Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-04-06 | Atrof muhit

Kreml o‘tkazgan raketa sinovlari tufayli Qozog‘istonda vahima kuchaymoqda


Rossiya Mudofaa vazirligi olgan videotasvirda 2-aprel kuni Qozog‘istonda raketaga qarshi mudofaa tizimi sinovdan o‘tkazilayotgani aks etgan. Raketaga qarshi mudofaa tizimi Moskvani xatarlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Ammo, qozoq zaminida Rossiya harbiy tajribalarining o‘tkazilishi ularning atrof-muhitga ta’siri va Kremlning sobiq Sovet mamlakatlari suverenitetiga nisbatan kelajakdagi rejalari borasida bir qancha xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya Mudofaa vazirligi olgan videotasvirda 2-aprel kuni Qozog‘istonda raketaga qarshi mudofaa tizimi sinovdan o‘tkazilayotgani aks etgan. Raketaga qarshi mudofaa tizimi Moskvani xatarlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Ammo, qozoq zaminida Rossiya harbiy tajribalarining o‘tkazilishi ularning atrof-muhitga ta’siri va Kremlning sobiq Sovet mamlakatlari suverenitetiga nisbatan kelajakdagi rejalari borasida bir qancha xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Arman Kaliyev

OLMAOTA – Qarag‘anda viloyatidagi Balxash ko‘li bo‘yida joylashgan Sary Shag‘anda ruslarning raketa sinovini o‘tkazishi Qozog‘iston fuqarolari va atrof-muhit bo‘yicha mutaxassislarning xavotiriga sabab bo‘lmoqda.

Krelning yangi raketalarga qarshi mudofaa tizimi 2-aprel kuni o‘z nishonini yo‘q qilish bilan sinovni yakunladi, deb xabar berdi Rossiya aerokosmik kuchlari general-mayori Andrey Prixodko.

Rossiya Mudofaa vazirligining nashri bo‘lgan “Krasnaya Zvezda” xabariga ko‘ra, raketaga qarshi mudofaa tizimi Moskvani tahdidlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan.


Rossiya Mudofaa vazirligi olgan videotasvirda 2-aprel kuni rus harbiy mashinalarining Qozog‘istondagi harbiy bazaga qaytayotgani aks etgan. “Bugun ular bizning yerlarimizda o‘zlarining super-raketalarini sinovdan o‘tkazishyapti, ertaga esa xuddi Ukrainada bo‘lgani kabi, shimoliy viloyatlarimizni tortib olishlari mumkin”, deydi qozog‘istonlik fuqaro. (Rossiya mudofaa vazirligi)

Rossiya Mudofaa vazirligi olgan videotasvirda 2-aprel kuni rus harbiy mashinalarining Qozog‘istondagi harbiy bazaga qaytayotgani aks etgan. “Bugun ular bizning yerlarimizda o‘zlarining super-raketalarini sinovdan o‘tkazishyapti, ertaga esa xuddi Ukrainada bo‘lgani kabi, shimoliy viloyatlarimizni tortib olishlari mumkin”, deydi qozog‘istonlik fuqaro. (Rossiya mudofaa vazirligi)


Qozog‘istondagi Balxash ko‘li, 14-iyul, 2016-yil. Sari Shag‘anda ruslarning raketa tizimini sinovdan o‘tkazishi ko‘ldan dam olish maskani sifatida foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi, deb ogohlantirmoqda ekologlar. (Patrik Baz/AFP)

Qozog‘istondagi Balxash ko‘li, 14-iyul, 2016-yil. Sari Shag‘anda ruslarning raketa tizimini sinovdan o‘tkazishi ko‘ldan dam olish maskani sifatida foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi, deb ogohlantirmoqda ekologlar. (Patrik Baz/AFP)

Ammo, Rossiyaning Qozog‘iston zaminida harbiy tajribalar o‘tkazishda davom etishi atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar hamda Kremlning sobiq Sovet mamlakatlari suverenitetiga nisbatan kelajakdagi rejalari borasida xavotirlarni kuchaytirmoqda.

“Bugun ular yerlarimizda o‘zlarining super-raketalarini sinovdan o‘tkazishyapti, ertaga esa xuddi Ukrainada bo‘lgani kabi shimoliy viloyatlarimizni bosib olishlari mumkin” deydi ostonalik 33 yashar Kuat Asenbayuli Karvonsaroy nashriga. “Rossiya prezidenti Vladimir Putin harakatlarini oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi, uning uchun faqat Rossiya manfaatlari mavjud.”

