Karvonsaroy
Diplomatiya

AQSH diplomati: Qozog‘iston va AQSH hamkorlik ko‘lamini kengaytiradi

Kseniya Bondal

Qo‘shma Shtatlar Qozog‘istonda biznes, savdo va sog‘liqni saqlash sohalaridan tashqari, ta’lim tizimini rivojlantirishga ham salmoqli hissa qo‘shmoqda. “EducationUSA” videoroligidan olingan kadrda xorijiy talabalar AQSH tomonidan moliyalashtirilgan laboratoriyada birgalikda ishlayotgani aks etgan.

Qo‘shma Shtatlar Qozog‘istonda biznes, savdo va sog‘liqni saqlash sohalaridan tashqari, ta’lim tizimini rivojlantirishga ham salmoqli hissa qo‘shmoqda. “EducationUSA” videoroligidan olingan kadrda xorijiy talabalar AQSH tomonidan moliyalashtirilgan laboratoriyada birgalikda ishlayotgani aks etgan.

OSTONA – Qozog‘iston va Amerika Qo‘shma Shtatlari biznes va savdo sohalarida munosabatlarini kengaytirib bormoqda, shu bilan birga AQSH hukumati Qozog‘istonning soq‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirmoqda, deydi Ostonadagi AQSH elchixonasi matbuot kotibi Vren Elhay Karvonsaroy nashriga.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari va Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar juda mustahkam va keng qamrovli sohalarni o‘z ichiga oladi”, dedi u. “Biz AQSHning innovatsiya va investitsiya manbai sifatidagi yutuqlaridan faxrlanamiz va Amerika kompaniyalari Qozog‘iston bilan munosabatlarni kengaytirishda juda katta salohiyatga ega ekanligiga qat’iy ishonamiz.”

Ushbu hamkorlikning kengayishi natijasida Qozog‘iston rivojlanish maqsadlariga erishish uchun yaxshi holatda turibdi. Bundan qozog‘istonlik va amerikalik ishchilar birdek manfaatdor”, dedi u.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston 2016-yilda AQSHdan umumiy qiymati 493 million AQSH dollariga (157,8 milliard tenge) teng samolyotlarni import qilgan. Qozog‘istonlik fermerlar AQSHning yig‘im-terim mashinalari va traktorlari yordamida hosildorlikni oshirishga erishdilar. Mazkur texnikalar 2016-yilda AQSHdan import qilingan, jami 270 million AQSH dollarilik (86,4 milliard qozoq tengesi) uskunalar qatorida bo‘lgan.

Ostonadagi AQSH elchixonasi matbuot kotibi Vren Elhay o‘tgan yil 20-may kuni Ostonadagi “Toastmasters” klubida AQSH davlat kuni nishonlanishida nutq so‘zlamoqda. (Facebook)

Ostonadagi AQSH elchixonasi matbuot kotibi Vren Elhay o‘tgan yil 20-may kuni Ostonadagi “Toastmasters” klubida AQSH davlat kuni nishonlanishida nutq so‘zlamoqda. (Facebook)

AQSH Qozog‘istonning sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini qo‘llab-quvvatlaydi

“Sog‘liqni saqlash tizimida hayotni asrab qolish bo‘yicha AQSH va Qozog‘iston o‘rtasida hamkorlikning mislsiz namunalari mavjud”, dedi Elhay. “Nazarboyev nomidagi universitetning tibbiyot maktabi Pitsburg tibbiyot maktabi bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Amerikalik professor va shifokorlar Qozog‘iston shifokorlarining yangi avlodini tayyorlamoqda.”

“Ular Ostonadagi zamonaviy onkologiya markazi bo‘lgan Milliy onkologiya markazini tashkil etdilar”, deb qo‘shimcha qildi u.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Qozog‘istonning ta’lim sohasini rivojlantirishga ham alohida yordam ko‘rsatmoqda.

2017-yilda AQSH homiyligida o‘tkazilgan onlayn-treningda 2800 dan ortiq qozog‘istonlik o‘qituvchilar ishtirok etdilar va minglab qozog‘istonliklar AQSH hukumatining almashinuv dasturlarida qatnashdilar, dedi Elhay.

“Biz bu raqamlar yanada oshishini istaymiz. Amerika Qo‘shma Shtatlarida ta’lim olishni istaganlar ko‘proq ma’lumot olish uchun EducationUSA markazlariga tashrif buyurishlari mumkin”, dedi u. “Biz tajriba almashish, tadqiqotlarda hamkorlik qilish va talaba hamda professorlar bilan almashish maqsadida AQSH va Qozog‘iston universitetlarini birlashtirmoqdamiz.”

Shu maqsadda Qozog‘iston universitetlari va maktablarida AQSH hukumati o‘z homiyligidagi o‘qituvchilar sonini oshirmoqda, dedi u. Qozog‘istonda 11 ta Amerika burchagi tashkillashtirilgan bo‘lib, ular ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha bepul amaliyotini taqdim etadi, deb qo‘shimcha qildi u.

“Dasturlarimiz, ayniqsa, innovatsiya va texnologiya borasida juda kuchli. Ular nafaqat hukumat bilan hamkorlikda, balki Qozog‘iston iqtisodini raqamlashtirishga yordam berayotgan va mamlakatda faoliyat olib borayotgan AQSH kompaniyalari tomonidan ham amalga oshirilmoqda”, dedi Elhay.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500