Karvonsaroy
Xavfsizlik

Markaziy Osiyo va AQSH hamkorligi xavfsizlik va barqarorlik uchun “yechim”

Maksim Yeniseyev va Kseniya Bondal

AQSH harbiy havo kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni, general-mayor Jefri L.Xarijian 22-fevral kuni Toshkentdagi O‘zbekiston Qurolli kuchlar akademiyasiga tashrifi chog‘ida. (Toshkentdagi AQSH elchixonasi)

AQSH harbiy havo kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni, general-mayor Jefri L.Xarijian 22-fevral kuni Toshkentdagi O‘zbekiston Qurolli kuchlar akademiyasiga tashrifi chog‘ida. (Toshkentdagi AQSH elchixonasi)

OSTONA/TOSHKENT/KOBUL – AQSHning bosh generali so‘zlariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik Afg‘onistondagi tinchlik va mintaqaviy xavfsizlikning kalitidir.

Rossiya va Eron tarafidan bo‘lgan bosimga qaramay, Markaziy Osiyo hukumatlari “Afg‘onistondagi AQSH harbiylari uchun yuklarni yetkazib berish, chegara xavfsizligi, shuningdek, terrorizm, giyohvandlik va jangari guruhlarga qarshi kurashga oid umumiy manfaatlar yo‘lida Qo‘shma Shtatlar bilan aloqani davom ettirmoqda”, dedi AQSH markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) qo‘mondoni, general Jozef Votel 27-fevral kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Qurolli kuchlar bo‘yicha vakillar palatasi majlisida.

“Markaziy Osiyolik hamkorlarimizni Afg‘oniston va Pokistondagi uzoq muddatli barqarorlik, shuningdek, xorijdagi terrorchilarning o‘z vataniga qaytish xavfi tashvishga solmoqda”, deydi u.

Qozog‘iston bilan “ilg‘or” harbiy aloqalar

AQSHning Qozog‘iston bilan harbiy aloqalari mintaqada eng faol hisoblanadi, deb ta’kidladi Votel.

AQSh Markaziy Qo‘mondonligining qo‘mondoni, general Jozef Votel Qurolli kuchlar bo‘yicha vakillar palatasining majlisida ko‘rsatma bermoqda. Vashington, Kolumbiya okrugi, 2018-yil, 27-fevral. (Saul Loeb / AFP)

AQSh Markaziy Qo‘mondonligining qo‘mondoni, general Jozef Votel Qurolli kuchlar bo‘yicha vakillar palatasining majlisida ko‘rsatma bermoqda. Vashington, Kolumbiya okrugi, 2018-yil, 27-fevral. (Saul Loeb / AFP)

AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen (chapdan ikkinchi) 23-fevral kuni O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasiga ko‘chma radiatsiya detektorlarini taqdim etdi. (AQSHning Toshkentdagi elchixonasi)

AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen (chapdan ikkinchi) 23-fevral kuni O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasiga ko‘chma radiatsiya detektorlarini taqdim etdi. (AQSHning Toshkentdagi elchixonasi)

12-fevral kuni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani (kamin yonida) Kobulda O‘zbekiston va Qozog‘iston armiyasi boshliqlarini qabul qildi. (Afg‘oniston prezidenti matbuot xizmati)

12-fevral kuni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani (kamin yonida) Kobulda O‘zbekiston va Qozog‘iston armiyasi boshliqlarini qabul qildi. (Afg‘oniston prezidenti matbuot xizmati)

“Qozog‘iston Mudofaa vazirligi unter-ofitserlar qo‘mondonligi, kadrlar bo‘limi va professional harbiy ta’lim tizimlarini isloh qilishga e’tibor qaratishi ortidan biz ham sezilarli muvaffaqiyatga erishyapmiz", dedi Votel.

“Qozog‘iston shimoliy tranzit yo‘nalishiga kiritilgan, shu sababli Afg‘onistonning shimoliy hududlariga yo‘nalgan harbiy yuklar bizning yerlarimizdan o‘tadi”, dedi Olmaotada joylashgan siyosiy tahlilchi Rustam Bornashev Karvonsaroy nashriga.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistondagi xavfsizlikka ko‘maklashish bo‘yicha Qozog‘istonning say’-harakatlarini alohida qadrlaydi, deydi Vren Elhay, Ostonadagi AQSH elchixonasi matbuot kotibi.

“Afg‘onistonning siyosiy va iqtisodiy jihatdan yanada xavfsiz va barqaror bo‘lishidan barchamiz birdek manfaatdormiz. Barqaror Afg‘oniston Markaziy Osiyoda har bir mamlakat uchun muhim”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

“Biz prezident (Nursulton) Nazarboyevning afg‘on ayollari huquqini kengaytirishga urg‘u berilgan, afg‘on fuqarolari va xavfsizlik xodimlarini tayyorlash bo‘yicha dasturni davom ettirish taklifidan mamnunmiz”, dedi u.

Qozog‘iston Afg‘onistonga yordam berishga ko‘proq e’tibor qaratmoqda, dedi afg‘on urushi faxriylarining Qozog‘istondagi tashkilotlari muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi, olmaotalik Murat Abdushukurov.

