2018-04-12 | Ommaviy axborot vositalari

AQSH loyihasi Qozog‘istonda yangi avlod ekspertlarini tayyorlashga ko‘maklashadi

Aydar Ashimov

AQSH elchixonasi turli yo‘nalishlarda yangi avlod ekspertlarnini tayyorlash bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.


Davlat siyosatiga oid masalalarni tadqiq qilish bilan shug‘ullanuvchi PaperLab kompaniyasi 31-mart kuni “Yangi ekspertlarni tayyorlash” mavzuida seminar o‘tkazdi. Tadbir Qozog‘istonda turli sohalar, jumladan, siyosatshunoslik, iqtisod, sotsiologiya va xalqaro munosabatlar sohalarida yangi avlod ekspertlarining salohiyatini oshirishga qaratilgan AQSH ko‘magidagi loyiha doirasida tashkil etildi. (PaperLab/Facebook)

Davlat siyosatiga oid masalalarni tadqiq qilish bilan shug‘ullanuvchi PaperLab kompaniyasi 31-mart kuni “Yangi ekspertlarni tayyorlash” mavzuida seminar o‘tkazdi. Tadbir Qozog‘istonda turli sohalar, jumladan, siyosatshunoslik, iqtisod, sotsiologiya va xalqaro munosabatlar sohalarida yangi avlod ekspertlarining salohiyatini oshirishga qaratilgan AQSH ko‘magidagi loyiha doirasida tashkil etildi. (PaperLab/Facebook)

OSTONA – Tez orada Qozog‘istonda TV va boshqa ommaviy axborot vositalarini kuzatib boruvchilar ko‘z o‘ngida yangi jamoatchilik ekspertlarini paydo bo‘lishi mumkin.

Ostonadagi AQSH elchixonasi moliyalashtirayotgan loyiha Qozog‘istondagi yangi avlod mutaxassislarini ommaga kengroq tanitishga xizmat qiladi. Ularning ko‘pchiligi G‘arbda tahsil olgan va yaxshi istiqbollarga ega.

Vaqti kelib, Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari siyosat, madaniyat, iqtisod, fan boshqa sohalarda ekspert fikrini olish uchun o‘sib kelayotgan yangi avlod sharhlovchilariga murojaat qiladi, degan umidlar yo‘q emas.


Chapdan o‘ngga: Marat Raimxanov, Zarina Axmatova, Rahim Oshakbayev and Kasimxan Kapparov 31-mart kuni Ostonada “Yangi ekspertlarni tayyorlash” (“Making New Experts”) seminarida nutq so‘zlamoqda. (Aydar Ashimov)

Chapdan o‘ngga: Marat Raimxanov, Zarina Axmatova, Rahim Oshakbayev and Kasimxan Kapparov 31-mart kuni Ostonada “Yangi ekspertlarni tayyorlash” (“Making New Experts”) seminarida nutq so‘zlamoqda. (Aydar Ashimov)

“Qozog‘istonda yuqori malakali, xorijda ma’lumot olgan va tajribali mutaxassislar soni yil sayin o‘sib borayotganiga qaramay, ko‘zga ko‘ringan ekspertlar juda kam”, deyiladi AQSH elchixonasining Karvonsaroyga bergan xabarnomasida.

Mutaxassislar malakasini oshirish

Yangi tashabbus doirasida AQSH elchixonasi 31-mart kuni Ostonadagi davlat siyosatiga oid masalalarni tadqiq qilish bilan shug‘ullanuvchi PaperLab kompaniyasiga jalb etilgan yosh ekspertlar uchun seminar tashkil etdi.

PaperLab jamoasi xorij universitetlarida o‘qigan va malaka oshirgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonlik 11 nafar yosh mutaxassisdan iborat.

Ular qozog‘istonlik yosh ekspertlarning media-salohiyatini kuchaytirish maqsadida siyosatshunoslik, iqtisod, sotsiologiya, madaniy antropologiya va xalqaro aloqalar sohasida amaliy tadqiqotlar o‘tkazadi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar va qatnashchilar, jumladan, jurnalistlar, nodavlat tashkilotlar vakillari murakkab mavzularda jamoatchilik oldida chiqish qila oladigan mutaxassislar mavjudligi qanday afzalliklar berishi haqida so‘z yuritdilar. Bu ularga taqdim etilgan axborotni yaxshiroq tushuna olishga va muammolarni samaraliroq hal etishga imkon berishi aytib o‘tildi.

“Bu juda muhim va e‘tiborga arzigulik mavzu”, deydi Ostonadagi AQSH elchixonasining siyosiy maslahatchisi Pol Yukich. “Ekspertlar OAVda chiqish qilishi va u bilan birga ishlay olishi lozim”.

Elchixona Qozog‘istonda yangi avlod sharhlovchilarini ommaga tanitish uchun yana bir qancha boshqa tadbirlarni ham rejalashtirgan.

Axborot tezligi bilan hamnafas bo‘lish

“Omma oldida turli mavzularda so‘zlay oladigan sharhlovchilar kontingentini tashkil etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda”, dedi ostonalik jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha konsultant Marat Raimxanov.

“Bugungi kunda axborot juda katta tezlikda tarqalmoqda”, deydi u Karvonsaroy bilan suhbatda. “Odamlar bu axborotni tushuna olishi uchun ularga ekspert fikri va izohi kerak”.

Qozog‘iston OAV va jamoatchilik sohalarida “yangi qiyofalarga muhtoj”, deydi ostonalik iqtisodchi, TALAP amaliy tadqiqotlar bo‘yicha markaz rahbari Rahim Oshakbayev.

“Men hozirdanoq tez orada taniladigan ko‘plab yangi mutaxassislarni ko‘rmoqdaman”, dedi u Karvonsaroyga.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 6

Fikrlar

* Majburiy
Captcha