Karvonsaroy
Xavfsizlik

Kaspiybo‘yi dengiz portlarining ochilishi AQSH-Qozog‘iston munosabatlarini mustahkamlamoqda

Arman Kaliyev

Sanasiz suratda Qozog‘istonning Oqtov portidagi yuk mashinalari aks etgan. Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi shu oyda AQSHga noharbiy yuklarni Oqtov va Quriq portlari orqali Afg‘onistonga olib o‘tishga ruxsat berishini e’lon qildi.

Sanasiz suratda Qozog‘istonning Oqtov portidagi yuk mashinalari aks etgan. Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi shu oyda AQSHga noharbiy yuklarni Oqtov va Quriq portlari orqali Afg‘onistonga olib o‘tishga ruxsat berishini e’lon qildi.

OSTONA -– Qozog‘iston Afg‘onistonga noharbiy yuklarni tashishda tranzit nuqta sifatida foydalanish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga Kaspiy dengizi bo‘yidagi ikkita portini ochib berdi.

Deputatlar 7-mart kuni tegishli qonun loyihasini ma’qullaganlar.

Oqtov va Quriq portlaridan foydalanish huquqi AQSHga Rossiyani aylanib o‘tib, Afg‘onistonga muqobil yo‘l ochish imkoniyatini anglatadi.

Yuklar Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjondan Qozog‘istonga kemalarda yetkaziladi, shundan so‘ng, quruqlikdagi transportda O‘zbekistonga boradi. U yerdan esa temiryo‘l orqali Afg‘onistonga yetkaziladi, deb xabar bergan edi Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi mart oyi boshida.

Sanasi aniq bo‘lmagan ushbu suratda Kaspiy bo‘yidagi Oqtov portining yuk ortish maydonchasi tasvirlangan. Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, AQSHga Afg‘onistonga yuk tashish uchun ushbu portlardan foydalanishga ruxsat berilishi AQSH va Qozog‘iston munosabatlarining mustahkamlanayotganidan darak beradi. (Oqtov porti)

Sanasi aniq bo‘lmagan ushbu suratda Kaspiy bo‘yidagi Oqtov portining yuk ortish maydonchasi tasvirlangan. Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, AQSHga Afg‘onistonga yuk tashish uchun ushbu portlardan foydalanishga ruxsat berilishi AQSH va Qozog‘iston munosabatlarining mustahkamlanayotganidan darak beradi. (Oqtov porti)

Quriq portidagi Atameken kemasi, o‘tgan yil sentabr oyida olingan surat. Quriq porti Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistonga yuk olib o‘tishda foydalanish uchun ruxsat olgan ikki portdan biridir. (Quriq porti)

Quriq portidagi Atameken kemasi, o‘tgan yil sentabr oyida olingan surat. Quriq porti Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistonga yuk olib o‘tishda foydalanish uchun ruxsat olgan ikki portdan biridir. (Quriq porti)

NATO va Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistonga mo‘ljallangan harbiy yuklarni Rossiyaning Ulyanovsk shahridan o‘tgan tranzit yo‘li orqali yetkazgan. 2015-yilning may oyida Rossiya hukumati bu yo‘llarni yo‘pib qo‘ydi.

Ushbu qaror BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasining amal qilish muddati tugaganidan so‘ng qabul qilingan. Ushbu hujjat bilan Afg‘onistondagi xavfsizlikka ko‘maklashuvchi xalqaro harbiy kuchlar tashkil etilgan edi. Mazkur jangovar missiya 2014-yil dekabr oyida o‘z yakuniga yetgan.

Olmaotalik siyosatshunos Talgat Ismagambetovning so‘zlariga ko‘ra, aslida bunga Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashgani sabab bo‘lgan.

“2018-yilning mart oyida AQSH hukumati tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yana bir yil muddatga qayta tiklanishidan so‘ng, shimoliy yo‘lning ochilishiga umid qilmasa ham bo‘ladi”, dedi u Rossiya orqali o‘tgan yo‘lni nazarda tutib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koalitsiya kuchlari uchun Pokistondan o‘tgan xavfliroq yo‘l ham bor edi, ammo xavfsizlikka oid ayrim masalalar va siyosiy o‘zgarishlar bu yo‘nalishni ishonchsiz qilib qo‘ygan.

Hamkorlikni kuchaytirish

Oqtov va Quriq portlarining noharbiy yuklar uchun ochilishi 2010-yilda imzolangan tranzit yo‘nalishlar haqidagi kelishuvning davomidir, deydi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Kairat Abdrahmonov.

