2018-04-13 | Xavfsizlik

O‘zbekistonda xavfsizlik xizmati islohotlari: nazorat va yangicha yo‘nalish

Maksim Yeniseyev

Qachonlardir yoqimsiz nom bilan tanilgan Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) o‘z nomini o‘zgartirib, tobora o‘sib borayotgan xavfsizlik tahdidlari va hokimiyatni suiiste’mol qilish holatlari bilan kurashish maqsadida nazorat va boshqa islohotlarni joriy etdi.


Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent viloyatida operatsiya o‘tkazmoqda, 2017-yil, 26-iyun. Endilikda Davlat xavfsizlik xizmati deb nomlanadigan yangi tashkilot hokimiyatni suiiste’mol qilish va zamonaviy tahdidlarga qarshi yanada samarali kurashish ustidan nazoratni qo‘lga oldi. (Unus Latip)

Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent viloyatida operatsiya o‘tkazmoqda, 2017-yil, 26-iyun. Endilikda Davlat xavfsizlik xizmati deb nomlanadigan yangi tashkilot hokimiyatni suiiste’mol qilish va zamonaviy tahdidlarga qarshi yanada samarali kurashish ustidan nazoratni qo‘lga oldi. (Unus Latip)

TOSHKENT – O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bir vaqtlar hammani qo‘rquvga solgan xavfsizlik xizmatining isloh qilinishini kuzatuvchilar O‘zbekistonda o‘zgarishlar boshlangani sifatida e’tirof etmoqdalar.

So‘nggi oylarda Milliy xavfsizlik xizmatida amalga oshirilgan o‘zgarishlardan biri unga yangi – Davlat xavfsizlik xizmati degan nomning berilishi va uni 23 yil boshqargan rahbarning lavozimidan ozod qilinishi bo‘ldi.

Uzoq yillar davomida sobiq MXX KGBdan qolgan eski razvedka usullaridan foydalanishi va muntazam ravishda vakolatlarini oshirib yuborishi sabab tanqidga uchrab kelgan.


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (markazda) va mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Jizzaxdagi harbiy mashg‘ulotlarni kuzatmoqdalar, 31-mart. (O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (markazda) va mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Jizzaxdagi harbiy mashg‘ulotlarni kuzatmoqdalar, 31-mart. (O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati)


O‘zbekiston armiyasining maxsus bo‘linmasi askarlari Jizzaxdagi mashg‘ulotlar chog‘ida, 31-mart. Yangi nomga ega bo‘lgan Davlat xavfsizlik xizmati boshqa tahdidilar qatorida, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash olib boradi. (O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati)

O‘zbekiston armiyasining maxsus bo‘linmasi askarlari Jizzaxdagi mashg‘ulotlar chog‘ida, 31-mart. Yangi nomga ega bo‘lgan Davlat xavfsizlik xizmati boshqa tahdidilar qatorida, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash olib boradi. (O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati)

Zamonaviy islohotlar zarurati

MXXni isloh qilish avvalgi xizmat kurasha olmagan o‘zgaruvchan xavfsizlik tahdidlariga qarshi turish uchun zarur, degan edi Mirziyoyev 22-dekabr kuni parlamentdagi nutqi davomida. U idoraning vakolatlari asossiz ravishda kengaytirib yuborilganini ta’kidlagan.

“Biz bu tuzilmani isloh qilishimiz zarur. Miliy xavfsizlik xizmati tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishi kerak”, degan u AFP xabariga ko‘ra.

“Dunyoning ayrim mintaqalaridagi notinchliklar migratsiyaning ortishiga sabab bo‘ladi va bu o‘z navbatida terrorizm va ekstremizm tarqalishiga olib keladi”, degan edi u.

18 ming nafar fuqaroning ismi ekstremistlarning qora ro‘yxatidan chiqarib tashlangani 2017-yilda Mirziyoyevning o‘ziga xos islohotlaridan biri bo‘lib, bu MXX o‘z vaqtida xavfsizlikni ta’minlash bahonasida o‘z vakolatlarini haddan tashqari oshirib yuborganini tasdiqlagan.

“MXX terrorchi va ekstremistlarning kirib kelishiga qarshi muvaffaqiyatli kurashgan, ammo bu yo‘lda qattiq choralar qo‘llagan”, deydi toshkentlik siyosatshunos Valeriy Xon Karvonsaroy nashriga. “O‘zbekistonliklar MXXni repressiv idora deb bilganlar.”

