Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-04-17 | Xavfsizlik

Rossiyaning Suriyaga kimyoviy ekspertlar tashrifini kechiktirishidan so‘ng soxtalashtirish haqidagi hadiklar kuchaymoqda


Rossiya askarlari 16-aprel kuni Dumaga uyushtirilgan media-tur davomida tashlandiq qurol-yarog‘ omborini ko‘zdan kechirmoqda. Media-tur Suriya hukumati tomonidan tashkillashtirildi, avvalroq Suriya armiyasi isyonchilar egallagan shaharga ikki oy davom etgan shiddatli hujumlardan so‘ng, barcha muxolif kuchlar Sharqiy G‘utani tark etganini e’lon qilgandi. (Luay Beshara/AFP)

Rossiya askarlari 16-aprel kuni Dumaga uyushtirilgan media-tur davomida tashlandiq qurol-yarog‘ omborini ko‘zdan kechirmoqda. Media-tur Suriya hukumati tomonidan tashkillashtirildi, avvalroq Suriya armiyasi isyonchilar egallagan shaharga ikki oy davom etgan shiddatli hujumlardan so‘ng, barcha muxolif kuchlar Sharqiy G‘utani tark etganini e’lon qilgandi. (Luay Beshara/AFP)

Karvonsaroy va AFP

DUMA, Suriya – 17-aprel, seshanba kuni Rossiyaning qariyb bir yarim hafta oldin ehtimoliy kimyoviy hujum uyushtirilgan hududga kimyoviy qurollar bo‘yicha mutaxassislarning kirishini kechiktirishi Kremlning bu yerda faktlarni soxtalashtirishga urinishi haqidagi xavotirlarni kuchaytirgan.

Kreml ushbu kechikish “xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar” sababli ekanini aytdi, vaholanki Suriya hukumati xorijiy OAV uchun hujum yuz bergan joyga media-tur tashkillashtirgan.

Axborot agentliklari tekshiruvchilarga nihoyat seshanba kuni kechqurun Dumaga kirishga ruxsat berilgani haqida xabar qildi.


Inspektor 2009-yilda Chexiya Respublikasida Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) xodimlari uchun tashkil etilgan mashg‘ulotlar chog‘ida himoya niqobini sozlamoqda. Suriyaning Duma shahrida 7-aprel kun sodir etilgan ehtimoliy kimyoviy hujumlardan so‘ng, Kreml KQTT jamoasining mazkur shaharga kirishiga hanuzgacha ruxsat bermagan. (KQTT)

Inspektor 2009-yilda Chexiya Respublikasida Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) xodimlari uchun tashkil etilgan mashg‘ulotlar chog‘ida himoya niqobini sozlamoqda. Suriyaning Duma shahrida 7-aprel kun sodir etilgan ehtimoliy kimyoviy hujumlardan so‘ng, Kreml KQTT jamoasining mazkur shaharga kirishiga hanuzgacha ruxsat bermagan. (KQTT)

Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Suriya rejimi 7-aprel kuni kimyoviy qurol qo‘llaganlikda ayblanmoqda. Damashq yaqinidagi Duma shahrida joylashgan isyonchilar maskaniga qilingan hujum natijasida 40 kishi halok bo‘lgan, 500 dan ortig‘i kasalxonaga yotqizilgandi.

14-aprel kuni tongda AQSH, Britaniya va Fransiya Suriyadagi kimyoviy qurol ishlab chiqarishda gumon qilingan obyektlarga qarata havo zarbalarini bergan, bu Suriya rejimi tomonidan xalqaro huquq normalarning “qo‘pol ravishda” buzilishiga javoban amalga oshirilgani aytilgan edi.

Faktlarning “soxtalashtirilishi”

Dushanba kuni Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) bosh direktori Ahmed Uzumchuning aytishicha, ko‘ngillilardan iborat 9 jamoa Damashqqa yetib borgan, biroq hali Dumada joylashishga ulgurmagan.

Suriya va Rossiya rasmiylari “inspektorlar guruhining joylashtirilishidan avval xavfsizlikka oid hal etilmagan masalalar” qolayotgani haqida ogohlantirdilar, dedi Uzumchu.

Rossiyaning radiatsion, biologik va kimyoviy hujumdan himoya bo‘linmasi rahbari Igor Kirillovning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, yo‘llar minalardan tozalanishi va seshanba kuni BMT xavfsizlik xizmatlari tomonidan tekshirilishi lozim.

“Chorshanba kuni KQTT ekspertlarining tashrifi rejalashtirilgan”, dedi u Rossiyaning Gaagadagi elchixonasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Biroq, AQSHning KQTTdagi elchisi Ken Uordning bayon qilishicha, rossiyaliklar allaqachon hujum uyushtirilgan joyda bo‘lishgan va “ehtimol, KQTTning dalillarni to‘plash bo‘yicha missiyasi ishiga to‘sqinlik qilish uchun faktlarni soxtalashtirgan bo‘lishlari mumkin”.

Fransiya hukumati ham xuddi shu kabi xavotirlarni izhor etgan.

“Katta ehtimol bilan, Rossiya va Suriya kuchlari nazoratida bo‘lgan ushbu hududda muhim dalillar va moddalar yo‘qotilgan bo‘lishi mumkin”, deb bayonot berdi seshanba kuni Fransiya TIV.

Kreml ushbu da’volarni rad etgan, biroq voqea joyiga nozirlarning kirishiga ruxsat berishni kechiktirgani mazkur raddiyani shubha ostida qoldirmoqda.

KQTT jamoasi hududga kiritilmasa-da, Suriya rasmiylari xorijiy OAV, jumladan AFP muxbirlari uchun ushbu hudud bo‘ylab media-tur tashkil qilganlar.

Media-tur ishtirokchilari ehtimoliy kimyoviy hujumdan jabrlanganlarni qabul qilgan shifoxonaga ham tashrif buyurganlar.

Suriya rejimi va uning ittifoqchilari bo‘lgan Rossiya kuchlari Dumani egallab, uning atrofidagi butun Sharqiy G‘uta viloyati ustidan nazorat to‘liq tiklanganini, 5-yillik qamal nihoyasiga yetgani va poytaxt chekkasidagi muxolifat qal‘asi qo‘lga kiritilganini e’lon qilganlar.

Oxirgi jangarilar va ularning yaqinlari Dumani 13-aprel kuni tark etganlar.

Kimyoviy qurol ishga solinganiga oid foto va videomateriallarni tarqatgan “Oq dubulg‘alilar” guruhining ma’lum qilishicha, Rossiya harbiylari 9-aprel kuniyoq xlor gazi snaryadi kelib tushgan binoda bo‘lishga ulgurganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 80

Fikrlar 2

Captcha
valentUZ | 2018-08-14

Bu holatda “ajib” probirkani nima bilan to‘ldirish mumkin? Mug‘ombir (odam) ertaroq ketib qoldi-ku.

Javob berish
Имамов Юсуфжон | 2018-08-01

SOS...SOS...SOS... Odamzot o‘z-o‘zini yo‘q qilish bilan “ikkiqat” bo‘lib olgan...

Javob berish