Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-04-11 | Atrof muhit

Tojikistonda sovet davridan qolgan uran chiqindixonalari jiddiy tahdidga aylanmoqda

2016-yilda olingan suratda Tojikistonning So‘g‘d viloyatida joylashgan “Taboshar” uran qoldiqlari chiqindixonasi aks etgan. Tojikiston sovet davridan qolgan uran chiqindixonalarini tozalashda xalqaro yordamga muhtoj bo‘lib turibdi (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki)

Negmatullo Mirsaidov

DUSHANBE – Tojikiston Sovet Ittifoqi davrida mintaqada uran qazilmalarining olinishi natijasida kelib chiqqan xavfsizlik va ekologiya muammolarini hal etishga urinmoqda.

SSSR va uning vorisi bo‘lgan Rossiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari suverenitetiga daxl qilish tarixi uzun. U o‘z yadro resurslarini boyitish uchun mintaqadan ayovsiz foydalangani va uni xavfli qurollar uchun maydon sifatida ishlatgani buning yaqqol dalilidir.

Tojikiston bir vaqtning o‘zida ham uran qazib olinadigan, ham uran chiqindilari ko‘miladigan joy bo‘lgan. Sovet ittifoqi bu ikki jarayonni ekologik talablarga rioya qilmasdan o‘tkazib kelgan. Keyinchalik Rossiya ushbu obyektlarni o‘z holicha tashlab ketgan, deyiladi 2017-yilgi Yevropa Ittifoqi bayonotida.

Xo‘jand davlat universitetining ekolog olimi, fizik Hotam Murtazoyev Tojikistondagi yadroviy chiqindixonalar xaritasi oldida. (Negmatullo Mirsaidov)

Tojikistonda radioaktiv chiqindilar ko‘milgan 10 ta joy bo‘lib, ularning hammasi So‘g‘d viloyatida joylashgan. Xo‘janddagi Orxus markazi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yerdagi uran qazib olish va qayta ishlash korxonalari Sovet harbiy mashinasi uchun xizmat qilgan.

Atrof-muhit himoyachilari va ekolog olimlarning fikricha, chiqindixonalarning ayrimlarida jangarilar uchun qo‘lbola bomba yasashga yetadigan yadroviy materiallar bor.

“Bu bombalar internet orqali fan sohasidagi ixtirolardan xabardor bo‘ladigan terrorchilar qo‘lida o‘ta xavfli qurolga aylanishi mumkin”, deydi Xo‘jand universiteti fizik olimi Hotam Murtazoyev Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Uran qoldiqlarining ommaviy qirg‘in quroli sifatida qo‘llanishini ham istisno etib bo‘lmaydi”, deb ogohlantirdi u.

Terrorchilarning tarafdorlari uran moddasini ushbu chiqindixonalardan olib, “Afg‘onistonga yetkazib berishi, va oqibatda, ular Tolibon yoki ID qo‘liga tushishi mumkin”, dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashlandiq obyektlarning xavfsizligi kuchaytirilishi lozim.

Atrof-muhit va insonlar salomatligi ulkan xavf ostida

Chiqindilar ko‘milgan joylar atfof-muhit va aholi salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Ayniqsa, Degmay chiqindixonasi So‘g‘d viloyatida eng xavfli toksik chiqindilar ko‘milgan joy hisoblanadi.

Bu yerdagi chiqindilar hajmi 37 mln. tonnadan oshadi, ular orasida sovet davrida O‘zbekistondan Qozog‘istonga olib otilgan mahsulotlar ham bor. Dastlab 90 gektar bo‘lgan maydonning hajmi hozirda 120 gektarga kengaygan, bunga ifloslangan tuproqning shamol va yomg‘irlar ta’sirida tarqalishi sabab bo‘lgan.

“Ushbu omborxona juda xavfli, sababi u aholi punktlari va suv bo‘yida joylashgan”, dedi Murtazoyev.

“Ayrim shaharlarda radioaktiv nurlanish ruxsat etilgan me’yordan ortiq ekani yetmagandek, zararlangan tuproq kuchli yomg‘irlar natijasida Sirdaryo suvlariga quyilishi xavfi ham mavjud”, dedi u.

“90-yillarda mahalliy aholi zararlangan materiallar: toshlar, quvurlar, taxta va armaturalarni uylar qurilishi uchun ishlatgan”, dedi u.

“Natijada, ularning saratonga chalinish va nurlanish olish xavfi kuchaygan”, deb qo‘shimcha qildi u.

Chiqindilarni utilizatsiya qilish

Yadroviy va radiatsion xavfsizlik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 55 mln. tonna chiqindi saqlanadigan Tojikistondagi chiqindixonalarni utilizatsiya qilish uchun 70 mln. yevro (757,6 mln. somoniy) talab etiladi.

Tojikiston xalqaro donorlar yordamisiz bu ishni amalga oshira olmaydi, dedi Tajredmet (avvalgi nomi - “Vostokredmet”) kompaniyasi bosh direktori o‘ribosari Mirzoshokir Xojiyen.

“Shu bois ham xalqaro simpoziumlar, anjumanlar va boshqa forumlarda Tojikiston “uran merosi”ning xavf darajasini isbotlab berishi lozim”, dedi Xojiyen.

“Rossiya SSSRning vorisi va mahsulot iste’molchisi sifatida va bu yerga uran moddasi va uning chiqindilari olib kelingan Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari javobgarlikni o‘z zimmalariga olishlari kerak”, dedi u Karvonsaroyga.

“Biz bu masalada AQSHning dastagiga va radiatsion xavfsizlikni ta’minlash masalalarida mintaqa mamlakatlari bilan hamkorlikka umid qilmoqdamiz”, dedi Xojiyen.

Tojikiston Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik, Yevropa Ittifoqi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko‘magida Mastchoh va B.G‘afurov tumanlari, shuningdek Istiqlol sanoat zonalarida joylashgan chiqindixonalarni utilizatsiya qilish uchun 7 mln. yevro (75 mln. somoniy) ajratilishiga erishdi.

Radioaktiv chiqindilarni utilizitsiya qilish uchun malakali mutaxassislar talab etiladi. Ular uchun yadroviy va radiatsion xavfsizlik agentligining (yaqinda ochilgan) mintaqaviy markazida o‘quv seminarlari o‘tkazish zarur”, deydi Xojiyen.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 26

Fikrlar

* Majburiy
Captcha