http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2018/04/18/feature-01
| Ta’lim

Qozog‘iston rasmiylari diniy ta’limga oid qonunchilikni buzayotgan bolalar bog‘chalarini tekshiradi

Ksenia Bondal


Bolalar ota-onalari bilan Olmaotadagi o‘yin maydonchasida, 8-aprel. (Ksenia Bondal)

Bolalar ota-onalari bilan Olmaotadagi o‘yin maydonchasida, 8-aprel. (Ksenia Bondal)

ALMATY – Qozog‘iston rasmiylariga Atirau viloyatida boshlang‘ich ta’limda diniy saboq berishni taqiqlovchi qonunni buzayotgan bir nechta bolalar bog‘chasi borligi haqida xabar kelib tushgan.

Viloyatda Qozog‘iston Respublikasining “Diniy faoliyat va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunini buzayotgan kamida 5 ta maktabgacha ta’lim muassasi bor”, deb ma’lum qildi Atitau viloyatining din ishlari bo‘yicha boshqarmasi raisi Kayrolla Koshgaliyev.

“Mazkur muassasalar bizning umumiy ta’limga oid davlat dasturini tan olmaydi”, dedi u o‘z manbalariga asoslanib.

“Ularda bolalarga musiqa, tasviriy san’at, plastilindan buyum yasash darslari o‘tilmaydi, milliy an‘analar e‘tiborga olinmaydi. Buning o‘rniga, bolalarga Qur‘on tilovati o‘rgatilmoqda”.

Vaziyatni o‘rganish

Koshkaliyev mazkur ish yuzasidan yanvar oyida tekshiruv boshlagan va Atirau aholisi bilan suhbatlashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbat asnosida din ishlari bo‘yicha boshqarmaning xavotirlari o‘z tasdig‘ini topgan.

Mahalliy jurnalistlardan birining Koshkaliyevga aytishicha, u yashaydigan ko‘chada shunday bog‘cha bor. Farzandlarini bu yerga olib keladigan otalar soqol qo‘ygan va kalta shim kiygan, onalar esa - yopiq islomiy libosda kelishadi.

“Tarbiyachilarning ko‘rinishi ham xuddi shunday. Ular faqat diniy liboslarda yurishadi”, deydi Koshkaliyev.

“Afsusku, Qozog‘istondagi birorta davlat muassasasida, jumladan, viloyat ta’lim departamentida ham bolalar bog‘chalarida tekshiruv o‘tkazish vakolati yo‘q”, deydi u.

Koshkaliyev yuzaga kelgan vaziyatni “juda xavfli” deb atagan.

“Bu kabi ta’lim muassasida tarbiyalanuvchi bolalarga noan’anaviy diniy qarashlarning singdirilishi xavfi mavjud”, dedi u.

30-yanvar kuni Koshkaliyev Din ishlari va fuqarolik jamiyati masalalari vazirligiga o‘z xavotirlarini izhor qilib maktub yo‘llagan.

“Menga viloyat prokuraturasi, ichki ishlar departamentidan qo‘ng‘iroqlar bo‘la boshladi”, dedi u. “Ular men bergan ma’lumotlar bilan qiziqmoqdalar”.

“Ular mendan “bunday ma’lumotlarni berishdan qo‘rqmaysizmi” deb so‘rashdi. Men ularga qo‘rqmasligimni, aksincha, bu masala rasmiylar e’tiboriga tushganidan mamnun ekanligimni aytdim”, deydi u. “Men bunga jimgina qarab tura olmayman”.

Bu orada, Koshkaliyevning idorasi Atirau viloyatida nechta xususiy bog‘cha borligini tekshirmoqda.

Bolalar bog‘chalarini litsenziyalash

Karvonsaroy nashri Din va fuqarolik jamiyati masalalari vazirligidan mavzu bo‘yicha izoh berishni so‘raganida, vazirlik xodimi bolalar bog‘chalari masalasiga Ta‘lim va fan vazirligi mas‘ul ekanligini bildirdi.

“Qozog‘iston prezidentining 2011-yil 17-apreldagi topshirig‘i bilan, bolalar bog‘chalari faoliyatinini tekshirishning taqiqlangani shunday holatlarga yo‘l ochib bermoqda”, deb ma’lum qildi Fan va ta’lim vazirligi matbuot kotibi Arman Yunusov Karvonsaroyga.

Qozog‘iston prezidenti ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish orqali mamlakatda biznesni rag‘batlantirishga uringan, dedi u. Natijada, Qozog‘istondagi bolalar bog‘chalari litsenziya olish talablaridan ozod qilingan.

“Ta’limga oid milliy ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, hozirgi kunda Qozog‘istonda 9828 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ularning 30 foizdan ortig‘i, ya’ni 3058 tasi xususiy bolalar bog‘chalaridir”, dedi Junusov.

Bolalar bog‘chalari yirik biznes bo‘lishi mumkin, sababi har bir bola uchun ota-onalar ham pul to‘laydi, davlat ham mablag‘ ajratadi.

“Har oy davlat tomonidan bolalar bog‘chalarida tarbiyalanayotgan har bir bola uchun 35 ming tenge (110 AQSH dollari) to‘lanadi. Bunda bog‘cha xususiy bo‘ladimi yoki davlatnikimi – farqi yo‘q. Qolgan mablag‘ni, taxminan 15 ming tengeni (47 AQSH dollari) ota-onalar to‘laydi”, deb aniqlik kiritdi Koshkaliyev.

“Davlatning o‘zi bolalarda ekstremistik xulq-atvorni shakllantirishi mumkin bo‘lgan (qonunbuzar) bog‘chalar faoliyatini moliyalashtirayotgani ayon bo‘lmoqda”, dedi u.

Islohotlar osonlik bilan bo‘lmaydi.

Junusovning so‘zlariga ko‘ra, hukumat bolalar bog‘chalari va boshqa shunday muassasalar ishini tartibga solish imkoniyatini qayta tiklashi zarur.

Bola huquqlarini himoyalash

Bolalar bilan ishlash juda nozik masala bo‘lib, uni nazoratsiz qoldirib bo‘lmaydi, dedi olmaotalik siyosiy tahlilchi Talgat Kaliyev Karvonsaroy nashriga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar va o‘smirlar o‘z huquqlari himoyasiga boshqalardan ko‘ra muhtojroq.

“Hayotiy tajriba va bilimning kamligi, tanqidiy fikrlash qobiliyatining yo‘qligi sabab, ular har qanday boshqarish usullari va axborot ta’siriga nisbatan zaiflar”, dedi u. “Shu sababli, bunday faoliyatni litsenziyalash maqsadga muvofiq bo‘lardi.”

Noan’anaviy oqimlar a’zolari qalblar va onglarni egallash uchun kurashadilar , ularning maqsadi izdoshlar yig‘ish, dedi u. Ehtimol, katta yoshdagilarni qayta tarbiyalagandan ko‘ra, bolalar orasidan bunday izdoshlarni tayyorlash osonroqdir, deb xulosa qiladi siyosiy tahlilchi.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha