Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-03-08 | Xavfsizlik

Rossiya qanoti ostidagi rejimning harbiy jinoyatlari tufayli Suriyada “qiyomat qo‘pmoqda”

Sharqiy G‘utadagi shiddatli hujum xalqaro noroziliklarga sabab bo‘ldi. BMTning yuqori lavozimdagi rasmiy xodimi Moskva va Damashq Suriyada “oxirzamonga” boshchilik qilayotganini bildirdi. Suratda Sharqiy G‘utada qurshovda qolgan isyonchi anklavdagi Saqba, Kafr Batna va Hammuriya shaharlariga havo hujumi va gilzali bombalar tashlanganidan so‘ng, yosh bolalar va boshqa fuqarolar tasvirlangan. (Amir Almohibaniy/AFPTV/AFP)

Karvonsaroy va AFP

SHARQIY G‘UTA, Suriya – Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Suriya rejimining Sharqiy G‘utadagi muxolifat anklaviga qarshi havo va yer hujumlari qamalda qolgan o‘n minglab fuqarolarga o‘ta zarur yordam yo‘llarini kesib qo‘ydi.

Shiforkorlarning xabariga ko‘ra, payshanba, 8-mart kuni yangi havo zarbalari va to‘qnashuvlar muxolifat anklavini larzaga keltirdi. To‘qnashuvlar natijasida o‘nlab bemorlar toksik hujum natijasida kelib chiqadigan nafas qisishidan davolangan.

Kreml qanoti ostidagi Suriya hukumatining shiddatli hujumi xalqaro norozilikka sabab bo‘lmoqda, shu jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti hukumatni “oxirzamonni” yuzaga keltirishda ayblamoqda.


Suriya mudofaasi ko‘ngillisi Hamuriya shahriga tushgan bomba tufayli yonayotgan og‘ir yarador odam ustidagi olovni o‘chirishga harakat qilmoqda. Shahar poytaxt Damashq chekkasidagi qamalda qolgan Sharqiy G‘utada joylashgan, surat 2018-yil, 7-mart kuni tasvirga olingan. Ikki hafta oldin Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan rejim bomba hujumlarini boshlaganidan beri 900 dan ortiq tinch fuqaro halok bo‘lgan. (Abdulmonam Eassa/AFP)

Suriya mudofaasi ko‘ngillisi Hamuriya shahriga tushgan bomba tufayli yonayotgan og‘ir yarador odam ustidagi olovni o‘chirishga harakat qilmoqda. Shahar poytaxt Damashq chekkasidagi qamalda qolgan Sharqiy G‘utada joylashgan, surat 2018-yil, 7-mart kuni tasvirga olingan. Ikki hafta oldin Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan rejim bomba hujumlarini boshlaganidan beri 900 dan ortiq tinch fuqaro halok bo‘lgan. (Abdulmonam Eassa/AFP)


5-mart kuni Damashq yaqinidagi qamalda qolgan Sharqiy G‘utaga Rossiya qo‘llab-quvvatlaydigan Suriya hukumati uyushtirgan havo hujumida jarohatlangan suriyalik bolakayga muvaqqat gospitalda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. [Abdulmonam Eassa/AFP]

5-mart kuni Damashq yaqinidagi qamalda qolgan Sharqiy G‘utaga Rossiya qo‘llab-quvvatlaydigan Suriya hukumati uyushtirgan havo hujumida jarohatlangan suriyalik bolakayga muvaqqat gospitalda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. [Abdulmonam Eassa/AFP]


6-mart kuni Sharqiy G‘utadagi muxolif kuchlar nazoratida bo‘lgan hududlarning Rossiya qo‘llab-quvvatlovidagi Suriya kichlari tomonidan o‘qqa tutilishi chog‘ida mamlakat fuqarolik mudofaasi ko‘ngillari jabrlanuvchiga yordam bermoqda. [Abdulmonam Eassa/AFP]

6-mart kuni Sharqiy G‘utadagi muxolif kuchlar nazoratida bo‘lgan hududlarning Rossiya qo‘llab-quvvatlovidagi Suriya kichlari tomonidan o‘qqa tutilishi chog‘ida mamlakat fuqarolik mudofaasi ko‘ngillari jabrlanuvchiga yordam bermoqda. [Abdulmonam Eassa/AFP]


1-mart kuni olingan suratda Rossiya harbiy politsiyasi xodimi Damashq yaqinidagi al-Vafidiyn chegara punktida Suriya prezidenti Bashar al-Assad (o‘ngda) va Rossiya prezidenti Vladimir Putin (chapda) portretlari o‘rtasida qo‘riqchilik postida turgani aks etgan. (Louai Beshara/AFP)

1-mart kuni olingan suratda Rossiya harbiy politsiyasi xodimi Damashq yaqinidagi al-Vafidiyn chegara punktida Suriya prezidenti Bashar al-Assad (o‘ngda) va Rossiya prezidenti Vladimir Putin (chapda) portretlari o‘rtasida qo‘riqchilik postida turgani aks etgan. (Louai Beshara/AFP)


Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif (chapda) va uning rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov Moskvada o‘tkazilgan Xalqaro konferensiyada birgalikda kulib turishibdi, 17-fevral. 18-fevral kuni Rossiya va Eron harbiylari tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Suriya armiyasi Sharqiy G‘utaga havodan va quruqlikdan shiddatli zarba berdi, buning natijasida 900 dan ortiq fuqaro, jumladan 179 nafar yosh bola halok bo‘ldi, deb xabar beradi Suriyadagi Inson huquqlari kuzatuvchilari. (IRNA)

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif (chapda) va uning rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov Moskvada o‘tkazilgan Xalqaro konferensiyada birgalikda kulib turishibdi, 17-fevral. 18-fevral kuni Rossiya va Eron harbiylari tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Suriya armiyasi Sharqiy G‘utaga havodan va quruqlikdan shiddatli zarba berdi, buning natijasida 900 dan ortiq fuqaro, jumladan 179 nafar yosh bola halok bo‘ldi, deb xabar beradi Suriyadagi Inson huquqlari kuzatuvchilari. (IRNA)

Suriya inson huquqlari kuzatuvchilari Saqba va Hammuriya shaharlariga berilgan havo zarbalari va gilzali bomba hujumlari natijasida Sharqiy G‘utada kamida 60 kishi nafas siqishi bilan bog‘liq muammolarga duchor bo‘lgan.

Sharqiy G‘utada joylashgan tibbiy tashkilotlarning birida shifokorlar xlordan zaharlangan kamida 29 ta bemorni davolashgan, deb xabar beradi Suriyaning muxolifat nazorati ostida bo‘lgan hududlarga yordam beruvchi tibbiy xayriya tashkiloti bo‘lmish Suriya-Amerika tibbiyot jamiyati.

Suriya va Rossiya keyingi “apokalipsisni” rejalashtirmoqda

Sharqiy G‘utada Rossiya ko‘magidagi Suriya armiyasi va ittifoqchilar harbiylari tomonidan Damashq yaqinidagi muxolifat qal’asini qaytarib olishga qaratilgan yangi tashviqot 18-fevral kuni kuchli havo va yer hujumi bilan boshlandi.

Suriya inson huquqlari observatoriyasining xabar berishicha, hukumat kuchlari isyonchilarga tegishli hududning yarmidan ko‘pini qaytarib olishga erishgan, ammo buning natijasida 900 dan ortiq fuqaro, jumladan, 179 nafar yosh bola halok bo‘lgan.

G‘utaning isyonkorlar nazoratidagi hududlariga havo zarbalari payshanba, 8-mart kuni ham davom etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha rahbari Zayd Ra’d al-Husain Suriya rejimi va uning ittifoqchilari keyingi “apokalipsisni” rejalashtirayotganini aytdi.

“Shu oyda, Sharqiy G‘utada”, dedi u.

“Kelasi oyda yoki ikki oy ichida, odamlar “qiyomat” bilan to‘qnash keladigan boshqa bir joy bo‘ladi, bu “qiyomat” xorijiy davlatlar (Rossiya va Eron nazarda tutilgan) qo‘llab-quvvatlaydigan, hukumat ichidagi muayyan shaxslar tomonidan rejalashtirilgan va amalga oshirilgan bo‘ladi.”

Yordam yetkazib berilishi kechikdi va qisqardi

Payshanba kuni Sharqiy G‘utaga yordam ko‘rsatish tashkilotlari zaruriy oziq-ovqat va tibbiy mahsulotlartni yetkazib berishni ortga surdi, bunga Rossiya ko‘magidagi Suriya rejimi uyushtirgan havo va yer hujumlari sabab bo‘lgan.

“Bu yerdagi vaziyatning keskinlashib borayotgani va biz bunday sharoitda ishlay olmasligimiz sababli, bugungi yordam kechikdi”, deydi Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi matbuot kotibi Ingy Sedky AFP nashriga.

Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi, BMT va Suriya-Arab Xalqaro qizil xoch qo‘mitasining qo‘shma karvoni sharqiy G‘utadagi asosiy shahar bo‘lmish Dumaga yordam yetkazib berishi kutilmoqda.

AFPga ko‘maklashuvchi jurnalist payshanba kuni Sharqiy G‘uta chekkasidagi hukumat nazoratida bo‘lgan al-Vafidin chegara postida turgan yuk mashinalarini ko‘rgan.

Shiddatli bomba hujumlari sababli, Sharqiy G‘utaga yordam yetkazib berish bu haftada ikkinchi bor kechikmoqda.

Dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari yakshanba kuni yetkazib berilishi kerak edi, ammo ular rejim tominidan ba’zi tibbiy materiallar, jumladan, jarrohlik to‘plamlari, dializ uskunalari va insulin kabi dorilarning kiritilishiga ruxsat berilmagani sababli to‘xtatildi.

“Bu taqiq bilan rejim fuqarolarni davolanish uchun Sharqiy G‘utani tark etishga majburlayotganga o‘xshaydi”, dedi al-Sahli.