Bu haftada Qozog‘istonda Ostona mamlakat poytaxti deb e’lon qilinganining 20 yilligi nishonlandi. Kuzatuvchilar 1998-yilda poytaxtning Olmaotadan Ostonaga ko‘chirilishi – Qozog‘istonning Rossiya bilan chegaradosh shimoliy qismiga “bayroq o‘rnatish” niyatida qilinganini qayd etgan edilar.

Rossiyaning Qozog‘isitondagi “toksik” tarixi

Rossiya 1996-yildan buyon Qozog‘istonning janubi-sharqiy qismidagi Sari Shag‘an sinov hududini raketalar ishlab chiqish va ularni sinovdan o‘tkazish uchun ijaraga olgan. O‘tgan yillar davomida atrof-muhit bo‘yicha mutaxassislar ushbu hududning toksik chiqindilar bilan ifloslangani haqida bir necha bor ogohlantirdilar.

Sinovlar davrida raketaning ba’zi qismlari yerga tushadi. Raketa yoqilg‘isi tuproqqa va suvga sizib o‘tadi. Raketa parvozlari havoni ifloslantiradi.

Qozog‘istonliklar Rossiyaning mamlakatda ekologik xavfli sinovlarni olib borayotganiga norozlik bildirib kelishadi.

“Nima uchun shunchalik ulkan hududga ega Rossiya shuncha yil davomida o‘zida sinov hududini yaratmadi? Ular bizning tabiatni vayron qilib keyin chiqib ketishadi. Biz esa bu yerda yashashda davom etamiz”, deydi olmaotalik 25 yoshli SMM-menegeri Alim Razayev Karvonsaroy nashriga.

Ekologlar va mahalliy aholi 2011-yilda sinov hududlari yaqinida Balxash-Nursaya dam olish maskani qurilishi rejalashtirilgan vaqtda o‘z xavotirlarini bildirgan edilar, deb xabar beradi Time.kz nashri.

Ularning ogohlantirishicha, tuproqdagi zaharli moddalar sayyohlarni xavf ostida qoldirishi mumkin edi.

Dam olish maskani qurilishi uzoq yillarga to‘xtab qoldi. Maskan egalari sarmoyadorlar topa olmaganliklari sababli hozirga qadar faqat 50 ta o‘tov barpo etib faoliyat yuritmoqdalar.

Rossiyaning iste’fodagi podpolkovnigi Oleg Sorochinskiy 2011-yilda chop etilgan maqolada Time.kz nashriga harbiy uskunalardan chiqqan radioaktiv va toksik moddalarni ko‘l bo‘yiga ko‘mish haqidagi buyruqni bajarmangani sababli ishdan bo‘shatib yuborilganini aytgan.

“Tarkibida plutoniy bo‘lgan bir qancha kapsulalar ko‘l bo‘yiga shunchaki tashlab qo‘yilgan edi”, degan edi u. Rossiyaning 03080 harbiy bo‘linmasi rasmiylari mahalliy aholi hayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan sinov hududiga oid ekologik muammolarni qasddan yashirib kelganlar, deb qo‘shimcha qildi u.

“Balxash ko‘li yaqinida aynan qayerga va necha tonna zararli moddalar to‘kib tashlanganini hech kim aniq ayta olmaydi”, deydi Qarag‘anda shahridagi EkoMuzey rahbari o‘rinbosari Konstantin Yudin Time.kz nashridagi xuddi shu maqolada.

“Biz muntazam ravishda tuproq namunalarini olganmiz va har yili yangi, “kutilmagan” natijalarga duch kelganmiz”, dedi u.

Beparvolik namunasi

Sari Shag‘anda o‘tkaziladigan sinovlarning ekologiyaga ta’siri shubhasiz, deydi Olmaotada joylashgan Tabigat nodavlat ekologik tashkiloti prezidenti Mels Eleusizov Karvonsaroy nashriga.

Biroq Rossiya fazoviy dasturining asosiy kosmodromi bo‘lgan Boyqo‘ng‘irdagi vaziyat ko‘proq xavotirga sabab bo‘lmoqda, dedi u.

Rossiya Boyqo‘ng‘irni yaqin orada tark etmaydi, sababi ijara shartnomasi 2050-yilgacha mo‘ljallangan.

“Boyqo‘ng‘irdagi raketalar uchun ishlatiladigan geptil (raketa yoqilg‘isining zaharli komponenti) atrof-muhitga ko‘proq zarar yetkazmoqda”, dedi u Karvonsaroyga.

Boyqo‘ng‘ir yaqinida yashovchi aholi transport vositalari hududdan geptil olib o‘tayotgan paytda ko‘ngil aynishidan shikoyat qilishgan. Bu haqda payshanba kuni “Garish-Ekologiya” tadqiqot instituti rahbari Jaylaubay Jubatov ma’lum qildi, deb xabar beradi Tengrinews.

