Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Qozog‘istonning janubiy viloyatlarida bahorgi ekish mavsumi boshlanmoqda

Aydar Ashimov

Sariog‘och tumani dehqonlari yerga ishlov bermoqdalar, Janubiy Qozog‘iston viloyati, 31-mart. Ushbu hududda ekin ekish mavsumi boshqa viloyatlarga nisbatan ertaroq boshlandi. (Qishloq xo‘jaligi vazirligi)

Sariog‘och tumani dehqonlari yerga ishlov bermoqdalar, Janubiy Qozog‘iston viloyati, 31-mart. Ushbu hududda ekin ekish mavsumi boshqa viloyatlarga nisbatan ertaroq boshlandi. (Qishloq xo‘jaligi vazirligi)

OSTONA – Qozog‘istonning janubiy viloyatlarida bahorgi ekish mavsumi boshlandi, deb xabar berdi mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi dushanba, 2-aprel kuni.

“Bu yil butun mamlakat bo‘ylab ekin maydonlarining umumiy hajmi, o‘tgan yilda bo‘lgani kabi 21,8 mln. gektarga teng”, deyiladi xabarda. “Shundan 14,7 mln. ga maydonga don ekinlari, jumladan, 11,4 mln. ga yerga bug‘doy ekish rejalashtirilgan”.

“Ish mart oyi oxirida janubda, keyinroq shimoliy viloyatlarda boshlanadi va may oxiriga qadar davom etadi”, dedi Oqmola viloyatidan bo‘lgan fermer Anatoliy Terentev Karvonsaroyga. “Bahorgi dala ishlari katta mehnatni talab qiladi, bular – tuproqni tayyorlash, urug‘ ekish va zararkunandalarga qarshi kurashdan iborat.

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, bahorgi ekin-tekin ishlari uchun 375 ming dizel yoqilg‘isi sarflanishi kutilmoqda.

Kapital.kz biznes-nashrining xabar berishicha, Qozog‘iston agrokredit korporatsiyasi ekish ishlari uchun fermerlarga jami 60 mlrd. tenge (187,5 mln. dollar) ajratadi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 1180 ta qishloq xo‘jaligi shirkati ro‘yxatga olingan bo‘lib, 2017-yilda ularni qo‘llab-quvvatlashga 25 mlrd. tenge (78 mln. AQSH dollari) ajratilgan.

Bu yilgi qishloq xo‘jaligi shirkatlarining soni hozircha aniq emas, shu bois ham davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘ miqdori ham noma’lum bo‘lib turibdi.

Shirkatlar tashkil etish

Shirkatlar dehqonlar uchun bir qator afzalliklarni berishi mumkin, deydi Janubiy Qozog‘iston viloyatida bug‘doy yetishtiruvchi fermer Daulet Aliyev.

Banklar mayda dehqon xo‘jaliklariga kredit bermaydi va qishloqlardagi ko‘chmas mulklarni garovga istar-istamas qabul qiladi”, dedi u Karvonsaroyga. “Shirkatlar bilan esa banklar hamkorlik qiladi, ayniqsa davlat kreditlashda vositachilik qilsa – kreditorlar bilan tushuntirish ishlari olib borib, kredit beruvchilar bilan memorandumlar imzolaydigan bo‘lsa”, deydi Aliyev.

Shirkat a’zolari uchun o‘g‘itlarni ulgurji narxda sotib olish va fermerlik uskunlalaridan birgalikda foydalanish afzalroq, dedi u.

“Shirkatda ishtirok etish, nochorroq fermerlarga bahorgi ekin-tekin ishlarida ular odatda foydalana olmaydigan uskunalarni qo‘llash, yuqori sifatli urug‘lar sotib olish va davlat subsidiyasini olish imkonini beradi”, dedi Aliyev.

“Fermerlar shirkatlar tashkil etish orqali kredit olish, uskunalar xarid qilish va yirik qayta ishlovchi korxonalar bilan shartnoma tuzish imkoniga ega bo‘lishlarini biladilar”, dedi Jambul viloyati Tadbirkorlar palatasining sobiq rahbari va ayni damda viloyat turizm boshqarmasi rahbari Karligash Aralbekova.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Yoq madi Bahorgi dala ishlari haqida uozish kere edi

Javob berish

Yoq madi

Javob berish