Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Facebook Rossiyaning “trollar fabrikasi”ga aloqador yuzlab profillarni o‘chirmoqda

Karvonsaroy

Facebookning 3-aprel kungi e’lonida Rossiyaning Internet tadqiqotlari agentligi (IRA) tomonidan nazorat qilinadigan akkauntlar va sahifalarda joylashgan reklama aks etgan. (Facebook)

Facebookning 3-aprel kungi e’lonida Rossiyaning Internet tadqiqotlari agentligi (IRA) tomonidan nazorat qilinadigan akkauntlar va sahifalarda joylashgan reklama aks etgan. (Facebook)

MENLO PARKI, Kaliforniya – Rossiyada ijtimoiy tarmoqlarning suiste’mol qilinayotgani haqidagi gumonlar ortidan yuzaga kelgan shov-shuvlardan so‘ng, Facebook ijtimoiy tarmog‘i 3-aprel, seshanba kuni dunyo bo‘ylab jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazishga urinishda ayblangan Rossiyaning “trollar fabrikasi”ga aloqador yuzlab Facebook va Instagram akkauntlarini yopishini e’lon qildi.

Kompaniya bayonotida 70 ta Facebook akkaunti, 138 ta Facebook sahifasi va 65 ta Instagram akkauntini o‘chirilgani, ularning 95 foizi rus tilida yuritilganini ma’lum qildi.

O‘chirilgan Facebook sahifalarida qariyb 1 million, Instagram sahifalarida esa 500 mingga yaqin obunachilar bo‘lgan, deyiladi Facebook bayonotida.

O‘chirilgan akkauntlar Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va dunyoning boshqa davlatlarida yashovchi rusiyzabon o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lgan, deb xabar berdi Facebook.

Facebook tekshiruviga ko‘ra, Facebook va Instagramdan o‘chirib tashlangan 95 foiz akkauntlar rus tilida yuritilgan bo‘lib – ular Rossiya yoki unga qo‘shni bo‘lgan Ozarbayjon, O‘zbekiston va Ukraina kabi boshqa rusiyzabon mamlakatlar aholisi uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. (Facebook)

Mahalliy va xalqaro siyosatga oid mavzularda muhokamalar yuritgan tovlamachi akkauntlar va sahifalar Rossiyaning Federal axborot agentligi (FNA) tomonidan ochilgani aytilmoqda. Bu tashkilot Sankt-Peterburgdagi Internet tadqiqotlari agentligi (IRA) deb nomlangan “trollar fabrikasi”ga aloqador bo‘lgan, dedi Facebook bosh ijrochi direktori Mark Sukerberg seshanba kuni Ozod Yevropa/Ozodlik radiosiga (RFE/RL) bergan intervyusida.

Bir paytlar FNA va IRA bitta manzilda joylashgan edi, deb xabar bergandi o‘tgan yili Rossiya RBK axborot agentligi, bu bilan u ikki tashkilotning bir-biriga bog‘liq tomonlariga e’tibor qaratgan.

IRA Facebook foydalanuvchilarini aldash va manipulyatsiya qilish uchun shubhali akkauntlardan iborat murakkab tarmoqlarni bir necha marotaba qo‘llagan, dedi Facebook kompaniyasining xavfsizlik masalalari bo‘yicha direktori Aleks Stamos o‘z bayonotida.

Facebook o‘z bayonotida o‘chirilgan sahifalardagi xabarlar va e’lonlarning skrinshotlarini keltirgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Normal

Javob berish