Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss

2018-03-22 | Jinoyat va adolat

Elektron hujjat tizimi O‘zbekistonliklarga sudda o‘z huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashadi

Farg‘ona tumanlararo fuqarolar sudi sudyasi Elyorjon Ismoilov shu yilning yanvar oyida BMTning doimiy muvofiqlashtiruvchisi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Helena Freyzerga (suratda o‘ngda) E-SUD dasturini namoyish qilmoqda. (UNDP)

Maksim Yeniseyev

TOSHKENT – AQSH tomonidan moliyalashtirilgan sud hujjatlarini boshqarish elektron tizimi o‘zbekistonliklar orasida ommalashib bormoqda.

O‘zbekistonda 2013-yilda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) ko‘magida amaliyotga joriy etilgan E-SUD tizimi keraksiz qog‘ozbozlikni kamaytirish orqali, O‘zbekistonda sud ishlarini olib borishni tezlashtirmoqda.

Hozirgi kunda bu tizim O‘zbekistonning barcha fuqarolik sudlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yakkasaroy tumanlararo sudi xodimlari USAID tashkilotining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy missiyasi rahbari Jorj Deykunga (chapdan ikkinchi) E-SUD tizimi qanday ishlashini namoyish etishmoqda, Toshkent, 2016-yil. (UNDP)

“Foydalanuvchi uchun E-SUD xuddi oddiy veb-saytga o‘xshaydi”, deydi Toshkentning Yashnobod tumani fuqarolik sudi xodimi Mahmud Abbosov Karvonsaroy nashriga. Bu tizim foydalanuvchilarga da’vo arizalari berish, fuqarolik sudlari uchun arizalarni to‘ldirish, hujjatlarni ilova qilish, sud majlisi o‘tkaziladigan sana va uning vaqtiga oid bildirishnomalarni olish, chaqiruv qog‘ozini olish va ish materiallari bilan tanishish imkonini beradi”.

“Ushbu tizimsiz har bir bosqichda sudga borishingizga to‘g‘ri kelardi”, dedi u.

O‘tgan yil oktabr oyida O‘zbekiston Oliy sudi, USAID va UNDP tomonidan qo‘llab-quvvatlangan qonun sohasidagi hamkorlik tartibi loyihasi doirasida Farg‘ona viloyatidagi sudlarni E-SUD tizimiga ulash uchun umumiy qiymati 489,7 million so‘mga (60 ming AQSH dollari) teng kompyuter uskunalari taqdim etilgan edi.

Vaqt va mablag‘ tejalmoqda

“E-SUD amaliyotga tatbiq etilishidan avval, barcha sud hujjatlari qo‘lda saralanardi. Buning natijasida qarorlar, hukmlar hamda boshqa hujjatlar yo‘qolar yoki bir necha oyga kechikardi”, deydi toshkentlik advokat Muslima Hakimova Karvonsaroy nashriga.

Avvallari o‘zbekistonliklar “juda ko‘p vaqt va asab sarflanishi” sababli kamdan-kam hollarda o‘z huquqlarini himoya qilishga harakat qilardilar, deydi toshkentlik Abror Musakov Karvonsaroy nashriga.

O‘tgan yili sudga topshirilgan arizalarning 40 foizi E-SUD tizmi orqali yuborilgan, deb xabar bergan edi UNDP fevral oyida.

E-SUD tizimining joriy etilishi har bir ish bo‘yicha sudga o‘rtacha tashriflar sonini 6-7 tadan 2-3 tagacha kamaytirdi, deb xabar beradi UNDP. Ayblanuvchi va da’vogarlarning sarf-xarajatlari 10 foizga kamaygan.

2017-yilda E-SUD tizimi chekka hududlarda yashovchi 3000 nafar ayolga farzandlari uchun aliment pullarini yig‘ib olishga yordam berdi.

Xalqaro mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston sudlarida bunday texnologik innovatsiyadan foydalanish davlat rivoji yo‘lida muhim qadamdir.

“Biz O‘zbekistonning qonun ustuvorligini ta’minlash, sudlar mustaqilligi va inson huquqlarini himoya qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini olqishlaymiz”, dedi BMTning doimiy muvofiqlashtiruvchisi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiiy vakili Helena Freyzer 7-fevral kuni O‘zbekiston Oliy sudida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

“Fuqarolar ushbu o‘zgarishlarni his qila boshladilar”, dedi u Oliy sud matbuot xizmati bergan xabarda. “Sudlar bilan ishlash osonlashdi, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi bilan ularning faoliyati shaffofligi ta’minlandi.”

Boshqa sud islohotlari ham davom etmoqda

Ayni paytda O‘zbekiston sud tizimini isloh qilish bo‘yicha boshqa sa’y-harakatlar ham olib borilyapti. Hakimova bu tizimni davlatning “eng noqulay, qog‘ozbozlik ko‘p bo‘lgan noshaffof tizimi” deb atadi.

E-SUD tizimining joriy etilishi prezident Shavkat Mirziyoyev boshlab bergan sud-huquq tizimidagi islohotlarga to‘la muvofiq holda amalga oshirilmoqda.

O‘tgan yil iyun oyida ijro hokimiyatining yuqori lavozimli vakillari va sudyalar ishtirokida o‘tkazilgan video konferensiyada Mirziyoyev sudyalarning ommani tashvishga solayotgan muammolarga loqaydligini qattiq tanqid ostiga oldi. U byurokratik boshboshdoqlikning oldini olish muhimligini ta’kidladi.

“Bizning asosiy maqsadimiz – fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish orqali jamoatchilikning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va sudni adolat maskaniga aylantirish”, degan edi Mirziyoyev prezident matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra.

30-noyabr kuni Mirziyoyev “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

“Qonun fuqarolarning o‘z-o‘zini himoya qilish va oqlanish huquqlarini sezilarli darajada kengaytiradi”, dedi Hakimova. “Endi militsiya dalil to‘plash jarayonini videotasvirga tushirishi kerak. Qonunga dalillarni soxtalashtirishga oid modda kiritildi va yolg‘on guvohlik hamda zimdan yolg‘on xabar berganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.”

Ushbu qonun, shuningdek, sudlarga ruhiy yoki jismoniy bosim o‘tkazish orqali olingan ko‘rsatmalarni qabul qilmaslik huquqini beradi.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar

* Majburiy
Captcha