“Rossiyaning sulhi qo‘pol hazilga o‘xshaydi”

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi 24-fevral kuni harbiy harakatlarning 30 kunga to‘xtatilishini talab qildi, ammo bu qaror tinch aholiga yordam berish uchun yetarli bo‘lmagan.

Kengash chorshanba kuni muvaffaqiyatsiz sulhni muhokama qilish uchun 3 soatlik yopiq majlisga yig‘ilgan.

Rossiyaning fevral oyi oxirida e’lon qilgan avvalgi “gumanitar pauzasi” Sharqiy G‘utadagi zo‘ravonlikni to‘xtatolmadi va qamalda qolgan 400 000 aholisining ishonchini qozona olmadi.

Anklavdagilarning aksariyati Damashqning bosh ittifoqchisi tarafidan e’lon qilingan “pauzaga” shubha bilan qaradilar.

“Rossiyaning bu sulhi – qo‘pol hazil. Rossiya har kuni bizni bombalab, o‘ldirishda davom etmoqda”, deydi Duma shahridan bo‘lgan 25 yashar Samir Al-Buaydaniy.

“Men yoki oilam uchun ushbu tuzumni tark etish xavfsiz ekaniga ishonchim komil emas”, dedu u AFPga.

Suriya hukumati BMT bosh kotibi “Yer yuzidagi jahannam” deb atagan hududdan qochishni istagan Al-Vafidiyn aholisi uchun avtobuslarni jo‘natgan.

Biroq, Rossiya va Suriya prezidentlari Vladimir Putin va Bashar Asadning katta portretlari osilgan nazorat-o‘tkazish punktini qo‘riqlagan hukumat kuchlari tarafida birorta ham oddiy fuqaro ko‘rinmadi.

Suriya bozorini bombalagan Rossiyaning “harbiy jinoyati”

Bu orada, Rossiya harbiylari o‘tgan yil oxirida Suriyada odamlar bilan to‘la bozorga qaqshatqich havo zarbasini bergan, deb ma’lum qilganlar BMT tergovchilari seshanba, 6-mart kuni. Ular mazkur hujum “harbiy jinoyat” deb hisoblanishi mumkinligini qo‘shimcha qilganlar.

13-noyabr kuni Suriya shimolida isyonchilar nazorati ostida bo‘lgan Atarib shahridagi bozorning havodan o‘qqa tutilishi natijasida kamida 84 kishi hayotdan ko‘z yumgan, taxminan 150 kishi jarohatlangan, deyiladi inson huquqlari bo‘yicha BMT komissiyasining oxirgi ma’ruzasida.

“Komissiya Rossiya samolyotlari tinch aholi yashaydigan hududlarda boshqarilmaydigan portlovchi qurollarni ishga solganini tasdiqladi”, deb ma’lum qildi komissiya raisi Paulu Pinyeyru Jenevada jurnalistlarga.

Harbiy jinoyatlar bo‘yicha tergovchilarning ta’kidlashicha, “aholi zich yashaydigan hududlarda boshqarilmaydigan bombalar, jumladan, portlovchi qurollarni ishga solish – betartib hujumlarni amalga oshirish bilan bog‘liq harbiy jinoyatga tenglashtirilishi mumkin”.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 243

Fikrlar 9

Captcha
Георгий | 2018-04-02

Barcha harbiy jinoyatlar tergov qilinadi va ertami-kechmi aybdorlar jazoga tortiladi!

Javob berish
Отец лжи дьявол и вы его рабы | 2018-04-02

Juda tez kunda bu yolg‘onlar chirigan davlatlar ustiga ming karra og‘irroq bo‘lib qulaydi. O‘shanda bu yolg‘onchi, hiylakor va jinoyatchi davlatlar radioaktiv kukun nafas olishni qanchalik qiyinlashtirishini tushunib yetadilar.

Javob berish
казах | 2018-03-30

Sotqinmi ular?

Javob berish
ман | 2018-03-24

MRBning jirkanch yolg‘oni! Yaramas, sotqin nashr.

Javob berish
Temur Malik | 2018-03-11

Alloh qilayotgan vahshiyliklari uchun Asadning jallodlari va Putinchilarning jazosini bersin. Omin!!

Javob berish
ман | 2018-03-24

Nik uchun tanlangan ismni sharmanda qilmang. Hammasiga AQSH va uning bir to‘da yevropalik shoqollari aybdor.

Javob berish
Фарид | 2018-03-25

Bu sayt qachondan beri Rossiyaga nisbatan nafrat socha boshladi?

Javob berish
Анара | 2018-03-29

Saytning asl maqsadi ham shu. Bu yerda chop etilayotgan materiallarga nazar soling. Maqsad - faqat tajovuz va millatlararo nizo keltirib chiqarish.

Javob berish
Георгий | 2018-04-02

Bu yerda haqiqatni ko‘rsatish foyda bermaydigan davlat telekanallarida aytilmaydigan narsalarni yozishadi shekilli.

Javob berish