Shundan beri Qozog‘istondan AQSH yuklari ortilgan 700 ga yaqin konteyner o‘tgan, buning natijasida mahalliy transport korxonalari 200 million qozoq tengesiga (625 000 AQSH dollari) teng foyda ko‘rgan, deb intervyu bergan edi u 7-mart kuni Qozog‘istonning KTK televideniyesiga.

Qozog‘iston va Amerika Qo‘shma Shtatlari 2018-2022-yillarga mo‘ljallangan besh yillik harbiy hamkorlik rejasini ham qabul qilganlar.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning yanvar oyida Oq uydagi uchrashuvidan so‘ng, ikki dalat strategik hamkorlikni davom ettirishlarini e’lon qilgan edi.

Yangilangan hamkorlik Ostona va Vashington o‘rtasida nafaqat kuchaygan iqtisodiy aloqalar, balki Afg‘onistonga oid yo‘nalishda ham yanada yaqinroq siyosiy va harbiy hamkorlikni ko‘zda tutadi.

Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlash

Kaspiy bo‘yidagi portlarni AQSH yuklari uchun ochib berish bilan, Qozog‘iston Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan do‘stona munosabatlarni va yaqin hamkorlikka tayyor ekanligini namoyish etmoqda, deydi olmaotalik siyosatshunos Islom Kurayev.

“Qozog‘iston Amerikaning Afg‘onistondagi hozirligidan manfaatdor”, dedi u Karvonsaroy nashriga. Afg‘oniston “mintaqada beqarorlik markaziga aylanib ulgurgan”, deb qo‘shimcha qildi u.

“Narkotrafik, ekstremistik kuchlar oqimi va chegaralarning yetarlicha himoyalanmagani mamlakatimiz uchun dolzarb muammo hisoblanadi”, dedi u. “Shu nuqtayi nazardan olib qaralganda, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonda tartib va barqarorlikni ta’minlamoqda”.

“Qozog‘iston o‘zining barcha “xavfsizlik tuxumlarini” ODKBning (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti) birgina savatiga joylamoqchi emas. Ayniqsa, ushbu tashkilotning yetarlicha rivojlanmagani hisobga olinishi lozim”, deydi Uralskda yashovchi siyosatshunos Sultanbek Sultangaliyev Rossiya rahnamoligidagi Yevroosiyo harbiy ittfoqini nazarda tutar ekan.

“AQSH bilan hamkorlik pragmatizmning bir ko‘rinishidir”, degan edi u o‘tgan yilning iyulida “Ekslyuziv” biznes-nashriga bergan intervyusida.

Bunday do‘stlik, ayniqsa, Markaziy Osiyodagi qo‘shnilarining ichki ishlariga aralashuvchi Rossiyaning g‘azabini keltirishi mumkin.

“Qozog‘istonning ham ichki, ham tashqi siyosatiga ta‘sir o‘tkazish uchun Rossiyada vositalar yetarli”, deydi ayni paytda Norvegiyaning Oslo shahrida yashovchi qozog‘istonlik Daniyar Kusainov Karvonsaroy bilan suhbatda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 6

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ha, siznikilarga ham, biznikilarga ham )))

Javob berish

Ikkita yangi do‘stdan bitta eskisi yaxshi. Bu bir tomondan. Boshqa tomondan qarasak, har bir davlat o‘zining iqtisodiy manfaati haqida qayg‘urishi kerak. Hech bir mamlakat quruq ambitsiyalardan xoh siyosatda, xoh iqtisodda foyda ko‘rmagan. Ayniqsa, do‘stlik bo‘lganda.

Javob berish

AQSH Afg‘onistonda bo‘lgan davrda narkotrafik o‘n marotaba oshdi. Qozoqlar ikki buqa boshini ushlab qolmoqchimi? Yiqilib tushmang yana...

Javob berish

Ha, buni ikki xojaga xizmat qilish deydilar ))

Javob berish

Qozog‘istonlik jurnalistlar eng yaqin qo‘shnilari bilan janjal keltirib chiqarishdan uyalmaydilarmi? Axir Rossiya Qozog‘iston rivoji uchun qancha ishlar qildi. AQSHdan boshqa davlatlardan qo‘rqqandek qo‘rqasizlarmi? Uyat sizlarga!!!

Javob berish

Qozog‘iston va AQSH juda muhim hamkorlar, ayniqsa harbiy sohada!

Javob berish