“Ayni damda har yili o‘rtacha 170 nafar afg‘on yoshlari o‘qishga keladigan Qozog‘iston universitetlarida ularning ta’lim olishiga ko‘maklashish – Afg‘onistondagi hayot tarzini yaxshilashga qo‘shilayotgan muhim hissadir”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

“Qo‘shma Shtatlar terrorizm, ekstremizm va giyohvand moddalar kontrabandasiga qarshi kurash doirasida Markaziy Osiyo xavfsizligini shakllantirishga hissa qo‘shayotganiga shubha yo‘q”, dedi Abdushukurov.

O‘zbekiston va Tojikistonning chegara xavfsizligi

“Yevroosiyo markazida geostrategik jihatdan joylashuvi va Afg‘onistonga yaqin ekanligi sababli, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda AQSHning muhim hamkori bo‘lib qolmoqda”, degan edi Votel majlisda.

22-fevral kuni Janubi-g‘arbiy Osiyo mintaqasi bo‘yicha AQSH harbiy havo kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni, general-mayor Jeffrey L.Xarijian O‘zbekistonga tashrif buyurdi. U O‘zbekistonning oliy darajadagi rasmiylari, shu jumladan Mudofaa vazirligi vakillari bilan uchrashdi, deb xabar beradi Toshkentdagi AQSH elchixonasi.

“AQSH harbiy havo kuchlari va O‘zbekiston qurolli kuchlari o‘rtasidagi hamkorlik uzoq va sermahsul tarixga ega”, deydi Toshkentda istiqomat qiluvchi siyosiy tahlilchi Umid Asatullayev Karvonsaroy nashriga.

“2001-yildan 2005-yilga qadar AQSH harbiy havo kuchlari Afg‘onistonda terrorizmga qarshi koalitsiyani qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistonning Xonobod shahridagi aeroportidan foydalandi”, deb eslaydi Asatullayev.

Shu bilan birga, 23-fevral kuni Toshkentda, Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen O‘zbekiston bojxona xodimlariga yaxshi niyat ishorasi sifatida 230 dan ortiq radiatsiya detektorlarni topshirdi.

“Ikki mamlakatning yadro va radiologik qurol-yarog‘ni tarqatmaslik sohasidagi hamkorligi dunyodagi osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlashda muhim”, dedi AQShning Toshkentdagi elchisi Spratlen. “Yangi uskunalar Davlat bojxona qo‘mitasiga o‘zining kengaytirilgan chegara punktlarida yadro va radiologik materiallarni aniqlashni osonlashtiradi.”

“Detektorlar radioaktiv moddalarning kontrabandasiga qarshi kurash va terrorchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan “iflos bombalarning” olib kirilishini to‘xtatishga yordam beradi. Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan metallar kabi radiatsiya bilan ifloslangan materiallar va mahsulotlarning importiga yo‘l qo‘ymaslik muhim”, deydi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Tohir Vohidov.

Bundan tashqari, Afg‘oniston bilan 1300 kilometrlik umumiy chegaraga ega Tojikistondagi chegara xavfsizligini mustahkamlash ham muhim vazifa, deya takidladi Votel.

“Afg‘on narkotiklari olib o‘tiladigan asosiy tranzit yo‘li Tojikistondan o‘tadi. Afg‘on-tojik chegarasida xavfsizlikni mustahkamlashga oid chora-tadbirlarimiz Tolibon homiyligida olib borilayotgan va mintaqada beqarorlikka sabab bo‘layotgan giyohvand moddalar savdosini kamaytirishga yordam beradi”, dedi Votel.

Markaziy Osiyodagi tinchlik kaliti

Harbiy tahlilchilar va siyosatchilarning fikricha, mintaqaviy harbiy hamkorlik Markaziy Osiyo uchun muhim ahamiyatga ega.

13-fevral kuni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston, AQSH va NATOga a’zo bir qator mamlakatlarning oliy harbiy zobitlari Kobulda uchrashdilar.

Uchrashuvda, jumladan, Afg‘onistondagi isyonchi guruhlarga qarshi kurash va mamlakatlar o‘rtasida harbiy sohadagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilingan.

Uchrashuvda Qozog‘iston va O‘zbekiston qurolli kuchlari qo‘mondonlarining ishtirok etgani hamkorlikning yangi davri boshlanganiga ramziy ishora bo‘ldi, dedi Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani.

“Ularning tashrifi Afg‘oniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston armiyalari o‘rtasida hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradi. Biz, shuningdek, terrorizmga qarshi kurash hamda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish masalalarini ham muhokama etdik”, deb yozdi G‘ani uchrashuvdan so‘ng.

Afg‘onistonlik Twitter foydalanuvchilarining ko‘pchiligi prezidentni qo‘llab-quvvatlashini va “shimoliy do‘stlar”ning yordamini olqishlashini aytadi.

“O‘zaro aloqada bo‘lishi juda muhim. Markaziy Osiyo Afgo‘nistondagi barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynashi mumkin”, deb yozdi Said Saber Ibrohimiy harbiy rahbarlar uchrashuviga ishora qilib.

“Bu haqiqatdan ham yaxshi qadam. Qo‘shnilarimiz, ayniqsa, mintaqada tinchlik va barqarorlik hukm surishini istaydigan hamda o‘zaro iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydigan mamlakatlar bilan aloqalarimiz mustahkam bo‘lishi zarur”, deb yozdi Sulaymon Asadulloh o‘z tvitterida.

“Harbiy rahbarlarning ushbu uchrashuvini nafaqat Afg‘oniston bilan hamkorlikning rivojlanishi, balki mintaqaviy muloqotning optimistik misoli o‘laroq baholash mumkin”, deydi Asatullayev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500