Tengrinews maqolasida Qozog‘istonda o‘n yil davomida geptilning tasodifiy to‘kilishi bilan bog‘liq 7 ta holat yuz bergani aytiladi. Yuqori darajadagi zaharli moddalar tuproqda o‘nlab yillar davomida saqlanib qolishi ma’lum qilingan.

Rossiyalik mutaxassislar toksik yoqilg‘i oqibatlarni bartaraf etish uchun u to‘kilgan joyga tonnalab boshqa kimyoviy modda - permanganat kaliy oqizganlar.

Rossiya faqat hujjatlarda bizning strategik hamkorimiz”, degan edi yanvarda olmaotalik siyosiy tahlilchi Ruslan Jangaziy Karvonsaroy nashriga.

“Aslida esa, biz ba’zida Kremlning do‘stona bo‘lmagan munosabatiga duch kelamiz», deydi u. “Uning bizga nisbatan informatsion tajovuz siyosati, savdo va tarif urushlari, shuningdek, Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan ayamay foydalanishi buning tasdig‘idir.”

Qozog‘istonlik ekologlar orasida yana bir og‘riqli nuqta – Semey (sobiq Semipalatinsk) bo‘lib, SSSR bu yerda 1949-1989 yillar oralig‘ida 460 ga yaqin yadro sinovlari o‘tkazgan.

2016-yilgi EurasiaNet hisobotiga ko‘ra, sinov tariqasida amalga oshirilgan portlashlardan so‘ng bir necha o‘n yil o‘tgan bo‘lsa-da, Yaponiya va Qozog‘iston mutaxassislari hamkorlikda o‘tkazgan tadqiqotlar mahalliy aholi orasida saraton kasalliklari, tug‘ma nuqsonlar va yurak qon-tomirlari kasalliklari ko‘payganini ko‘rsatgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 96

Fikrlar 6

Captcha
Михаил | 2018-04-15

Ha, sovet davrida Boyqo‘ng‘irning Qozog‘iston hududida qurilgani mamlakat uchun faxr edi. Endi esa ruslar ularga dushman bo‘libdi. Bunday jurnalistlarga AQSH davlat departamenti mablag‘ tarqatadi, amerika dollarlari qo‘lingizga tushishi bilan ular buyurtma bergan musiqani chalishni boshlaysiz. Birgina misol – Ukraina. BMT Xavfsizlik kengashida AQSH, Fransiya va Angliyaning raketa hujumlarini qoralovchi Rossiya rezolyutsiyasiga ovoz berish jarayoni ko‘rsatildi. Bilmasangiz, bilib qo‘ying, sizning MDHga a‘zo bu mamlakatingiz betaraf qoldi. Yaqinda Ukrainadagi kabi demokratiya mevalaridan bahramand bo‘la boshlaysizlar, Amerika bunga yordam beradi. Afsus, siyosiy yo‘nalish o‘zgarmoqda

Javob berish
Абиш | 2018-04-27

Deylik, Amerika haqiqatdan ham Rossiya va uning ittifoqchilariga qarshi qo‘poruvchilik faoliyatini olib bormoqda. Unda Qozog‘iston Rossiyaga ittifoqchi bo‘lishiga ne hojat? Axir Amerika aynan Rossiyani qo‘llab-quvvatlayotganlarga muammo tug‘dirmoqda, o‘zining (Amerikaning) ittifoqchilari bilan bunday qilayotgani yo‘q. Yana bir gap: agar o‘zingizning geptil raketalaringiz bilan shunchalar mag‘rurlanar ekansiz, ularni o‘z davlatingizda portlating.

Javob berish
Кос | 2018-04-12

Rossiyaliklar poligonni zo‘rlik bilan egallab olishmagan, kimdir uni ijaraga bergan. O‘sha kimdir Qozog‘iston fuqarosi. O‘z yerimizga o‘zimiz befarq ekanmiz, boshqalarni aytmasa ham bo‘ladi.

Javob berish
Бек | 2018-04-11

Dahshat, buni to‘xtatish kerak! Biz uchun qandaydir xavflar va siyosatdan ko‘ra, ekologiya muhimroq.

Javob berish
Тохтар | 2018-04-09

Men Moskva harakatlaridan, Qozog‘iston suverenitetini poymol qilishi, bizning Qozog‘istonimiz ekologiyasiga tiklab bo‘lmas zarar yetkizayotganidan o‘ta g‘azabdaman. Odamlar, flora va fauna aziyat chekmoqda, cheksiz genosidga yana qancha chidash kerak?

Javob berish
Виктор | 2018-04-07

Madaniyatli dunyoda rossiyaliklardan hech kim yaxshilik kutmaydi.

Javob berish