Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-03-09 | Ayollar huquqlari

Qonunlarning kuchayganiga qaramay, Markaziy Osiyo ayollari hanuzgacha zo‘ravonlik va diskriminatsiyaga duch kelmoqdalar

Ona qizi bilan o‘yinchoqlar do‘konini aylanib yuribdi, Olmaota, 8-mart. “BMT-ayollar” tashkilotiga ko‘ra, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda bolalarni voyaga yetkazish hamda uy-ro‘zg‘or ishlaridagi asosiy og‘irlik ayollar zimmasiga tushadi. [Kseniya Bondal]

Kseniya Bondal

OLMAOTA – Dunyo 8-mart kuni nishonlanadigan Xalqaro xotin-qizlar bayramini e’tirof etar ekan, Birlashgan millatlar tashkiloti va mahalliy nodavlat tashkilotlar Markaziy Osiyodagi ko‘plab ayollarning jismoniy, jinsiy va ruhiy zo‘ravonlikdan aziyat chekayotganiga e’tibor qaratdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tengligi hamda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha (“BMT-ayollar”) idorasi xabariga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi har uch ayoldan biri kaltaklanish, jinsiy zo‘ravonlik yoki boshqa shafqatsiz munosabatga duch keladi.

“Bundan tashqari, (ko‘pincha diniy deya noto‘g‘ri talqin qilinadigan) mavjud urf-odatlar va ijtimoiy-madaniy amallar ayollarning o‘z ixtiyoricha yashashiga yo‘l qo‘ymaydi”, deydi “BMT-ayollar” tashkilotining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Eleyn M. Konkievich Karvonsaroy nashriga.

Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi sink zavodida mehnat qilayotgan ishchi ayol. “BMT-ayollar” tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar, erkak kishi ishlab topadigan o‘rtacha mablag‘ning uchdan bir qismini topadilar. [Vladimir Tretyakov]

“Butun mintaqada ayollar o‘z huquqlari haqida yetarli bilimga ega emas”, deydi u.

15-49 yosh oralig‘idagi nikohda yoki erkin turmushda bo‘lgan tojik ayollarining faqatgina 40,9 foizi “jinsiy munosabatlar va kontratseptiv vositalar, tibbiy xizmatdan foydalanish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qiladilar”, dedi u. Qirg‘izistonda bu ko‘rsatkich 76,6 foizni tashkil etadi.

“Mintaqaning ayrim mamlakatlarida majburiy nikoh keng tarqalgan. Qozog‘iston va Qirg‘izistonda kelin o‘g‘irlash amaliyoti hanuzgacha saqlanib qolgan”, dedi u. “Misol uchun Tojikistonda, 15 yoki undan ham yosh turmush qurgan qizlar o‘rtacha 17 yoshlarida birinchi farzandlarini dunyoga keltiradilar.”

Zo‘ravonlik va g‘alaba haqidagi hikoya

Qozog‘istonning Oqto‘ba shahridan bo‘lgan ayol o‘zining zo‘ravonlikda kechgan turmushi haqida so‘zlab berdi.

O‘zini himoyalash uchun “Alina” taxallusini olgan 30 yashar ayol besh yil davomida eri tomonidan kaltaklanganini aytadi.

“Erim birinchi marta menga to‘yimizdan bir yil o‘tib qo‘l ko‘tardi”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Men uni yaxshi ko‘rganligim sababli kechirgan edim.”

“Tezda homilador bo‘ldim va hammasi o‘z joyiga tushdi”, dedi u va uning eri o‘zgarishga so‘z berganini qo‘shimcha qildi.

Ammo, Alina o‘g‘li to‘rt oylik bo‘lganidan so‘ng, eri uni muntazam ravishda do‘pposlashga o‘tganini aytdi.

“O‘glimiz ulg‘aygani sari, otasi onasini urganini ko‘rib qo‘rqar va yig‘lar edi... Men bunga ortiq sabr qila olmas edim”, dedi u. “Men qochib ketdim.”

O‘sha vaqtlarda Alina yashagan Aktau shahridagi inqiroz markazi unga o‘g‘li bilan qochishiga yordam berganini aytarkan, tafsilotlarni oshkor etmadi. U hozir Aqto‘badagi do‘konlarning birida kassir bo‘lib ishlaydi va to‘rt yoshli o‘g‘li bilan birga yashaydi.

Hech bir ayol o‘zining tahqirlanishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak, deydi Alina.

Oilaviy zo‘ravonlik mintaqada “jiddiy muammo” bo‘lib qolmoqda

Qozog‘istonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik tez-tez sodir bo‘lib turadi, huquqiy himoya esa zaif, deydi BMT Aholishunoslik jamg‘armasining ijro etuvchi hamkori va Janubiy Qozog‘iston viloyati tadbirkorlar uyushmasi raisi, chimkentlik Quralay Bekenova.

“Har bir viloyatdagi militsiya boshqarmalarida ayollarni zo‘ravonlikdan asrash bo‘limlari mavjud”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Ammo, do‘pposlangan ayol boshqarmaga kelib zo‘ravonlikka uchragani haqida ariza yozsa... u qayerga boradi? Qaytib zo‘ravon eri oldigami?”

