Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-03-14 | Salomatlik

Sog‘liqni saqlashga oid reja Qozog‘istonda bepul dori-darmon olishni osonlashtiradi

Qozog‘istonlik ayol Taraz shahrining 7-kichik tumanidagi dorixonaga tashrifi chog‘ida, 1-mart kuni olingan surat. Qozog‘iston hukumati joriy yilda mamlakat bo‘ylab 3,8 mln. bemorni bepul tibbiy dori-darmon bilan ta’minlamoqchi. (Aleksandr Bogatik)

Aleksandr Bogatik

OSTONA – Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi rejasiga ko‘ra, 2018-yilda qariyb 4 mln. nafar fuqaro bepul dori-darmon bilan ta’minlanadi.

Bu yilgi reja tibbiy hujjatlarning qog‘ozbozlikdan xoli bo‘lgan umummilliy tizimini yaratish va boshqa maqsadlarni o‘z ichiga olgan, deyiladi vazirlikning 28-fevral kungi xabarida.

Bepul dori-darmonlar oluvchi bemorlar soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda.

“2017-yilda 2,5 mln. nafar bemor jami 91,5 mlrd. tenge (286 mln. dollar) qiymatidagi dori-darmon bilan ta’minlangan, 2018-yilda esa biz jami 3,8 mln. nafar bemorga umumiy qiymati 128 mlrd. tenge (400 mln. dollar) bo‘lgan dori vositalarini taqdim etishni rejalashtirganmiz”.

Bepul dori vositalari olishni osonlashtirish

Tarazlik 69 yashar nafaqaxo‘r Anatoliy Ragutin har oy 20 ming tengelik (62 AQSH dollari) dori vositalarini bepul olishini aytadi.

“Men diabetga qarshi insulin va yurak uchun dorilar olaman”, dedi u Karvonsaroyga. U 90 ming tengelik (280 dollar) pensiyasi bilan qimmat dorilar sotib olishga qurbi yo‘qligini aytdi.

Dorilarni olish qiyin emas, shifokor imtiyozli retsept yozib beradi, bu retsept bilan dori vositalarini dorixonadan bepul olish mumkin.

Yaqin orada ushbu jarayonni yanada osonlashtirish rejalangan. Unga ko‘ra, bemorlar klinikalarning o‘zida bepul dori vositalari bilan ta’minlanishi mumkin, dedi Karvonsaroyga Chimkentdagi “Densauliq” (“Salomatlik”) jamoat tashkiloti koordinatori Leyla Imanova.

“Qozog‘istonda sog‘liqni saqlash sohasidagi yagona (qog‘ozsiz) axborot tizimi tibbiyot xodimlari va bemorlar hayotini yengillashtiradi” dedi u. “Shifokor qabuliga yozilish, klinika tanlash yoki bepul jarrohlik amaliyotiga navbatga turish osonlashadi”.

Qog‘ozsiz hujjat tizimi 2019-yildan ishga tushishi kutilmoqda.

Bepul dori-darmon bilan ta’minlash qamrovini kengaytrish

Bepul dori-darmon bilan ta’minlash rejasi 40 dan ortiq xastalikni qamrab olgan, dedi Imanova va hukumat “bepul dori-darmon olish imtiyozini beruvchi kasalliklar ro‘yxati”ni yanada kengaytirishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi.

“Birinchi o‘rinda bu qandli diabet, yurak-qon tomir xastaliklari, tarqoq skleroz va boshqa jiddiy kasalliklar bilan og‘riganlardir”, dedi dastur haqida o‘z kuzatuvlari bilan o‘rtoqlashgan Ragutin.

“Bizda barcha kerakli dorilar bor. Ayrim toifadagi bemorlar esa dori-darmonlarni bepul olishadi”, dedi Jambul tumani tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini nazorat qilish qo‘mitasi rahbari Madina Shinaliyeva Karvonsaroy nashriga.

Qo‘mita muntazam ravishda dori-darmonlar sifati va ularning yetarli miqdorda ekanligini nazorat qilib turadi, dedi u.

Sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash

2017-yil oxiriga kelib, Qozog‘iston sog‘liqni saqlash bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarini yaxshiladi: umumiy o‘lim korsatkichi 3 foizga, sil kasalligiga oid o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaygan, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

So‘nggi yillarda tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida sezilarli yutuqlarga erishildi, dedi Imanova.

“Bu statistik ma’lumotlardan ham ko‘rinib turibdi... klinika va shifoxonalarga borib, o‘zimiz ham buning guvohi bo‘lyapmiz”, dedi u. “Masalan, tez yordam mashinalari ertaroq yertib kelmoqda, bemorlarni davolash yaxshilandi. Bemorlarning zaruriy dori-darmon bilan ta’minlanmay qolishi bilan bog‘liq holatlar kamaygan.”

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar

* Majburiy
Captcha