Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-03-16 | Terrorizm

Afg‘onistonga ko‘chayotgan “Islom davlati” jangarilarini muqarrar o‘lim kutmoqda


“Islomiy davlat”ning Afg‘onistondagi bo‘limi tomonidan chiqarilgan videoroliklarning ko‘pchiligi guruh a’zolarining tog‘li hududlarda yaxshi qurollanmagan, sovuqdan qaltiragan, boshpanaga muhtoj, oziq-ovqat va kerakli jihozlarning yetishmaslidan aziyat chekayotgan holatda ekanini ko‘rsatmoqda.

“Islomiy davlat”ning Afg‘onistondagi bo‘limi tomonidan chiqarilgan videoroliklarning ko‘pchiligi guruh a’zolarining tog‘li hududlarda yaxshi qurollanmagan, sovuqdan qaltiragan, boshpanaga muhtoj, oziq-ovqat va kerakli jihozlarning yetishmaslidan aziyat chekayotgan holatda ekanini ko‘rsatmoqda.

Sulaymon

KOBUL – “Islom davlati” chaqirig‘i bilan Afgo‘nistonga kelmoqchi bo‘lgan terrorchilar, bu ishni qilishdan avval ikki marta o‘ylab ko‘rishlari kerak, deydi Afgon rasmiylari va tahlilchilar.

4-mart kuni IDning Xuroson bo‘linmasi 25 daqiqali videoni e’lon qildi, unda “ko‘chish uchun boshpana” sifatida shimoliy va sharqiy Afg‘oniston tilga olingan bo‘lib, bu Iroq va Suriyaga kela olmayotgan jangarilar uchunligi ta’kidlangan, deb xabar berdi SITE Intelligence Group 6-mart kuni.

“Ey, dunyoning turli chekkalaridagi musulmonlar! Xurosonga hijrat qiling! Agar Iroq va Shomga (Suriya) hijrat qila olmasangiz, Xurosonga keling”, deydi jangari videoda. Bunda u bugungi Afg‘oniston, Pokiston va ularga qo‘shni davlatlarning bir qismini o‘z ichiga olgan tarixiy hududni nazarda tutgan.


“Islom davlati”ning 4-mart kuni chiqarilgan tashviqot videoroligidan olingan kadrda koalitsiyaning ommaviy panohgohga qarata bergan havo hujumining oqibatlari aks ettirilgan.

“Islom davlati”ning 4-mart kuni chiqarilgan tashviqot videoroligidan olingan kadrda koalitsiyaning ommaviy panohgohga qarata bergan havo hujumining oqibatlari aks ettirilgan.


“Islom davlati”ning 4-mart kungi videoroligidan olingan kadrda aqldan ozayozgan afg‘onistonlik bolakay tasvirlangan. Guruh Afg‘onistondagi nizoda koalitsiyani tinch aholi vakillarini o‘ldirishda ayblashga urinsa-da, so‘nggi oylarda “Islom davlati”ning afg‘onistonliklarga qarshi sodir etgan qonli hujumlari buning aksidan dalolat bermoqda.

“Islom davlati”ning 4-mart kungi videoroligidan olingan kadrda aqldan ozayozgan afg‘onistonlik bolakay tasvirlangan. Guruh Afg‘onistondagi nizoda koalitsiyani tinch aholi vakillarini o‘ldirishda ayblashga urinsa-da, so‘nggi oylarda “Islom davlati”ning afg‘onistonliklarga qarshi sodir etgan qonli hujumlari buning aksidan dalolat bermoqda.


“Islom davlati” guruhining 4-mart kungi videoroligidan olingan kadrda guruh a’zolarining himoyasiz fuqarolarga qarata o‘q uzayotgani tasvirlangan.

“Islom davlati” guruhining 4-mart kungi videoroligidan olingan kadrda guruh a’zolarining himoyasiz fuqarolarga qarata o‘q uzayotgani tasvirlangan.

Pushtu, fors va o‘zbek tillaridagi xabarlarni o‘z ichiga olgan videoda, terrorchi guruhlarning vahshiyligi, jumladan, yosh bolalarni harbiy askarlikka tayyorlash va mahbuslarning qatl qilinishi tasvirlangan.

ID inqiroz yoqasida

Afg‘onistonga ID safiga qo‘shilish maqsadida kelayotgan jangarilar faqat o‘lim topadilar, sababi guruh inqirozga uchrash arafasida, deb xabar beradi Afg‘oniston Mudofaa vazirligi.

“Afg‘onistonda IDning barcha rejalari muvaffaqiyatsizlikka uchradi va guruh yengildi”, deydi Mudofaa vazirligi matbuot kotibi, general Davlat Vaziriy Salaam Times nashriga. “IDning Xuroson bo‘linmasi o‘zining sharqiy va janubiy hududlardagi aksar a’zolarini, qurollarini va jangovar qobiliyatini yo‘qotdi.”

“O‘tgan ikki yil ichida deyarli 3500 nafar ID jangarilari o‘ldirildi, 1000 dan ortig‘i yaralandi va 500 dan ziyodrog‘i qo‘lga olindi”, dedi u.

ID terrorchilari “Afg‘oniston ular uchun xavfsiz panoh emasligini va Afg‘onistonning shimoli yoki sharqiga qarab yursalar, u yerda aholi va xavfsizlik kuchlari tomonidan yo‘q qilinishlarini bilishlari kerak”, dedi Vaziriy.

“ID jangarilari Nangarhor viloyatida barcha harbiy bazalarini qo‘ldan chiqardilar, bir vaqtlar bu yerlar ularning bosh qarorgohlari bo‘lgan edi. Ikki yil oldin mamlakatning sharqiy qismida ularning 4000 nafar a’zolari bor edi, ammo hozir ular 400 ga ham yetmaydi”, dedi u.

“Nangarhorning chekka hududlarida qolgan ID jangarilarini yo‘q qilish uchun havo va yer hujumlari olib borilmoqda”, deb qo‘shimcha qildi u.

Nomaqbul terrorchi guruh

IDning Afg‘onistondagi mag‘lubiyatiga jamoatchilik qarshiligi va uning xavfsizlik kuchlari bilan hamkorligi sabab bo‘ldi.

“ID Afg‘onistonga Islom xalifaligini tuzish da’vosi bilan keldi, u Islom dini va va afg‘on musulmonlaridan foydalanib, Iroq va Suriyadagi yo‘qotishlaridan so‘ng Afg‘onistonni o‘ziga qarorgoh qilib olmoqchi bo‘ldi”, dedi Kobul universiteti professori Dovud Ravash Salaam Times nashriga.

“Biroq, uning mafkurasi va hatti-harakatlari afg‘on xalqining g‘oyalari va madaniyatiga zid edi. Islom xalifaligi haqiqatdan yiroq bo‘lgan bir shior edi, xolos”, dedi u.

Afg‘onistonliklar o‘zboshimchalik bilan e’lon qilingan “xalifalik” tarafdorlarining maqsadi mo‘tadil Islom emas, balki diniy ekstremizm va terrorchilikni targ‘ib etish ekanligini tushunib yetdilar. “Shu sababdan ham afg‘on xalqi ID va uning “xalifaligi”ni rad etib, unga qarshi urush boshladi”.

ID tomonidan Suriya va Iroqda sodir etilgan xunrezliklarga butun dunyo, jumladan, uzoq yillar terrorizm bilan kurashib kelgan Afg‘onistonliklar ham guvoh”, deydi Ravash. “Bunday guruhning mavjud bo‘lishi afg‘on jamiyati uchun hech qachon maqbul bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham.”

“Shu bois, ID Afg‘oniston hududida o‘z qarorgohini joylashtira olmaydi”, dedi u. “Afg‘onlar oxirgi 2-3 yilda bo‘lgani kabi, Abu Bakr Al-Bag‘dodiy rahbarligidagi har qanday terrorchilik tashkilotiga qarshi bo‘ladilar”.

Tolibon ham IDga qarshi

Hattoki Tolibon ham IDning Afg‘onistonga suqilib kirishiga toqat qilolmaydi.

So‘nggi ikki oy ichida ID va Tolibon a’zolari Lag‘mon viloyatida to‘qnash kelishdi. Ushbu qarama-qarshilik natijasida ikki taraf ham ulkan yo‘qotishlarga uchradi. Afg‘on milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari esa vaziyatdan unumli foydalanib, ushbu terrorchi guruhlarni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyani boshladi.

O‘tgan yil oxirida ID va Tolibon Nangarhor viloyati hududini egallash uchun urushgan, noyabrda esa Javzan va Nangarhordagi “shiddatli va jiddiy nizolardan so‘ng”, bu ikki guruh bir-biriga qarshi “jihod” e’lon qilgan edi, deb xabar berdi mahalliy rasmiylar Salaam Times nashriga.

O‘tgan yil may oyida rasmiylar Salaam Times nashriga ID va Tolibon aholini talon-taroj qilish imkoniyati uchun butun Afg‘oniston hududi bo‘ylab bir-biriga qarshi jang qilayotganini aytgan edilar.

ID zulmiga qarshi kurash

“ID Nangarhorda ikki yil davomida bo‘ldi va bu vaqt ichida ko‘plab vahshiyliklar va jinoyatlarni sodir etishga ulgurdi”, deydi viloyati kengashi a’zosi Zabihullo Zemaray.

“Guruh uylarga o‘t qo‘ydi, ayollarni o‘g‘irladi, qabila oqsoqollari va din ulamolarini qatl qildi, maktablar va tibbiyot markazlarini yopdi”, dedi u Salaam Times nashriga.

“U aholidan sodiqlik qasamyodini olishga bor kuchi bilan harakat qildi”, dedi u. “Biroq, bularning bari tamoman teskari natija berdi”.

“Nangarhor aholisi IDga qo‘shilishdan bosh tortib, o‘z xavfsizlik kuchlari bilan unga qarshi turdi”, dedi Zemaray. “Ular IDga qarshi jang qildilar”.

Nangarhor aholisi IDga viloyatda o‘rnashib olishga yo‘l qo‘ymaslik bilan birga, xavfsizlik kuchlari bilan bir safda IDning qolgan a’zolarini tor-mor etish uchun kurashmoqdalar”, dedi u. “Nangarhor aholisi ushbu terrorchilik guruhining mag‘lub etilishida katta rol o‘ynadi”.

“Mamlakatning butun tarixi davomida, afg‘on xalqi biror xorijlik liderga sodiqlik qasamyodini bergan emas”, deydi u. “Shu bois ular ID terrorchilik guruhiga bay’at berishdan bosh tortibgina qolmay, balki dini va madaniyatiga qaramay, ushbu guruhga qo‘shilish ehtimolidan ham yiroq emaslar.

“ID terrorchilari bu yerga kelmasliklari kerak, chunki ularning barcha rahnamolari, shuningdek, Xuroson bo‘limiga mansub ko‘pgina jangarilar Afg‘on zaminida o‘lim topgan”, dedi Zemaray.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 10

Fikrlar 0

Captcha