahrida qolib ketgan.

Asht tumanidan bo‘lgan Faromuz Sheraliyevning ayoli Mosuldan telefon qilib, uyga qaytishda yordam berishlarini so‘ragan.

“Unda hech qanday hujjat yo‘q va u qanday qilib Mosuldan chiqib ketishni bilmaydi”, deydi uning qarindoshlari mahalliy prokuratura xodimlariga. Ular hukumatdan ayol va uning farzandlarini qaytarib olib kelishni o‘tinib so‘ramoqda.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha