Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-03-21 | Iqtisodiyot

Onlayn bandlik markazi Qozog‘istonda ishsizlikning oldini olishga ko‘maklashadi


Qozog‘istonliklar Tarazning Auyl Bereke bozorida, 6-mart. Qozog‘iston hukumati ishsizlik darajasini kamaytirish va o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlagan fuqarolarni (ularning aksariyati majburiy mehnatdan himoyalanish maqsadida rasmiy shartnomalarsiz ishlaydi) himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda. (Aydar Ashimov)

Qozog‘istonliklar Tarazning Auyl Bereke bozorida, 6-mart. Qozog‘iston hukumati ishsizlik darajasini kamaytirish va o‘z-o‘zini ish bilan ta’minlagan fuqarolarni (ularning aksariyati majburiy mehnatdan himoyalanish maqsadida rasmiy shartnomalarsiz ishlaydi) himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda. (Aydar Ashimov)

Aydar Ashimov

OLMAOTA – Qozog‘iston hukumatining bandlik bo‘yicha yangi elektron markazi - Enbek.kz ish beruvchilar va davlatning ish bilan ta’minlash idoralarini ish izlovchilar bilan bog‘lab, ularni bir platformaga jamlaydi.

1-yanvar kuni Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ishga tushirgan veb-saytda 62000 ga yaqin ish izlovchilar o‘z rezyumelarini joylagan, dedi vazir o‘rinbosari Nurjan Altayev 7-mart kuni Ostona shahrida jurnalistlarga.

Shu bilan birga, ish beruvchilar tomonidan 30000 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilindi, dedi Altayev va veb-sayt 35 ta xususiy bandlik idorasi, to‘qqizta ommaviy axborot vositasi hamda vebsaytlar bilan hamkorlik qilishini aytib o‘tdi.

Mazkur loyiha 2018-yilda Markaziy Osiyodagi iqtisodiy o‘sish sababli paydo bo‘lgan nekbinlik va Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan savdo-sotiq munosabatlaririvojlanayotgan bir paytda tashkil etildi.

Minglab odamlarga ish topishga ko‘maklashish

Yanvar oyi holatiga ko‘ra, mamlakatda 440000 fuqaro ishsiz bo‘lgan, bu esa ishsizlik darajasi 5 foiz ekanligini anglatadi, deb xabar beradi Qozog‘iston statistika qo‘mitasi.

Enbek.kz veb-sayti “muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda” va shu kungacha 19000 qozog‘istonlikka ish topishga yordam berdi, deydi Altayev.

Istagan internet foydalanuvchisi ushbu tizimga kirishi va mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini tekshirib, ularga joylashish uchun murojaatnoma yuborish imkoniyatiga ega.

Olmaotalik Eduard Novikov shunday internet foydalanuvchilardan biri. “Men bandlik markazi orqali oylik maoshi 120000 tengeni (373 AQSH dollari) tashkil qiluvchi elektriklik ishini topdim”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Hukumat bergan ma’lumotga ko‘ra, Qozog‘istonda o‘rtacha oylik maosh 163 ming tengeni (510 AQSH dollari) tashkil qiladi.

Novikovning so‘zlariga ko‘ra, u oddiy ro‘yxatga olish jarayonidan o‘tgan va ish izlovchi arizasini topshirgan.

“Qozog‘istonda ish izlayotgan har bir odam bandlik markazi veb-saytiga o‘tib, o‘ziga mos kelgan variantni tanlashi mumkin”, deydi “Akyl” nodavlat tashkilot rahbari, olmaotalik Nazerke Miyatova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha ko‘pgina ma’lumot manbalarini birlashtirgani sababli muvaffaqiyatga erishgan.

“Barcha mavjud ish o‘rinlari bir joyga to‘plangan”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Yirik mahalliy ish beruvchilar bo‘sh ish o‘rinlari haqida veb-saytda e’lon berishlari kerak.”

Uning tashkilotida ishlagan ikki ko‘ngilli xodim ham markaz yordamida doimiy ish o‘rniga ega bo‘lgan.

“Bu ajoyib lohiya, u ishsizlarga ish topish va o‘z oilalarini boqish uchun pul ishlashga imkon beradi”, dedi u.

Mustaqil ish yurituvchilarni “panadan” olib chiqish

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 8,6 million yoshi kattalar asosiy ishchi kuchini tashkil qiladi, bu esa 15 va undan katta yoshdagi aholining 66,4 foizi demakdir.

Idora tomonidan 2017-yilda o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, Qozog‘istonda 10 foiz ishchilar zararli yoki xavfli sharoitlarda, 25 foizi esa haftada 40 soatdan ortiq mehnat qiladi.

Ishchilarning to‘rtdan biri hujjatsiz, mustaqil ravishda mehnat qiladi.

“Qozog‘istonda ishchilarning to‘rttadan biri mustaqil ishlaydi, ya’ni, ularning mehnat faoliyati hech qayerda rasmiylashtirilmagan”, deydi ostonalik siyosiy tahlilchi Yevgeniy Kryuchkov Karvonsaroy nashriga. Bunday ishchilar “o‘zlari istagan yo‘l bilan pul topadilar.”

Uning aytishicha, hukumat mustaqil ishlaydiganlarni “soyadan” chiqarishni maqsad qilgan.

“Ular soliq to‘lamaydilar, shu bilan birga ish beruvchilarning o‘zboshimcha hatti-harakatlaridan himoyalanmaganlar”, dedi u. “Agar mehnat shartnomangiz bo‘lmasa, sizda hech qanday kafolat yo‘q. Haqsiz qolish yoki huquqning poymol qilinishi bilan bog‘liq boshqa holatlar tez-tez uchrab turadi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 0

Captcha