Karvonsaroy
Transport

Qozog‘iston Yevropaga yangi uzluksiz reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Aleksandr Bogatik

1-iyundan “Air Astana” aviakompaniyasi Nursulton Nazarboyev nomidagi Ostona xalqaro aeroportidan Londonga uzluksiz kundalik parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi, 2017-yil, 20-avgust. (Aleksandr Bogatik)

1-iyundan “Air Astana” aviakompaniyasi Nursulton Nazarboyev nomidagi Ostona xalqaro aeroportidan Londonga uzluksiz kundalik parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi, 2017-yil, 20-avgust. (Aleksandr Bogatik)

OSTONA – Qozog‘iston o‘z fuqarolarining biznes va sayyohlik safarlarini osonlashtirish hamda mamlakat iqtisodiyotini yanada ochiqroq qilish maqsadida, Yevropaga uzluksiz aviaparvozlar sonini oshirmoqda.

“26-martdan Atirau-Frankfurt yo‘nalishida yangi, muntazam aviareys yo‘lga qo‘yiladi”, deb xabar qildi Qozog‘iston fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi 16-fevral kuni.

“Parvozlar Airbus A321 samolyotlarida, haftasiga ikki marta (dushanba va juma kunlari) amalga oshiriladi”, deyiladi xabarnomada. “Endilikda mamlakatimiz aholisi va G‘arb davlatlaridan keladigan mehmonlar uchun Yevropaga borish yanada qulayroq bo‘ladi”.

1-iyundan “Air Astana” aviakompaniyasi Nursulton Nazarboyev nomidagi xalqaro aeroportdan Londonning Xitrou xalqaro aeroportiga uzluksiz kundalik reyslarni ochadi, deb yozadi 26-fevral kuni aviakompaniya rasmiy veb-sayti.

Qozog‘istonlik bort kuzatuvchilari yo‘lovchilarning minnatdorchilik maktublarini namoyish etmoqdalar, 2017-yil, 26-fevral. (Alexandr Bogatik)

Qozog‘istonlik bort kuzatuvchilari yo‘lovchilarning minnatdorchilik maktublarini namoyish etmoqdalar, 2017-yil, 26-fevral. (Alexandr Bogatik)

“Biz Buyuk Britaniya va Qozog‘istonni bog‘laydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yagona reys bo‘yicha kundalik parvozlarni ta’minlay olganimizdan mamnunmiz. Bu nufuzli va mashhur yo‘nalish hisoblanadi”, dedi “Air Astana” aviakompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Piter Foster.

“Londonning biznesmenlar va turistlar ko‘z o‘ngidagi mavqei tobora oshib bormoqda, bu aviakompaniya uchun strategik nuqtai nazardan juda qulay fursat. Sababi, biz London va Qozog‘istonda IPOni (aksiyalarni birlamchi sotuvi) amalga oshirishni rejalaganmiz”, dedi u.

Fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasiga ko‘ra, shu yilning o‘zida Qozog‘istonning turli viloyatlarini xorijiy mamlakatlar bilan bog‘laydigan boshqa uzluksiz reyslar ham yo‘lga qo‘yiladi.

Ostonadan Batumi (Gruziya) va Rigaga (Litva), shuningdek Ostona-Riga (Latviya) va Ostona-Dubay (Birlashgan Arab Amirliklari) yo‘nalishlarida yangi reyslar ochish rejalashtirilmoqda.

Aviatsiya to‘siqlarini bartaraf etib

“Qozog‘iston Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) parvozlar xavfsizligi bo‘yicha tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tdi”, dedi Karvonsaroyga “Aynara-Tur sayyohlik agentligi direktori o‘rinbosari Andrey Volobuyev Inform.kz tomonidan yanvar oyida chop etilgan testga ishora qilib.

“Ushbu imtihon Qozog‘istonga hech qanday cheklovlarsiz turli mamlakatlar bilan o‘zaro yangi yo‘nalishlar ochishga imkon beradi”, deb qo‘shimcha qildi Volobuyev.

Qozog‘istonning yetti aviakompaniyasi, jumladan “Fly Jet.KZ” va “Jet Airlines” aviakompaniyalariga Yevropa Ittifoqi (YI) mamlakatlariga parvoz qilishga ruxsat berilgan. Bu haqda 27-fevral kuni Fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasiga asoslanib, Kazinform xabar berdi.

Avvalroq, “Air Astana”, “Prime Aviation”, “Kaz Air Jet”, “Comlux Kazakhstan” va “SCAT Airlines” aviakompaniyalari aviatsion xavfsizlik agentligining taftishidan o‘tgandi.

“IKAO Qozog‘istonlik aviatashuvchilar uchun Yevropaga parvoz qilishga oid cheklovlarni bekor qildi”, dedi Volobuyev. “Qozog‘iston shaharlarini Yevropa poytaxtlari bilan bog‘lovchi uzluksiz reyslar yaqin bir necha yil ichida yo‘lga qo‘yiladi”.

Yevropa bilan bog‘lanish yangi imkoniyatlarni ochadi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ga reyslar sonining oshirilishi Qozog‘iston iqtisodiyotini yaxshilashga yordam beradi, deydi Uralskda yashovchi siyosatshunos Yevgeniy Kryuchkov Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Ular iqtisodiy jihatdan manfaatli bo‘lib, rivojlangan mamlakatlar bilan tadbirkorlik aloqalarini kuchaytiradi”, dedi u Karvonsaroyga. “YI mamlakatlari bilan uzluksiz aviareyslar – olqishga sazovor ish”.

“Yangi yo‘nalishlarning ochilishi bizga aloqalarni yo‘lga qo‘yishga va dunyodan yakkalanib qolmaslikka imkon beradi”, dedi Volobuyev.

Bugungi kunda qozog‘istonliklar uchun Polsha, Ukraina, Janubiy Koreya, Turkiya, Tailand, Malayziya, Tojikiston, Rossiya va boshqa ko‘plab mamlakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilgan.

Shunga qaramay, xalqaro reyslar Qozog‘istonning asosiy ikki shahri - Ostona va Olmaota bilan bog‘langan. Boshqa shaharlarda yashovchilar xorijga safar qilish uchun bir samolyotdan ikkinchisiga o‘tirishga majburlar.

“Tarazdan faqat Olmaota va Ostonaga parvoz qilishingiz mumkin”, deydi Tarazda yashovchi Lazzat Tagayeva Karvonsaroyga

«Dam olishga yoki biznes safariga otlanganlar (agar ular Olmaota yoki Ostonada yashamasalar) bir samolyotdan ikkinchisiga o‘tirishlari kerak”, deb qo‘shimcha qildi u. “Olmaota va Ostonadan uchuvchi samolyotlar bilan ham istalgan mamlakatga bora olmaysiz. Yangi reyslar yo‘lga qo‘yilsa, biz ko‘proq safar qilamiz”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500