Agentlik nomining o‘zgarishi

31-yanvar kuni 1995-yildan beri agentlikka rahbarlik qilgan Rustam Inoyatovning Mirziyoyev tomonidan iste’foga chiqarilishi hukumat MXXni isloh qilish niyatida qat‘iy ekanini ko‘rsatdi. Mirziyoyev Inoyatov o‘rniga sobiq bosh prokuror Ixtiyor Abdullayevni tayinladi.

Ushbu voqea ortidan, 14-mart kungi prezident farmoniga bilan MXX DXXga aylandi va yillar davomida odamlarni qo‘rquvga solgan qisqartma yo‘qoldi.

14-mart kungi farmonga berilgan rasmiy izohda “milliy xavfsizlik” tushunchasi juda keng ekani va vakolatlarning asossiz kengaytirib yuborilishga sabab bo‘lgani, “davlat xavfsizligi” esa idora faoliyatini davlat ahamiyatiga ega chinakam tahdidlarga qaratishi ta’kidlangan.

Farmon bilan DXXga terrorizm, esktremizm, uyushgan jinoyatchilik hamda qurol-yarog‘ va narkotiklar savdosiga qarshi kurash olib borish vazifasi yuklatildi.

Gazeta.uz xabariga ko‘ra, 30-mart kuni jurnalistlar oldida qilgan chiqishi chog‘ida Abdullayev, idora ushbu ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib borishini tasdiqlagan.

Davlat xavfsizlik xizmati “Islom davlati” (ID) terrorchilik guruhi, Tolibon, Turkiston Islom harakati va Afg‘oniston shimolidagi boshqa jangari guruhlarning faollashuvi, shuningdek, jangarilar safida bo‘lgan Markaziy Osiyoliklarning turli joylardan mamlakatimizga kirib kelishga urinishi kabi muammolariga qarshi turishi kerak bo‘ladi, dedi u.

Shuningdek, idora o‘z sa‘y-harakatlarini ekstremistik adabiyotlarning tarqalishi hamda qurol-yarog‘ va narkotiklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurash, radikalizmga qarshi qonunchilikka amal qilinishini ta’minlash, xorijdagi mehnat muhojirlarining ekstremistik oqimlarga jalb etilishiga qarshi kurashga qaratadi, dedi u.

Qonunga asoslangan nazorat

“O‘zining 26 yillik faoliyati davomida MXX qonunchilikka tayanib emas, balki 1991-yildagi qisqagina hukumat qarori asosida ish yuritib kelgan”, deydi toshkentlik huquqshunos Muslima Hakimova Karvonsaroyga. “Shu paytgacha uning faoliyatini tartibga soluvchi hech qanday hujjat qabul qilinmagandi.”

29-mart kuni Senat “DXX ustidan nazorat o‘rnatuvchi” qonunni qabul qildi, dedi qonun matni bilan tanishib chiqqan Senatdagi manba Javohir Mavlonov Karvonsaroyga.

“DXX bevosita prezidentga bo‘ysunadi, shu bilan birga, o‘z faoliyati haqida Senatga hisobot berib turadi. Uning ish faoliyatining qonunga muvofiqligini esa Bosh prokuratura nazorat qilib boradi”, dedi u.

Qonun qabul qilinganidan ko‘p o‘tmay, MXX davridagi yuqori lavozimga ega bo‘lgan bir qator rasmiylar xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumonlanib, hibsga olingan.

Jumladan, Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi 2-aprel kuni MXXning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Toshkent viloyati boshqarmasining sobiq rahbari Mansur Mirzayev, bir kun o‘tib, MXX generali Hayot Sharifxo‘jayev hibsga olingani haqida xabar berdi.

“Bunday yangiliklar kishiga umib bag‘ishlaydi”, deydi siyosatshunos olim Valeriy Xan. “O‘z saflarini tozalab olganidan so‘ng, DXX yanada samaraliroq ishlashi va barcha e‘tiborini haqiqatan ham muhim tahdidlarga qaratishini kutsa bo‘ladi”, dedi u.

Сизга мақола ёқдими?

Ca mobile no 5

Fikrlar

* Majburiy
Captcha