Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-04-10 | Xavfsizlik

Bosimga dosh berolmagan Kreml Suriyadagi kimyoviy hujumni tergov qilish masalasida ikkilanmoqda

9-aprel kuni BMTning favqulodda majlisiga yig‘ilgan ishtirokchilar Suriyada kimyoviy qurol yordamida amalga oshirilgan hujumni muhokama qilmoqdalar. (BMT fotosi/Mark Garten)

Karvonsaroy va AFP

MOSKVA – Xalqaro hamjamiyat bosimiga duch kelgan Kreml seshanba, 10-aprel kuni Suriyada kimyoviy qurol vositasida amalga oshirilgan ehtimoliy hujumlarni tergov qilish bo‘yicha BMTga rezolutsiya taklif qilishini bildirgan. Avvalroq, Rossiya AQSHning xuddi shunday tashabbusiga qarshi chiqqandi.

Jangarilar nazoratidagi Duma shahriga zaharli gaz yordamida amalga oshirilgani aytilayotgan va 80 kishining hayotiga zomin bo‘lgan hujum ortidan AQSH 9-aprel, dushanba kuni Suriyadagi kimyoviy hujum kim tomonidan sodir etilganini aniqlashi kerak bo‘ladigan ekspertlar guruhini tuzish bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini ilgari surdi.

Suriya-Amerika tibbiy jamiyati va Suriyaning isyonchilar tarafidan egallangan shaharlarida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borayotgan ko‘ngillilardan iborat “Oq dubulg‘alilar” bergan bayonotga ko‘ra, hujum oqibatida kamida 500 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ularning aksariyati ayollar va yosh bolalar. Rossiya qo‘llab-quvvatlaydigan Suriya prezidenti Bashar Asadga sodiq kuchlar zaharli xlor gazini qo‘llaganlikda ayblanmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya prezidenti Bashar Asad bilan 21-noyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida Suriyadagi urush muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv chog‘ida qo‘l siqishmoqda. (Kreml)

Rasmiy Moskva kimyoviy hujum sodir etilganiga oid hech qanday dalillar yo‘q, degan da’vosida turib olgan, vaholanki olingan ko‘plab video va fotosuratlar buning aksini ko‘rsatmoqda.

Rossiyaning ehtimoliy kimyoviy hujumlarni tergov qilishga oid shu kabi takliflari tanqidga uchradi va rad etildi, sababi unda Suriya hukumatiga o‘z hududiga o‘tkaziladigan tergovda ustunlik berish ko‘zda tutilgan edi.

Seshanba kuni Qo‘shma Shtatlar BMT Xavfsizlik kengashidan AQSH rezolyutsiyani yoqlab ovoz berishni so‘radi. Ovoz berish sharqiy vaqt mintaqasi bo‘yicha soat 15:00 da (Grinvich vaqti bilan soat 19:00 da) o‘tkazilishi kerak edi.

Harbiy harakatlar ehtimoli

Kimyoviy jinoyatga qarshi jiddiy javob choralarini ko‘rishga va’da bergan Qo‘shma Shtatlar ma’muriyati seshanba kuni Suriya rejimiga qarshi ehtimoliy harbiy harakatlar haqida qaror qabul qilishga tayyor edi.

Qo‘shma Shtatlar Buyuk Britaniya va Fransiya bilan birgalikda BMT qo‘llab-quvvatlovidan qat‘i nazar, harakat qilishga tayyor ekanligi bayon qilgan.

“Dunyo adolat qaror topganini ko‘rishi lozim”, dedi AQSH elchisi Nikki Heyli. Agar hujumlar ortida Asad rejimi turgani oydinlashsa, Fransiya unga qarshi javob qaytarishini aytib ogohlantirdi.

“Agar qizil chiziq bosilgan bo‘lsa, javob choralari ko‘riladi”, dedi Fransiya hukumati matbuot kotibi Benjamen Grivo.

Prezident Emmanuel Makron va Tramp bo‘lishgan razvedka ma’lumotlari "kimyoviy qurol ishga solinganini nazariy jihatdan tasdiqlamoqda”, deb qo‘shimcha qildi Grivo.

Suriya hukumati ittifoqchilari ehtimoliy kimyoviy hujum uchun “alohida javobgar”, dedi Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan Iv Le Drian.

Rasmiy London bayonotiga ko‘ra, Britaniya bosh vaziri Boris Jonson AQSHning muvaqqat davlat kotibi bilan uchrashgan, suhbat chog‘ida ular “hujumlarda Asad rejimi tomonidan avval qo‘llanilgan kimyoviy qurol belgilari mavjud ekanligini” ta’kidlaganlar.

Ehtimoliy kimyoviy hujum Sharqiy G‘utadagi isyonchilar maskanida yashovchi tinch fuqarolarning qotillariga juda qimmatga tushadi, deb ta’kidladi Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an seshanba kuni.

“Bu qirg‘inni amalga oshirganlarni la’natlayman. Buni kim qilgan bo‘lsa ham, jinoyatchilar javobgarlikka tortiladi va bu ularga juda qimmatga tushadi”, dedi Erdo‘g‘an o‘z partiyasi vakillari bilan uchrashuv chog‘ida.

Boshqa davlatlar, jumladan Xitoy va Fors ko‘rfazi mamlakatlari ham bu hujumni qoraladilar.

Rossiya qo‘llab-quvvatlayotgan Suriya hukumat kuchlari 18-fevraldan beri G‘utaga qarshi hujumlarni davom ettirmoqda, o‘sha kuni Dumada 1700 dan ortiq fuqaro va qamalda qolgan iyonchilar halok bo‘lgandi, bu yer ularning Sharqiy G‘utadagi so‘nggi maskanlari bo‘lgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 95

Fikrlar

* Majburiy
Captcha

2 ta fikr…

valentUZ | 2018-04-14

“Eng ko‘p qulaylik yaratish tizimi” doirasida…

Георгий | 2018-04-11

Qonxo‘r Asad va uning gumashtalari - jinoyatchi davlatlar Suriya xalqining genotsidi uchun javob beradi !!!