“Iqtisodiy qaramlik uni uyiga qaytib borishga majbur qiladi”, deydi u.

2016-yilda 36 nafar qozog‘istonlik ayol oilaviy zo‘ravonlik natijasida hayotdan ko‘z yumgan, deb ma’lum qilgan edi Qozog‘istonning o‘sha vaqtdagi bosh prokurori Jakip Asanov 2017-yil aprel oyida, Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining qozoq xizmati xabariga ko‘ra.

Qozog‘istonda 2016-yilda ayollarga nisbatan 2500 ga yaqin jinsiy tajovuz holatlari qayd etilgan, dedi u.

Qirg‘izistonda ham oilaviy tajovuz bilan bog‘liq jiddiy muammolar mavjud, deydi BMT Taraqqiyot dasturining Qirg‘izistondagi gender masalalari bo‘yicha koordinatori, bishkeklik Umutayi Davletova.

2017-yilda minglab qirg‘iz ayollari oilaviy tajovuzga duch kelishgan, deydi u. Hukumat rasmiy raqamlar 3524 ga teng ekanini aytadi, mamlakatdagi inqiroz markazlarining ma’lumotiga ko‘ra esa bu ko‘rsatkich 8458 tani tashkil etadi.

Zo‘ravonlikka uchragan qirg‘iz ayollari uchun adolatli yechim topilishi mushkul masala, deydi u jinsiy zo‘rlash bilan bog‘liq holatlarda huquqiy vaziyatga baho berarkan.

2012-2015-yillarda qirg‘iz sudlari 149 ta jinsiy tajovuzkorni aybdor deb topdi, dedi u. “13 ta oqlov hukmi chiqarildi va 237 ta ish rad etildi. Rad etilgan ishlarning ko‘pchiligida jabrlanuvchilar jamoatchilik oldida sharmandalik, qo‘rquv va to‘lovlar uchun pul yetishmasligi sababli, o‘z da’volaridan voz kechganlar.”

Zo‘ravonlikning yana bir ko‘rinishi – kelin o‘girlash Qirg‘iziston qishloqlarida keng tarqalgan va u yerdagi 60 foiz nikohlar shu yo‘l bilan amalga oshadi, dedi u.

O‘zbekistonda “ayol huquqlari” tushunchasi kundalik hayot va mehnat faoliyatiga o‘rnasha olmadi, deydi O‘zbekiston Milliy universitetining sotsiologiya bo‘yicha ma’ruzachisi, toshkentlik Nodira Latipova Karvonsaroy nashriga.

“Xususan, oilaviy zo‘ravonlik holatlarida ayollar ariza yozadilar-u, ertasi kuni uni qaytib oladilar”, dedi u.

Tojikistonda oilaviy zo‘ravonlik “birinchi o‘rinda” turgan muammo, deydi “Sharq ayollari” nodavlat tashkiloti rahbari, panjakentlik Fotima Sharipova Karvonsaroy nashriga.

Tojikistonlik deputatlar 2013-yil, mart oyida oilaviy zo‘ravonlikni taqiqlovchi qonunni qabul qilishdi, biroq uni tadbiq etish mexanizmi amalga oshmadi, dedi u.

Iqtisodiy mustaqillikning muhimligi

Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida bo‘lgani kabi, qozog‘istonlik ayollar ham siyosiy va iqtisodiy ta’sirni kuchaytirishda muammolarga duch kelmoqdalar.

Yaxshi ish joyi izlayotgan ayollar, bir kun kelib haq to‘lanadigan tug‘ruq ta’tiliga chiqishlariga to‘g‘ri keladi, deydi BMTning aholishunoslik jamg‘armasi vakili Bekenova.

“Agar ayol kishining farzandlari bo‘lsa, ular kasal bo‘lishlari tayin”, dedi u. “Demak, ona kasal kunlari hisobidan mehnat ta’tiliga chiqishi kerak. Shu sabab ham, ishga oluvchilar intervyu vaqtida erkaklarni afzal ko‘rishadi.”

Bundan tashqari, Qozog‘istonda ayollar sog‘liqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy xizmatlar sohasida ishlaydigan ishchilarning 70 foizdan ortig‘ini tashkil etadigan kam haq to‘lanadigan kasblar bilan ajralib qolishgan.

Markaziy Osiyoda ayollarning siyosiy sohadagi ishtiroki tenglikdan anchayin past, dedi “BMT-ayollar” tashkiloti vakili Konkievich.

Mintaqada ayollarning parlamentdagi o‘rinlari eng kami Tojikistonda – 14,7 foiz va eng ko‘pi Qozog‘istonda 20,1 foizlik ko‘rsatkich o‘rtasida, dedi u.

Erkaklar ko‘proq daromadli bo‘lgan qurilish, neft-gaz va boshqa resurslar, qazib olish sanoatlari, transport kabi sohalarni egallaganlari sabab, “ayollar erkaklar ishlab topadigan daromadning o‘rtacha uchdan birini topadilar”, deydi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 11

Fikrlar

* Majburiy
Captcha